O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2011-yil 24-avgustdagi PF-4354-son Farmonini hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati erkinligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1991-y., 10-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi haqidagi nizom 14-bandining yigirma oltinchi xatboshidagi “korxonalarini ochish va ularning” so‘zlari “korxonalarining” so‘zi bilan almashtirilsin hamda “shuningdek poligrafiya asbob-uskunalarini sotib olish, saqlash” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi aholiga avtomobil yonilg‘isini naqd pulga sotuvchi ayrim avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 9-iyundagi 290-son qarorining 11-bandi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qarori 1-bandining beshinchi — yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Respublika aholisini qishloq xo‘jaligi hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish hamda go‘sht va sut mahsulotlarini yetkazib berish va sotish chog‘ida veterinariya-sanitariya talablariga rioya etish to‘g‘risida” 1995-yil 28-sentabrdagi 379-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1995-yil 20-oktabrdan boshlab barcha dehqon bozorlarida, shahar va qishloq do‘konlarida majburiy tartibda veterinariya-sanitariya ekspertizasidan o‘tgan, so‘yilgan mol tanasiga maxsus muhr bosilgan go‘sht sotilishi ta’minlansin. Oldindan veterinariya ko‘rigidan o‘tkazilmagan go‘sht sotilishi qat’iyan taqiqlansin”.
5. Vazirlar Mahkamasining “Barter asosidagi eksport-import operatsiyalarini qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 13-avgustdagi 280-son qarorining 2-bandi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarorida:
a) 2-ilova (Foydali qazilmalar mavjud yer uchastkalarini o‘zlashtirishga ruxsatnomalar berish tartibi to‘g‘risida nizom) 3-bandining sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) 4-ilova (Foydali qazilmalar konlarini qazishda yer osti boyliklarini muhofaza qilishning yagona qoidalari) X bobining 5-bandida:
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavot mahsulotlarini ulgurji xarid qilish va sotish tizimini rivojlantirish to‘g‘risida” 1997-yil 21-fevraldagi 98-son qarorining 11-bandi chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda) 1-bandining uchinchi xatboshidagi “nisbatan” so‘zidan keyin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada savdo tushumi inkassatsiya qilinishini va nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 11-dekabrdagi 548-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y. 11-12-son, 39-modda) 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Belgilab qo‘yilsinki, aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar:
barcha korxonalar va tashkilotlar (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlaridan tashqari) — tushum respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravaridan ortiq bo‘lganda;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari — tushum respublikada belgilangan eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan ortiq bo‘lganda naqd pul tushumini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali har kuni topshirishga majburdirlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlardan kam miqdordagi har kunlik naqd pul tushumiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar naqd pul tushumini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining inkassatsiya xizmati orqali yoki banklarning kunduzgi va kechki kassalariga mustaqil ravishda topshirish huquqiga ega”.
10. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatining 3-bandi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
12. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 2-iyuldagi 275-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 23-modda) bilan tasdiqlangan Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid nizom “Umumiy qoidalar” bo‘limining oltinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz keltirilgan” hamda “bunday spirtni keltirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatiga ega bo‘lmagan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
13. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandida:
b) uchinchi xatboshidagi “ushbu vositalarni qurish uchun uchastkadan foydalanish mumkinligini Agentlik bilan tanlash va kelishish jarayonida” so‘zlari chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “1998-yil hosili meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va sotish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 6-avgustdagi 338-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika iste’molchilarini neft mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 9-son, 35-modda) 4-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining” so‘zlari chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida” 1999-yil 30-apreldagi 204-son qaroriga ilovada:
1. | Quyidagilarni bojxonada rasmiylashtirganlik uchun: | |
tovarlar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun, “eksport”, tranzit, “davlat foydasiga voz kechish”, “vaqtinchalik saqlash”, “bojxona hududida qayta ishlash”, “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlari bundan mustasno | bojxona qiymatining 0,2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam emas | |
tovarlar va transport vositalarini “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun | bojxona qiymatining 0,1 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam emas | |
tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun | tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymatining 0,1 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam emas | |
tovarlarni “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun | tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar qiymatining 0,2 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam emas | |
olib kirilayotgan bug‘doy (TIF TN kodi 1001), qand-shakar (TIF TN kodi 1701), qurilayotgan ishlab chiqarish obyektlari uchun turkumlangan asbob-uskunalarni | bojxona qiymatining 0,05 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining bir baravaridan kam emas |
26-1 | Xodim tomonidan “eksport” bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni belgilangan joydan tashqarida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazganlik uchun, bitta xodimning bir soatlik ishi hisobidan | eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida. |
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabrdagi 370-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 3-son, 23-modda)
18. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari belgilangan savdo va naqd tushumni topshirish qoidalari buzilishining soliq organlari tomonidan aniqlangan hollari bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qattiq choralar ko‘rsinlar”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi obyektlari faoliyatidagi tartib buzilishi hollari to‘g‘risida” 2002-yil 21noyabrdagi 402-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xususiylashtirilgan savdovaxizmatlar ko‘rsatish sohasi obyektlarining davrida faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish xususiylashtirish shartnomalaribo‘yicha majburiyatlarning amal qilish muddati ana shunday shartnomalar shartlariga muvofiq amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik va jismoniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni hamda ular tomonidan savdo faoliyati amalga oshirilishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 26-noyabrdagi 407-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 71-modda):
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga ega bo‘lgan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
v) ilovada (Ulgurji va chakana savdo faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda):
“22. Yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar chakana savdo bilan qonun hujjatlariga muvofiq turg‘un chakana savdo shoxobchalari orqali chakana savdo bilan quyidagilar asosida shug‘ullanishlari mumkin:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar;
yakka tartibdagi tadbirkorda chakana savdoni amalga oshirish uchun moddiy-texnik bazaning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
davlat soliq xizmati organining nazorat-kassa mashinasini oldindan ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari”;
“26. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan uning o‘zi import qilgan tovarlarni sotish yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tishining (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi”;
30-bandning birinchi xatboshidagi “turg‘un” so‘zidan keyin “o‘zining yoki ijaraga olingan” so‘zlari qo‘shilsin;
“35. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan buyum bozorlarida chakana savdo quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchining jismoniy shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
buyum bozori ma’muriyatining yakka tartibdagi tadbirkorga savdo joyi berish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi”;
41-banddagi “ro‘yxatdan o‘tkazish joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasi tomonidan berilgan import operatsiyalari subyektining hisobga olish kartasiga” so‘zlari “tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni chetdan keltiruvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorning ro‘yxatdan o‘tkazish (ruxsat berish) tartibotlaridan o‘tishining belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kartochkasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“45. Qonun hujjatlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirmasdan yoxud ularning amal qilishini to‘xtatish yoki qaytarib olish davrida savdo faoliyatini amalga oshirishga, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llangan holda, faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish sifatida qaraladi”;
47-banddagi “ruxsat guvohnomasi qoida buzilishlari bartaraf etilgunga qadar olib qo‘yilishi mumkin” so‘zlari “savdo faoliyatini amalga oshiruvchi aybdor xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari qo‘llanadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
21. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-dekabrdagi 454-son qarori bilan tasdiqlangan Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 3-banddagi “va Ichki ishlar vazirligining hududiy organlarida hisobga qo‘yilgandan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“7. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilgan kundan boshlab uch kun mobaynida korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni (matbaa korxonasining (uning muassisining) to‘liq va qisqartirilgan nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini, matbaa faoliyati amalga oshiriladigan joyning manzilini, bog‘lanish telefonlari raqamlarini, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning tartib raqamini) Ichki ishlar vazirligiga matbaa korxonasini hisobga qo‘yish uchun yuboradi”.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarini hamda O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarini) ishlab chiqarish va sotish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda):
uchinchi xatboshidagi “savdo qilish huquqi uchun belgilangan tartibda ruxsatnoma olgan” so‘zlari “qonun hujjatlariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
22-bandning ikkinchi xatboshidagi “savdo faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi chakana savdo qilish huquqi uchun berilgan ruxsatnomaning” so‘zlari “yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-banddagi “Chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma” so‘zlari “Yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma” so‘zlari bilan almashtirilsin;
95-banddagi “qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar bilan chakana savdo qilish huquqiga ruxsatnoma” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasida umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari)da:
15-banddagi “ular tegishli tuman (shahar) davlat sanitariya nazorati xizmatlari bilan kelishib olinadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
17-bandning birinchi xatboshidagi “savdo qilishga va ko‘rsatib o‘tilgan mahsulotlarni sotishga ruxsatnomani” so‘zlari “yakka tartibdagi tadbirkorning (yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaligining) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
24. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalarida:
a) 8-bandda “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan kelishgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin hamda “tasdiqlanadigan” so‘zi “tuziladigan” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 10-bandning “b” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi davlat xizmati organlari bilan kelishilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 8-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandi o‘n oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston hududidagi qadimiy hujjatli yodgorliklarni to‘plash hamda” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
28. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 2-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandida:
o‘n ikkinchi xatboshidagi “ushbu ma’lumotlar va materiallarning Inspeksiyaning tegishli roziligisiz to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
29. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 63-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 11-bandi “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishilgan” so‘zlari chiqarib tashlansin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 23-oktabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 10-son, 58-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavida:
birinchi xatboshidagi “tasdiqlash uchun” va “belgilangan nomenklaturadagi yuklar guruhini tashuvlarning mufassal asosiy oylik rejalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“46. Yukni tashiganlik uchun temir yo‘lga barcha to‘lovlar yukni tashishga qabul qilgungacha jo‘natayotgan temir yo‘l stansiyasiga yoxud yukni bergungacha yuk yetkazib beriladigan temir yo‘l stansiyasiga o‘tkazilishi kerak”;
31. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 59-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 17-modda) bilan tasdiqlangan Zamonaviy arxitektura-shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda aholi punktlarini obodonlashtirish ishlarini tashkil etish Qoidalarining 44-bandi uchinchi xatboshidagi ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.
32. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 25-maydagi 146-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 5-son, 40-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(32-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 25-fevraldagi 54-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 10-son, 125-modda)
b) Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
12-bandning uchinchi xatboshidagi “sug‘oriladigan erga” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi yerlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 40-son, 520-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-iyuldagi 494-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 664-modda)
35. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 67-modda) 4-ilovaning 1-bandi “a”—“j” va “ts” kichik bandlari chiqarib tashlansin.