TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh | |||||
_____________________________________________________________________________________ | |||||
(xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.) | |||||
_____________________________________________________________________________________ | |||||
(xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan eri (pochta manzili), yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi) | |||||
_____________________________________________________________________________________ | |||||
(soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami) | |||||
T/r | Nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning nomi | Tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va guvohnoma raqami | Auditorlik tashkilotining nomi (litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati), auditor, ekspertning F.I.O. (shaxsini tasdiqlovchi hujjat) | Tekshirish o‘tkazish uchun asos | Tekshirish turi va maqsadi |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
Tekshirish o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar | Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti | Tekshirishning aniq davom etgan vaqti | Talab qilingan hujjatlar | Tekshirish jarayonida ko‘rilgan choralar | Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning fikri |
7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 |
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i, 07.11.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2280
Кучга кириш санаси
17.11.2011
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022
|
Hujjat 17.11.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibini belgilaydi.
1. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi — o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot yozib qo‘yiladigan maxsus kitobdir.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi belgilangan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish uchun taqdim etadi.
7. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirish boshlanishiga qadar tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining 2 — 7-ustunlarini to‘ldiradi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga kiritilgan ma’lumotlarni tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
9. 2-ustunda tekshiruvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
10. 3-ustunda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
11. 4-ustunda auditorlik tashkiloti va/yoki ekspert jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditor va/yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. 5-ustunda tekshirish o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni qabul qilish raqami va sanasi; qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami ko‘rsatiladi.
13. 6-ustunda tekshirish turining to‘liq nomi (rejali tekshirish, rejadan tashqari tekshirish, qisqa muddatli tekshirish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish) va maqsadi ko‘rsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali va buyruqda ko‘rsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda ko‘rsatilganiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. 7-ustunda tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi. U tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
15. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining 8 — 12-ustunlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan to‘ldiriladi. Bunda, 8 — 10-ustunlarga tekshirish davomida yozuvlar kiritib boriladi.
16. 8-ustunda har kuni tekshirish o‘tkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi harakati haqida maxsus belgilar qo‘yiladi.
18. 10-ustunda talab qilingan hujjatlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali hamda buyruqda ko‘rsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qo‘yiladi.
19. 11-ustunda xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda ko‘rilgan choralar (ishlab chiqarishni to‘xtatish, omborni muhrlash, pul mablag‘laridan va/yoki xomashyodan foydalanishni taqiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish va h. k.) ko‘rsatiladi.
20. 12-ustunda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “E’tirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri qayd etiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) buning asoslangan sabablarini ko‘rsatadi. “E’tirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda asoslangan e’tirozlar keltiriladi. Tekshirish tugagandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) ushbu ustunga Kitobda qayd qilingan yozuvlarning to‘g‘riligi haqida yozuv kiritadi hamda sana va vaqtni ko‘rsatgan holda o‘zining imzosi bilan tasdiqlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa yoki mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotni taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishga qo‘yilmaydi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-son “Adliya organlarida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tashkil etilgan maxsus “ishonch telefoni”ga murojaat etishga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishga haqli.
22. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida o‘chirib yozish va bo‘yash taqiqlanadi. To‘g‘rilashlar xato yozuvlar o‘chirilib, kerakli ma’lumotlarning ustidan qayta yozish yoki qo‘lda ustidan yozish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday to‘g‘rilash tekshiruvchi mansabdor shaxsning va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish maqsadida nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo‘yicha monitoring adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.