18.02.2011 yildagi 42-son
Hujjat 18.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 10-noyabrdagi PQ-1432-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Budjetdan tashqari ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) 4-bandining ikkinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2001-yil 3-martdagi 108-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2001/2002 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2001-yil 12-iyundagi 250-son qarorining 9-bandidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizom 9-bandining ikkinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2004-yil 30-noyabrdagi 560-son qarorining 7-bandidagi “va Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-iyundagi 263-son qarori bilan tasdiqlangan Budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizomga” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 13-bandning birinchi xatboshidagi “akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilishga, maktab ta’limi dasturlarini amalga oshirishga” so‘zlari “akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini va umumta’lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 34-bandning uchinchi xatboshidagi “akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini qurish va rekonstruksiya qilish, maktab ta’limi dasturlarini amalga oshirish” so‘zlari “akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarini va umumta’lim maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida “Surxondaryo viloyatining suv ta’minoti va sanitariyasi” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-martdagi 79-son qarori 9-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ilovadagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Maktab ta’limini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 9-sentabrdagi 258-son qarori 7-bandining birinchi xatboshidagi “Maktab ta’limi jamg‘armasiga” so‘zlari “Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.