Chet el valyutalaridagi operatsiyalarni tartibga solish, eksport qilishdan olingan valyuta tushumlari ustidan amaliy nazorat o‘rnatish va tovarlar hamda xizmatlarni import qilishni amalga oshirishda undan samarali foydalanish maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilish uchun kvotalar boshqa yuridik shaxslarga sotilmaydi, berilmaydi yoki qayta taqsimlanmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xorijiy sheriklar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni firmalarning chet el banklaridagi schyotlari orqali amalga oshirishlari taqiqlanadi va qonun bo‘yicha jazolanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslarning eksport-import hamda boshqa valyuta operatsiyalari bo‘yicha xorijiy valyutadagi mablag‘lari harakati ustidan nazorat qilish Tashqi iqtisodiy aloqalari vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Markaziy bank va vakil qilingan banklarga yuklatilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazorati to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi valyuta tushumlarini qaytarishning va uning davlatga tegishli ulushini to‘lashning belgilangan tartibini buzganlik uchun jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan jinoiy va boshqa javobgarlik choralarini belgilash bo‘yicha takliflar kiritsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Hukumatning ilgari qabul qilgan qarorlarini, shuningdek vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pul muomalasini mustahkamlash va “So‘m-kupon”ning xarid quvvatini oshirish borasida kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar” to‘g‘risida 1994-yil 11-apreldagi 195-son qaroriga muvofiq korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin korxonalar deb ataladi) tomonidan tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishda chet el valyutasidagi mablag‘larning harakatini nazorat qilishning quyidagi tartibi belgilanadi.
1. O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, agar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, chet el valyutasidagi schyotni faqat O‘zbekistonning vakil qilingan banklarida ochishlari mumkin.
Ochiladigan schyotning rejimi korxonaning asosiy faoliyat turiga va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganlikka bog‘liq bo‘ladi.
Har bir korxonaga valyuta schyoti vakil qilingan bank muassasalarining faqat bittasida ochilishi mumkin.
Xizmat ko‘rsatuvchi vakil qilgan bankda kredit resurslari yetishmagan taqdirda korxona mazkur bank bilan kelishgan holda boshqa istalgan vakil qilingan bankdan kredit olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonalarning xo‘jalik faoliyatidan olingan chet el valyutasidagi barcha mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda ularning chet el valyutasidagi schyotlariga albatta o‘tkazilishi kerak.
3. Korxonalar tomonidan ularning xorijiy, shu jumladan MDH mamlakatlaridagi sheriklar bilan litsenziya beriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti yuzasidan tuzadigan kontraktlari belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Eksport kontraktlarining hammasi istisnosiz, shu jumladan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganlari ham, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda vakil qilingan bankda hisobga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Tovarlarni eksport qiluvchi korxonalar yukning bojxona deklaratsiyasida xorijiy sheriklar bilan hisob-kitoblar, uning orqali amalga oshiriladigan vakil qilingan bankning rekvizitlarini va to‘liq nomini ko‘rsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat soliq qo‘mitasi har oyda tegishli vakil qilingan banklarga eksport yuklarni chegaradan tashqariga chiqarishga asos bo‘lgan yukning bojxona deklaratsiyalari reyestrlarini eksport qiluvchi korxonaning nomini, jo‘natilgan tovarlarning nomi va miqdorini, ularning chet el valyutasidagi qiymatini va to‘lov shaklini ko‘rsatgan holda taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vakil qilingan banklar reyestrlar asosida eksport qiluvchilar schyotiga tushumlarning to‘liqligi, o‘z vaqtida tushganligi va to‘g‘riligini har kuni nazorat qilib boradilar.
Vakil qilingan banklar to‘lovlarning belgilangan muddatda tushmaganligi yoki reyestrlarda ko‘rsatilgandan kam summada tushganligi hollari to‘g‘risida Davlat soliq qo‘mitasini tegishli choralar ko‘rish uchun har oyda xabardor qilib borishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Valyuta (shu jumladan MDH mamlakatlari valyutalari) tushumini Markaziy bankka nazarda tutilgan majburiy sotish eksport qiluvchi korxonalar tomonidan valyuta tushumi tushgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida korxona topshiriqnomasi asosida, ayni bir vaqtda sotilgan chet el valyutasining “So‘m-kupon”lardagi ekvivalentini sotish kunidagi joriy kurs bo‘yicha korxonaning hisob-kitob schyotiga o‘tkazgan holda amalga oshiriladi.
Sotib olingan chet el valyutasi uchun “So‘m-kupon” lardagi ekvivalentni korxonaga to‘lash bo‘yicha Markaziy bankda qarz vujudga kelgan taqdirda milliy valyutadagi qarz summasiga to‘lov muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun Markaziy bank tomonidan belgilanadigan foiz qo‘shiladi. Bunda sotib olingan chet el valyutasini “So‘m-kupon” bo‘yicha hisoblab chiqarish qarz to‘langan kunda amalda bo‘lgan kurs bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Korxonalar yuklab jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tushumlar ularning schyotlariga o‘z vaqtida va to‘liq kelib tushishi uchun javobgardirlar.
Bunda o‘zbekistonlik eksport qiluvchilar tomonidan olingan tushumni boshqa yuridik shaxslar foydasiga transferabel akkreditivlar va boshqa to‘lov hujjatlarini qo‘llash yo‘li bilan qayta berish taqiqlanadi.
10. Korxonalar chet el valyutasidagi tushumni yashirgan hollarda Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, respublikaning moliya va soliq organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida quyidagi sanksiyalar qo‘llanadi:
chet el valyutasida barcha operatsiyalarni amalga oshirishga olingan litsenziyalardan mahrum qilish;
moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilanadigan miqdorlarda ma’muriy jarima solish;
qoidalarni buzgan yoki valyuta nazorati va tartibga solish normalariga rioya qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar ko‘rmagan mansabdor shaxslarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Chet el valyutasidagi tushumni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatisiz xorijiy banklarda ochilgan schyotlarga o‘tkazish chet el valyutasidagi tushumni yashirib qolish hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Import qilinayotgan tovarlarga haq to‘lash korxonaning O‘zbekistonning unga xizmat ko‘rsatadigan vakil qilingan bankdagi schyotidan amalga oshirilishi kerak.
13. Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning asosiy shakllari hujjatli akkreditiv va inkasso hisoblanadi.
Import kontraktlari bo‘yicha to‘lovlarni bank orqali amalga oshirishga faqat kontraktda nazarda tutilgan avans doirasida yo‘l qo‘yiladi. Bunda avansning miqdori kontrakt qiymatining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Avansni o‘tkazishga faqat import qiluvchi korxonaga xizmat ko‘rsatadigan O‘zbekiston vakil qilgan korrespondent-bankning bank kafolati mavjud bo‘lgandagina yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vakil qilingan banklar kontraktlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olinishi, eksport qiluvchi korxonalar schyotlariga tushumning tushishi hamda import bo‘yicha to‘lov shakllarining to‘g‘ri qo‘llanishi ustidan nazorat qilinishi uchun javobgardirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vakil qilingan banklarning noto‘g‘ri harakatlari yoki o‘z vakolatlarini oshirib yuborishlari oqibatida xoh davlatga, xoh chet el valyutasidagi schyotlar egalariga yetkazilgan zararlar va ziyon shu banklar tomonidan majburiy ravishda qoplanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.