Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
SUG‘URTALOVChILARNING SUG‘URTA ZAXIRALARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA

ILOVA
Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

Hujjat 24.12.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 68-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-oktabrdagi 283-son “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va ruxsat berish tartibotlarini amalga oshirishda davlat boshqaruv funksiyalarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 42-son, 454-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 20-noyabrdagi 107-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1882, 2008-yil 15-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 529-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
1. 6-bandning birinchi xatboshidan “Davsug‘urtanazorat bilan kelishilgan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
2. 26-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3. 28-bandning ikkinchi xatboshidagi “sug‘urtalovchi tomonidan belgilanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishiladi” degan so‘zlar “sug‘urtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan falokatlar zaxirasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 29-bandning uchinchi xatboshidagi “sug‘urtalovchi tomonidan belgilanadi va Davsug‘urtanazorat bilan kelishiladi” degan so‘zlar “sug‘urtalovchi tomonidan tasdiqlanadigan zararlilikning tebranishi zaxirasi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 30-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6. 31-banddagi “bunday zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shartlarini Davsug‘urtanazorat bilan kelishilgandan” degan so‘zlar “bunday zaxirani shakllantirish va undan foydalanish tartibi, shartlarini nazarda tutuvchi tegishli zaxira to‘g‘risidagi nizom sug‘urtalovchi tomonidan tasdiqlanganidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi