30.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 198-2
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizligi xizmatining qarori, 30.04.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 198-2
Кучга кириш санаси
10.05.2011
Hujjat 10.05.2011 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 559-modda) farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 562-modda), 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 563-modda) qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladilar: