LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli “O‘limni qayd qilish bilan bog‘liq kompozit davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida” 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-276-son Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Dafn etishga nafaqa tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dafn etishga nafaqa (keyingi o‘rinlarda nafaqa deb ataladi) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
2. Nafaqa marhumning eriga (xotiniga), ota-onasiga, farzandlariga va boshqa qarindoshlariga yoki marhumning qonuniy vakiliga, bunday shaxs bo‘lmagan taqdirda esa — dafnni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga olgan boshqa shaxsga tayinlanadi va to‘lanadi.
Nafaqa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga beriladi.
dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs — marhumning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, bunday shaxslar bo‘lmagan taqdirda esa — dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan boshqa jismoniy shaxs;
xodim — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan mehnat munosabatlari subyekti, shu jumladan ishlaydigan pensioner yoki davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi ishlovchi;
ish bilan band shaxs — o‘zini mustaqil ravishda ish bilan ta’minlagan jismoniy shaxs, tadbirkor, shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan, yordamchi va dehqon xo‘jaligida ish bilan band bo‘lgan, bevosita mol o‘stirish, chorvachilik hamda boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va sotishni amalga oshiradigan tadbirkor, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi fuqarolarning ishlab chiqarishda qatnashuvchi oila a’zosi, shuningdek oilaviy tadbirkorlik subyekti va hunarmand;
ish bilan band bo‘lmagan shaxs — qonun hujjatlariga muvofiq ishsiz sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan mehnatga layoqatli yoshdagi jismoniy shaxs, shuningdek haq to‘lanadigan ishga yoki mashg‘ulotga ega bo‘lmagan vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan mehnatga layoqatli shaxs;
ta’lim oluvchi — qonun hujjatlariga muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy yoki oliy ta’limdan keyingi ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ta’lim muassasasida o‘qiyotgan, ishlovchi hisoblanmaydigan jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
fuqarolarning ayrim toifalari — qonun hujjatlariga muvofiq to‘liq yoki qisman davlat ta’minotidagi (“Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylaridagi, jazoni o‘tash joylarida va hokazolardagi) jismoniy shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
xodimning qaramog‘idagi oila a’zosi — “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida tilga olingan xodimning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga layoqatsiz oila a’zosi.
4. Ushbu Nizom marhum harbiy xizmatchilarga, harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga, ichki ishlar organlarining harbiy xizmatni o‘tashda (harbiy yig‘inlar), ichki ishlar organlaridagi xizmatni o‘tashda vafot etgan xodimlariga yoki tinch davrda jarohat (yaralanish, jarohat, kontuziya) natijasida vafot etgan xodimlariga, shuningdek xizmatda bo‘lishning cheklangan yoshiga to‘lgandan keyin, salomatligining holatiga ko‘ra yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan yoki ichki ishlar organlaridagi xizmatdan bo‘shatilgan marhum fuqarolarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Ularni dafn etish marhum harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tagan, ichki ishlar organlarida xizmat qilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki o‘lik bola tug‘ilganda (perinatal o‘lim);
d) ish bilan band bo‘lgan yoki band bo‘lmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli bo‘lgan shaxs yoki bola;
e) O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etilgan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs vafot etgan taqdirda tayinlanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi deb ataladi) tomonidan tayinlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Ushbu Nizom 5-bandining “v” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxs vafot etganda nafaqa korxona, muassasa yoki tashkilot (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs nafaqa olish huquqiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ushbu Nizomning 5-bandi “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsga eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida nafaqa to‘lanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Nafaqa miqdori o‘lim sodir bo‘lgan kundagi, asosli sabablarga ko‘ra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum o‘lim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda — ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan tumanlarda va joylarda nafaqa miqdori tuman koeffitsiyentlari hisobga olinmasdan belgilanadi.
14. Xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa uni tayinlagan tashkilot tomonidan to‘lanadi, keyinchalik ko‘rsatib o‘tilgan sarf-xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b” va “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza marhumning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘lik bola tug‘ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal o‘lim) yoxud ushbu Nizomning 5-bandi “e” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxs vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
17. Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan arizasi nafaqa to‘lash uchun asos hisoblanadi:
FHDY organi tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi. O‘lik bola tug‘ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal o‘lim) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan perinatal o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘lik bola tug‘ilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda perinatal o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g”, “d” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan shaxslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy o‘tgandan keyin nafaqa uchun murojaat qilinganda;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 4-modda)
20. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish Pensiya jamg‘armasi bo‘limining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
21. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi murojaat qilingan kunda, rad etish sabablari va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi ko‘rsatilgan, ariza beruvchi taqdim etgan barcha hujjatlarning asl nusxalari ilova qilingan holdagi bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki unga pochta orqali jo‘natadi.
22. Ariza beruvchi nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan bevosita sudga yoki Pensiya jamg‘armasi bo‘limining yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza va nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qaror taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda nafaqa oluvchining alohida hujjatlar yig‘majildida saqlanadi.
24. Nafaqani to‘lash pensiya tayinlash to‘g‘risida murojaat qilgan ariza beruvchi yashaydigan joydagi “O‘zbekiston pochtasi” OAJ pochta aloqasining obyektlari operatorlari va provayderlari (keyingi o‘rinlarda pochtaning tarkibiy bo‘linmalari deb ataladi) orqali Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
har bir to‘lov oyi boshida o‘tgan oy uchun nafaqa turi bo‘yicha to‘langan mablag‘lar umumiy summasidan kam bo‘lmagan miqdordagi nafaqa to‘lash uchun zarur mablag‘larni pochtaning tegishli tarkibiy bo‘linmalari depozit hisob raqamlariga moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
ariza beruvchi murojaat qilgan kunda nafaqa to‘lashga vedomost va reyestrni rasmiylashtirish hamda ariza beruvchiga nafaqa to‘lashni amalga oshirish uchun ularni pochtaning tegishli tarkibiy bo‘linmasiga taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
To‘lov oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechikmay pochtaning tarkibiy bo‘linmasi va Pensiya jamg‘armasi bo‘limi amalda to‘langan mablag‘lar summasi va nafaqa oluvchilar soni to‘g‘risida taqqoslash dalolatnomasini tuzadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Pochtaning tarkibiy bo‘linmasi tomonidan nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan taqdim etilgan vedomost va ariza beruvchining pasporti asosida naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Pochtaning tarkibiy bo‘linmalari nafaqani Pensiya jamg‘armasi bo‘limlaridan olingan vedomostlarga qat’iyan muvofiq ravishda hamda tijorat banklarining xizmat ko‘rsatuvchi filiallaridan olingan naqd pul mablag‘laridan o‘zi joylashgan joy bo‘yicha tasdiqlangan buyurtmanomalarga muvofiq to‘laydi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Xodim yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza tashkilot ma’muriyatiga beriladi.
29. Nafaqa xodimning asosiy ish joyi bo‘yicha tashkilotning ijtimoiy sug‘urta komissiyasi (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan tayinlanadi. Komissiyaning tarkibi va raisi tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
30. Komissiyalar bo‘lmagan tashkilotlarda nafaqa tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan bunday vakolat berilgan shaxs tomonidan tayinlanadi.
31. Marhumni dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza nafaqa tayinlash uchun asos hisoblanadi:
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda FHDY organi tomonidan berilgan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va o‘lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) xodimning qaramog‘idagi oila a’zosi vafot etgan taqdirda — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma’lumotnomasi yoki marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjat (tug‘ilish haqidagi guvohnoma, nikoh to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
xodimning yoki uning qaramog‘idagi oila a’zosining vafotidan 6 oy o‘tgandan keyin murojaat qilinganda;
Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish komissiyaning protokol qarori yoki tashkilot rahbarining buyrug‘i bilan bunday vakolat berilgan shaxsning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
34. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda korxona rad etish sabablarini va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini ko‘rsatgan, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnomani ariza beruvchining qo‘liga beradi yoki unga pochta orqali yuboradi.
35. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan ariza beruvchi bevosita sudga yoki Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limiga yoxud, mavjud bo‘lsa, yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Tashkilot qayta tashkil etilganda (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga ushbu Nizomga muvofiq nafaqa tayinlash va to‘lash tashkilotning huquqiy vorisi tomonidan amalga oshiriladi.
37. Tashkilotda, uning rahbariyati tasdiqlaganidek, mablag‘lar yo‘qligi yoki yetarli emasligi tufayli nafaqa to‘lash mumkin bo‘lmagan, shuningdek nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan muddat mobaynida tashkilot tugatilgan taqdirda nafaqa Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tayinlanadi.
38. Tashkilot tomonidan nafaqa vedomost va ariza beruvchining pasporti asosida naqd pul mablag‘lari bilan to‘lanadi.
39. Tashkilotning bosh (katta) buxgalteri komissiya bilan bir qatorda nafaqa to‘lashga mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi yuzasidan javob beradi.
40. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi ariza va nafaqa tayinlash haqidagi qaror taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda tashkilot buxgalteriyasida saqlanadi.
42. Nafaqaning asossiz va noqonuniy to‘lanishi holatlari aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga to‘langan nafaqa summasi sud tartibida undiriladi.
43. Tijorat banklarining pochtaning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi filiallari ularni nafaqa to‘lash uchun zarur bo‘lgan naqd pul mablag‘lari bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Nafaqalarni to‘lash va yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni (bank xizmatlari uchun tashkilot xarajatlari hisobga olinmagan holda) moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Nafaqa olish huquqiga ega bo‘lgan shaxs vafot etgan taqdirda olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va ota-onaga, eriga (xotiniga), shuningdek nafaqa oluvchi vafot etgan kunda u bilan birgalikda yashagan oila a’zolariga to‘lanadi.
Nafaqa tayinlash va to‘lash, ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq, nafaqa oluvchi marhumning yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
Bir necha shaxs murojaat qilgan taqdirda ularga tegishli bo‘lgan nafaqa summasi ular o‘rtasida teng taqsimlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan summa nafaqa yuzasidan nafaqa oluvchi marhumning vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 50-son, 566-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 8-son, 77-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 8-bandi “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshidagi “hamda dafn marosimi nafaqalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yo‘la beriladigan nafaqalar to‘g‘risida” 2002-yil 1-maydagi 149-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 22-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).