30.06.2011 yildagi 229-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.05.2018
Hujjat 30.06.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan hamda xo‘jalik sudlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda XPK deb yuritiladi) normalari to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asoslanib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Sudlar shuni inobatga olishlari kerakki, birinchi instansiya sudida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgan kundan, ya’ni 2011-yil 22-apreldan boshlab kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talablar sud buyrug‘i tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar esa XPK 203-bobining normalari asosida ko‘rib chiqilishi kerak.
2011-yil 22-apreldan boshlab XPK 167-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir choralarini, shu jumladan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) xo‘jalik sudiga tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi.
2. Sudlarning e’tibori qaratilsinki, kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlikni XPK 103-moddasining 11-bandiga asosan undirish to‘g‘risida sud buyrug‘i berish uchun quyidagi shartlar mavjud bo‘lishi kerak:
3. Sudlar XPK 103-moddasining 11-bandi va 2-bandida nazarda tutilgan talablarni ko‘rib chiqishning xususiyatlarini farqlashlari lozim. XPK 103-moddasining 11-bandiga muvofiq, kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari uchun vujudga kelgan debitorlik qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi talablar ko‘riladi, bunda qarzdorning qarzni tan olishi talab etilmaydi. XPK 103-moddasining 2-bandiga muvofiq, yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan debitorlik qarzni undirish to‘g‘risidagi talablar ko‘riladi, bunda qarzdorning qarzni hujjatlar asosida tan olishi talab etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 133-moddasining birinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 13-sentabrda 1173-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasi shaharlari va aholi yashaydigan punktlarida uy-joy fondini saqlash va ta’mirlash va kommunal xizmatlarni ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni to‘lash to‘g‘risidagi nizom”ning 6-bandiga ko‘ra, kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar sovuq va issiq suv ta’minoti, suvni chiqarib yuborish (kanalizatsiya), elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, isitish (issiqlik ta’minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to‘lanadigan to‘lovlardan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
8. “Aloqa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 2-moddasining birinchi qismiga ko‘ra aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
12. XPKning 15511-moddasiga muvofiq, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risida arizalar bilan xo‘jalik sudlariga nazorat qiluvchi organlar murojaat qilishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, XPK 15513-moddasining birinchi qismida qayd etilgan huquqiy ta’sir choralarining ro‘yxati tugal hisoblanmaydi.
20. Huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar XPKda nazarda tutilgan qoidalar asosida, 203-bobda belgilangan o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda ko‘rib chiqiladi. Mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari protsessual muddatlarning qisqartirilganligi, isbotlash majburiyatining nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatilganligi, javobgarni sud majlisining vaqti va joyi haqida xabardor qilish majburiyati arizachiga yuklatilishi mumkinligi va boshqalardan iborat.
21. XPKning 15514-moddasida huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi arizaning shakli va mazmuniga qo‘yilgan muayyan talablar nazarda tutilgan bo‘lib, ularga amal qilmaslik, shuningdek XPKning 15515-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilmaslik XPK 118-moddasi birinchi qismining 1-bandiga ko‘ra arizani qaytarish uchun asos bo‘ladi.
22. Huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida XPK 124-moddasining birinchi qismiga muvofiq sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi. Sudning ajrimi topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XPK 15516-moddasining ikkinchi qismi mazmunidan ko‘rinishicha, protsessning boshqa ishtirokchilari (ekspert, guvoh, tarjimon) sudning ajrimi bilan, zarur hollarda XPK 124-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq chaqiruv qog‘ozlari, telegramma, faks, teletayp va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va sudga chaqiriladi.
23. XPK 15517-moddasining birinchi qismiga muvofiq: faoliyatni tugatish; atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta. ixtisoslashtirish; faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash; banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish haqidagi ishlar ishni sudda ko‘rishga tayyorlash to‘g‘risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
25. XPK 125-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan ishni ko‘rib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qoida huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda ham tatbiq etiladi.
26. XPK 15517-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda xo‘jalik sudi sud majlisida: huquqbuzarlik hodisasi bo‘lgan-bo‘lmaganligini va uning sodir etilganligi faktini; tekshirish uchun va tekshirish natijalari bo‘yicha dalolatnoma yoki boshqa hujjat tuzish uchun asoslar va nazorat qiluvchi organning vakolatlari bor-yo‘qligini; mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan-tutilmaganligini va huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash uchun asoslar bor-yo‘qligini aniqlaydi.
XPK 15517-moddasining uchinchi qismiga muvofiq moliyaviy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda xo‘jalik sudi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilganlardan tashqari moliyaviy jazo choralari summasining hisob-kitobi qanchalik to‘g‘riligini ham tekshiradi.
28. XPK 55-moddasining birinchi qismiga muvofiq, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar ko‘rib chiqilayotganda, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash uchun asos bo‘lgan holatlarni isbotlash majburiyati nazorat qiluvchi organ zimmasiga yuklatiladi.
29. XPK 15518-moddasining birinchi qismiga muvofiq, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori xo‘jalik sudi tomonidan XPKning 18-bobida belgilangan qoidalar asosida qabul qilinadi.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 23-moddasining to‘rtinchi, beshinchi qismlariga muvofiq, xo‘jalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida javobgarga ushbu hal qiluv qarorini olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziyani (ruxsatnomani) litsenziyalovchi organga qaytarish majburiyatini, litsenziyalovchi organga litsenziyani (ruxsatnomani) yo‘q qilish, litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish majburiyatini yuklashi kerak.
31. XPK 15518-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, u qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
XPK 15518-moddasining beshinchi qismiga muvofiq, apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
32. XPK 15518-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarorining ko‘chirma nusxasi hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin uch ish kuni ichida xo‘jalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Bunda ushbu muddatga ish kuni bo‘lmagan kunlar (dam olish, bayram kunlari) kirmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. XPK 158-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq xo‘jalik sudining huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.