31.05.1996 yildagi PF-1467-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 17.06.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 16-iyuldagi PF-3276-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 6-7-son, 93-modda)
6. O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va korporatsiyalar ishtirokida 3-bandga muvofiq tarmoqlar, ishlab chiqarish faoliyati sohalari, respublika hududlari bo‘yicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etish bo‘yicha investitsiya takliflarini bir oy muddatda aniqlashtirsinlar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tartib raqami

Imtiyozlar va rag‘batlantirishlar turi

Korxonalar turi

Kafolatlar va imtiyozlar mazmuni

Qonun hujjatlari

I.

Kafolatlar

1.

2

3

4

5

1.

Qonun bilan berilgan kafolatlar

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

O‘zbekiston Respublikasining keyinchalik qabul qilingan qonun hujjatlari investitsiyalash shartlarini yomonlashtiradigan bo‘lsa chet el investitsiyalariga nisbatan investitsiyalash paytida amalda bo‘lgan qonun hujjatlari uzog‘i bilan o‘n yil davomida qo‘llaniladi.
Bu talab mudofaani, milliy xavfsizlikni va jamoat tartibini ta’min etish, atrof muhitni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari o‘zgarishiga nisbatan tatbiq etilmaydi.

“Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (11-modda)

2.

Mulkni saqlab qolish kafolati

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari natsionalizatsiya qilinishi mumkin emas.
Chet el investitsiyalari rekvizitsiya qilinishi mumkin emas, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar bundan mustasno. Rekvizitsiya qilish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunday hollarda chet ellik investorga to‘lanadigan tovon ko‘rilgan zararga mutanosib bo‘lishi kerak.

�Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatini kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (12-modda)

3.

Foydani chet elga o‘tkazish kafolati

Qo‘shma korxonalar va chet ellik yuridik shaxslar

Chet ellik investorlarning qonuniy faoliyatlari natijasida olgan foyda va boshqa mablag‘larini chet el valyutasida chet elga hech qanday cheklashsiz o‘tkazishlari kafolatlanadi.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (13-modda)

4.

Ish haqini chet elga o‘tkazish kafolati

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarda ishlovchi chet ellik jismoniy shaxslar

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ishchi va xizmatchilari, ma’muriyati, nazorat kengashi a’zolari tarkibiga ajnabiy fuqarolar kirishi mumkin.
Bu xodimlar oladigan ish haqlari va qonuniy yo‘l bilan topilgan boshqa daromadlarini hech qanday cheklashsiz boshqa davlatlarga o‘tkazishlari mumkin.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (25-modda, 2-qism)

5.Sug‘urta himoyasiChet ellik investorlar

Chet el investitsiyalarini sug‘urtalash tizimi chet ellik investorlarni:
— mol-mulk ekspropriatsiyalanishidan (tortib olinishidan), shuningdek mol-mulk tortib olinishiga, mol-mulkning o‘zini yoki undan orttiriladigan daromadni nazorat qilishdan mahrum bo‘lishga olib keladigan har qanday qonuniy yoki ma’muriy choralardan (o‘z hududida iqtisodiy faoliyatni tartibga solish maqsadlarida mamlakat tomonidan umumiy qo‘llash uchun joriy etiladigan, huquqni kamsitmaydigan choralar bundan mustasno);
— urush yoki fuqarolar g‘alayonlaridan;
— sug‘urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnoma munosabatlariga mamlakat ma’murlarining aralashuvidan;
— milliy valyutani boshqa valyutalarga konvertatsiyalash va uni mamlakatdan tashqariga chiqarishga doir mamlakat ma’murlari tomonidan cheklashlar joriy etilishidan;
— investorlarning ayrim guruhlari uchun huquqni kamsitadigan ruhdagi yangi qonun-qoidalar joriy etilishidan;
— boshqa turdagi tavakkallardan sug‘urtalashni ta’minlaydi.

“Chet el investitsiyalari va xorijiy investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (15 modda, 4-qism)

Keyingi tahrirga qarang.