Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini so‘zsiz bajarish bo‘yicha Hukumatning qonun loyihalariga doir faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirilgan va izchil tashkil etish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning qonun loyihalariga doir ishi samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlar talablariga muvofiq bo‘lgan qonun hujjatlari loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “2011-yilda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi to‘g‘risida” 2011-yil 10-martdagi 68-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari har yili qabul qilinadi va kelgusi yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanayotgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi;
— Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalarida;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, shuningdek mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olingan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari kiritiladi;
qonun loyihalariga doir ishlar dasturiga vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalarini kiritish mufassal konsepsiya va ularning qabul qilinishini asoslovchi zarur tahliliy materiallar asosida amalga oshiriladi;
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari:
qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga qat’iy rioya qilgan holda har yili 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda amaldagi qonun hujjatlariga faqat o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan cheklanib qolmay, qonun hujjatlarining mustaqil va yaxlit loyihalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini shakllantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritilayotgan takliflarning sifati, asoslanganligi va o‘z vaqtida kiritilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda, unga kiritilgan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va kiritishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishi amalda muvofiqlashtirilishini ta’minlasin;
Keyingi tahrirga qarang.
kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasi joriy yilning 1-dekabridan kechiktirmay belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin;
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi ustidan samarali va tizimli monitoring o‘rnatsin, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga zarur yordam ko‘rsatsin;
Keyingi tahrirga qarang.
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari loyihalari o‘z vaqtida kiritilmasligi sabablari va shartlari, ularning past sifati ko‘rsatilgan, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish va kiritishni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirilgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi to‘g‘risida axborot taqdim etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari mudirlari:
Keyingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun asosli takliflar o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan qonun loyihasi ishlari dasturlariga muvofiq qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishi hamda Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlari loyihalari konsepsiyasi va tushuntirish xatlariga, tuzilmasiga va mazmuniga, ularga ilova qilinadigan tahliliy va axborot materiallariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi vakillarini shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida qonun hujjatlari loyihalarini muhokama etishda ishtirok etish tartibiga qo‘yiladigan asosiy talablarni ko‘zda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari ishtirokida qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflar tayyorlashni tashkil etish, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va kelishish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi masalalari bo‘yicha seminarlar o‘tkazsin. Keyinchalik bunday seminarlarni tizimli asosda o‘tkazsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish bo‘yicha dasturlarini (keyingi o‘rinlarda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari deb ataladi) tayyorlash va qabul qilish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringi tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari har yili qabul qilinadi va kelgusi yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish mo‘ljallanayotgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi.
Keyingi tahrirga qarang.
— Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida;
— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari va rejalarida;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan, shuningdek mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olingan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusi va takliflari bo‘yicha qonun hujjatlari loyihalari kiritiladi.
4. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida normativ-huquqiy hujjatlarning kompleksliligi va o‘zaro bir-birini to‘ldirishi hisobga olingan holda jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida demokratik qayta o‘zgartirishlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash nazarda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Hukumatning qonun loyihalariga doir faoliyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha hujjatlari va topshiriqlarining Vazirlar Mahkamasi tomonidan bajarilishi to‘g‘risida axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha takliflarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi va ularni ishlab chiqish bo‘yicha o‘z faoliyatini ular bilan muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihalari vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining (keyingi o‘rinlarda manfaatdor tashkilotlar deb ataladi) takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda amaldagi qonun hujjatlariga faqat o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan cheklanib qolmay, qonun hujjatlarining mustaqil va yaxlit loyihalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi.
8. Kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar manfaatdor tashkilotlar tomonidan ularning birinchi rahbarlari imzosi bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga joriy yilning 1-oktabrigacha taqdim etiladi.
9. Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish to‘g‘risidagi takliflar ushbu Nizom talablariga muvofiq holda taqdim etilishi va quyidagilar mavjud bo‘lishi kerak:
qonun hujjati loyihasining uni qabul qilish zarurligini asoslaydigan va kutilayotgan natijalarni o‘z ichiga oladigan mufassal konsepsiyasi bayon qilingan, shuningdek unga tahliliy materiallar ilova qilingan qonun hujjati loyihasiga tushuntirish xati;
qonun hujjati loyihasi qabul qilinishi munosabati bilan o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi yoki qabul qilinishi kerak bo‘lgan qonunosti hujjatlar ro‘yxati;
qonun hujjati loyihasining xalqaro huquqning umumiy e’tirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiqligi, yetakchi xorijiy mamlakatlarda tegishli huquqiy munosabatlarni qonunchilik yo‘li bilan tartibga solishning mavjud tajribasi, shuningdek uning amalga oshirilishini ta’minlaydigan mexanizmlar;
qonun hujjati loyihasini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati va uni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Manfaatdor tashkilotlar rahbarlari qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarini shakllantirish bo‘yicha takliflarning sifati, asoslanganligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z vaqtida kiritilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlari loyihalarini qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarning takliflarini tizimli, puxta va tanqidiy ko‘rib chiqadi, ishlab chiqish taklif etilayotgan qonun hujjatlari loyihalarini, ayniqsa, ularning asoslanganligi va dolzarbligini, shuningdek ularning amaldagi qonun hujjatlari normalariga muvofiqligini o‘rganadi.
qonun hujjatlari loyihalari ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasiga kiritish uchun qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni manfaatdor tashkilotlarga qaytarish;
qonun hujjatlari loyihalari bo‘yicha qo‘shimcha tahliliy materiallarni so‘rab olish, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihalariga kiritish uchun chuqur va har tomonlama tahlil qilish va yetarlicha asosni ishlab chiqish uchun manfaatdor tashkilotlarning xodimlarini jalb etgan holda ishchi guruhlar tashkil etish huquqiga ega.
12. Qonun hujjatlari loyihalari qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasida, qoidaga ko‘ra, quyidagi guruhlar bo‘yicha joylashtiriladi:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan qonun hujjatlari loyihalari;
mamlakatni iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hisobga olingan holda manfaatdor tashkilotlarning tashabbusi va takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun hujjatlari loyihalari.
Keyingi tahrirga qarang.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini tayyorlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishining qonunchilik asoslarini, sud-huquq tizimini isloh qilish bo‘yicha kengash, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi ijrosi yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash komissiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, ta’lim va ilmiy muassasalar, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Kelgusi yilga qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasiga joriy yilning 1-dekabrigacha bo‘lgan muddatda kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qabul qilingan qonun loyihalariga doir ishlar dasturi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek ushbu Nizom talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining takliflariga ko‘ra amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflari uning o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki manfaatdor tashkilotlarning ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilgan takliflarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha kiritiladi.
qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasiga kiritish uchun takliflarni tayyorlashda, unga kiritilgan qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va kiritishda manfaatdor tashkilotlar ishining amalda muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
manfaatdor tashkilotlar ishtirokida qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritish uchun takliflarni tayyorlashni tashkil etish, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va kelishish, shuningdek ular bajarilishi monitoringi masalalari bo‘yicha tizimli asosda seminarlar o‘tkazadi;
qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi ustidan samarali va tizimli monitoringni amalga oshiradi, qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda manfaatdor tashkilotlarga zarur yordam beradi;
har chorakda Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlari loyihalari o‘z vaqtida kiritilmasligini sabablari va shartlari, ularning past sifati ko‘rsatilgan, shuningdek qonun hujjatlari loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish va kiritishni ta’minlash bo‘yicha takliflar bildirilgan holda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi to‘g‘risida axborot kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Manfaatdor tashkilotlarning rahbarlari tayyorlanadigan qonun hujjatlari loyihalarining sifati, asoslanganligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamenti bilan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjati loyihasi ishlab chiqilishini tashkil etadi, hamijrochilar ishini muvofiqlashtiradi, zarur hollarda boshqa manfaatdor tashkilotlar xodimlarini jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etadi;
qonun hujjati loyihasi bilan tartibga solinadigan predmet va uni qo‘llash amaliyoti doirasida qonunchilikni o‘rganadi;
muayyan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan bo‘shliqlar va nomuvofiqliklarni, shuningdek ushbu ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish ehtiyojini belgilaydi;
qonun hujjati loyihasini qabul qilish natijasida qonunchilikning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadigan sabablar va shartlarni o‘rganadi;
yetakchi xorijiy mamlakatlarda tegishli huquqiy munosabatlarni qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish tajribasini o‘rganadi;
tayyorlangan qonun hujjati loyihasining belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi;
har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarining tegishli bandlari bajarilishi, shuningdek qonun hujjatlari kuchga kirgunga qadar ular loyihalarining holati to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
22. Qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshirilib, o‘z ichiga manfaatdor tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlari loyihalarining sifati va ularni ishlab chiqishning belgilangan muddatlariga rioya qilinishini, shuningdek ularning amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha talablarga, xalqaro normalar va standartlarga, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiqligini baholashni oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har oyda qonun loyihasi ishlari dasturlari bajarilishining borishini ko‘rib chiqadi.
Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida nazarda tutilgan muddatlardan orqada qolingan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bu haqda manfaatdor tashkilotlarni yozma shaklda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi monitoringini amalga oshirish uchun qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari loyihasini shakllantirish, shuningdek qonun loyihalariga doir ishlar masalalari bo‘yicha manfaatdor tashkilotlardan zarur ma’lumotlarni so‘rab olish va yozma tushuntirish berishni talab qilish, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha ular faoliyati monitoringini olib borish huquqiga ega.
So‘raladigan ma’lumotlar va yozma tushuntirishlar manfaatdor tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 10 kun muddatda yetkaziladi.
25. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga qonun loyihalariga doir ishlar dasturlari bajarilishi to‘g‘risida axborot kiritadi.
Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish muddatlari buzilgan yoki ular sifatsiz tayyorlangan hollarda adliya vaziri bu haqdagi masalani manfaatdor tashkilotlar rahbarlarini tegishli javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Prezidiumiga ko‘rib chiqish uchun kiritish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
26. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi har yilning yakunlari bo‘yicha manfaatdor tashkilotlarning qonun loyihalariga doir ishlar dasturi loyihasini shakllantirish, shuningdek qonun loyihalariga doir ishlar dasturlarida nazarda tutilgan qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha faoliyati natijalarini umumlashtiradi va baholaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlislarida, shuningdek prezidiumlarida manfaatdor tashkilotlar rahbarlarining qonun loyihalariga doir ishlar dasturlariga kiritilgan qonun hujjatlari loyihalarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqish to‘g‘risidagi hisobotlari tizimli asosda eshitilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 15-maydagi “Hukumatning qonun loyihalariga doir ish rejalarini tayyorlash va qabul qilish hamda ularning ijrosi monitoringini olib borish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 84-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 5-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2006-yil ikkinchi yarim yilligidagi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 159-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2007-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 264-son qarori.
4. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2008-yilgi qonun loyihalariga doir ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 262-son qarori.