07.01.2011 yildagi 6-son
Hujjat 10.07.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-iyuldagi 219-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 31-son, 411-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Faoliyat turining nomi

I.

Chakana savdo:

1.

Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, alkogolli
va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar, farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno)

2.

Ko‘chma savdo obyektlarida aralash chakana savdo qilish (vaqtincha joylashgan va mavsumiy yoki maqsadli xususiyatga ega bo‘lgan, shuningdek, ish kuni tamom bo‘lgandan keyin obyektni demontaj qilinishi va ko‘chirilishini talab etuvchi obyektlarda)

3.

Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

4.

Gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan chakana savdo qilish

5.

Tovarlarni import qilish va ular bilan chakana savdo qilish (qurilish materiallari, sement, shifer, yog‘och va yog‘och mahsulotlari, o‘simlik moyi, alkogolli va tamaki mahsulotlari, neft mahsulotlarining barcha turlari, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar yoxud bunday materiallar qo‘llanilgan buyumlar, audiovizual asarlar, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlar, yangi import avtomobillar va farmatsevtika tovarlarini sotish bundan mustasno), bunda olib kirilayotgan tovarlarning narxi bir oyda 5000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmaslik sharti bilan

II.

Qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hunarmandchilik faoliyati.

III.

Maishiy xizmatlar, II bo‘limda nazarda tutilganlaridan tashqari:

6.

Sartaroshlik xizmatlari, manikyur, pedikyur, kosmetolog xizmatlari va shunga o‘xshash boshqa xizmatlar

7.

Kir yuvish, quruq va kimyoviy tozalashni tashkil etish, shuningdek, dazmollash xizmatlari

8.

Gilam va gilam buyumlarini ta’mirlash va tozalash

9.

Tikuv, mo‘yna, charm va trikotaj buyumlarni, bosh kiyimlarni va to‘qimachilik galantereyasidan tikilgan buyumlarni ta’mirlash, aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha tikuv va trikotaj buyumlarini, bosh kiyimlarini va to‘qimachilik galantereyasidan buyumlarni ti�ish, shu jumladan deraza va eshik pardalarini tikish, kashtachilik

10.

Hayvonlar terilari, mo‘yna, to‘qimachilik, charm buyumlar va boshqa buyumlarni oshlash va bo‘yash

11.

Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari bo‘yicha poyabzal tikish, poyabzalni ta’mirlash, bo‘yash va tozalash

12.

Attorlik buyumlarini tayyorlash va ta’mirlash

13.

Bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash

14.

Kalitlar tayyorlash

15.

Metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash

16.

Gulchambarlar (shu jumladan, motam gulchambarlari), sun’iy gullar, ikebana, gul marjonlarini tayyorlash

17.

To‘siqlar, haykallar, metalldan yasalgan gulchambarlarni tayyorlash va ta’mirlash

18.

Yog‘ochdan eshik, deraza va boshqa buyumlar (mebeldan tashqari) tayyorlash

19.

Inventarni (xo‘jalik, sport, baliqchilik va hokazo) ta’mirlash va tayyorlash

20.

Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash

21.

Tayyor mebelni yig‘ish, ta’mirlash va drapirovka qilish

22.

Musiqa asboblarini ta’mirlash va sozlash

23.

Yakka buyurtma bo‘yicha qimmatbaho metallardan va toshlardan zargarlik buyumlarini yasash, shuningdek, zargarlik buyumlarini ta’mirlash

24.

Optika, soatlarni ta’mirlash va metall, plastmassa, sopol, fayans, tosh, kartondan mahsulotlarda o‘ymakorlik ishlari (qavariq yozuvlar va tasvirlar tushirish)

25.

Radioelektron apparatlar, maishiy mashinalar, maishiy priborlar, ofis mashinalari va hisoblash texnikasini ta’mirlash, o‘rnatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish

26.

Transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, shu jumladan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish xizmatlarining boshqa turlari (akustik tizimlar va qo‘riqlash signalizatsiyalarini ta’mirlash va o‘rnatish, polirovkalash, kuzovga himoya va bezak qoplamalarini qoplash xizmatlari)

27.

Sanitariya-texnika xizmatlari va payvandlash ishlari

28.

Shisha va oynalarni kesish, shishaga badiiy ishlov berish

29.

Binolarga oyna o‘rnatish xizmatlari

30.

Jamoat hojatxonalari xizmatlari

31.

Hammom va sauna xizmatlari

32.

Turar joylarni yig‘ishtirish xizmatlari

33.

Hovlilar va bog‘larga qarash xizmatlari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlari

34.

Bog‘lar, polizlar va dov-daraxtlarni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish

35.

Video va fotosuratga olish xizmatlari

36.

Xo‘jalik mollari va uy-ro‘zg‘or buyumlarini (mebel, idish-tovoqlar, xo‘jalik, sport, baliqchilik anjomlari, maishiy texnika, priborlar
va boshqalarni) ijaraga berish

37.

Oilaviy mehmon uylari va xostellarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish

IV

Faoliyatning boshqa turlari:

38.

Qadoqlash uskunalaridan foydalanmagan holda uy sharoitida milliy shirinliklar, qandolat mahsulotlari, qurtni tayyorlash va sotish

39.

Milliy non va patir tayyorlash va sotish

40.

Popkorn, frezerda muzqaymoq, salqin ichimliklar, ayron va go‘ja tayyorlash va quyib sotish

41.

Salatlar va tuzlamalar tayyorlash va sotish, shuningdek uy sharoitida donalab sotiladigan taomlarning ayrim turlarini tayyorlash va o‘tirish joylari tashkil etmasdan yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan ajratilgan maxsus joylarda sotish

42.

O‘lchov vositalari tayyorlash va ularni prokatga berish

43.

Aholi uchun turar va noturar joylarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar

44.

Repetitorlik xizmatlari

45.

Tarjima xizmatlari, tahrir xizmatlari

46.

Bolalarning o‘yinchoq avtomatlari bilan bog‘liq xizmatlar

47.

Axborotning kriptografik himoyasi vositalarini loyihalash, yaratish, ishlab chiqarish, sotish, ta’mirlash va ulardan foydalanish

48.

Dizayn bo‘yicha xizmatlar (grafik, interyer, mebel va hokazolar), shuningdek, chizmachilik-grafika ishlari, shuningdek, rassomlik san’ati

49.

Kompyuter dasturlarini ishlab chiqish xizmatlari, kompyuter o‘yinlarini tashkil etish, shuningdek, kompyuter yordamida matnlarni terish va bosib chiqarish xizmatlari, matndan nusxa olish va ko‘paytirish bilan bog‘liq xizmatlar

50.

Tashrif qog‘ozlari va taklifnoma biletlarini tayyorlash va bosish

51.

Muqovalash ishlari

52.

Reklamani ishlab chiqish va joylashtirish

53.

Sug‘urta agentlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar

54.

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish

55.

Tantanali marosimlarni tashkil etish xizmatlari (to‘y, yubiley, tug‘ilgan kun va hokazolar)

56.

Ko‘ylak va kostyumlarni, shuningdek, ularga aksessuarlarni prokatga berish

57.

Ijtimoiy xizmatlar (bolalar, bemorlar va keksa kishilarga qarash xizmatlari)

58.

Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish faoliyati (sheyping, aerobika, sport seksiyalari, salomatlik guruhlari), trenerlik xizmatlari

59.

To‘garaklar tashkil etish va yuritish

60.

Davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil e�ilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati

61.

Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar)

62.

Tegirmonlarda donni maydalash (tozalash) xizmatlari

63.

Mol so‘yish xizmatlari

64.

Uy hayvonlariga qarash xizmatlari

65.

Veterinariya faoliyati

66.

Yuklarni avtomobil transportida tashish

67.

Yo‘lovchilar va yuklarni daryo transportida tashish

68.

O‘simlik, hayvonlar va minerallardan tayyorlangan dorivor xomashyoni yetishtirish, yig‘ishtirish, tayyorlash va sotish

69.

Gullar va dekorativ daraxtlar yetishtirish va sotish (shu jumladan bonsay san’ati)

70.

Akvarium baliqlari, dekorativ qushlar va boshqa hayvonlarni ko‘paytirish va sotish

71.

Shisha idishlar va ikkilamchi xomashyoni qabul qilish xizmatla�i (metall chiqindilaridan tashqari)

72.

Rieltorlik faoliyati

73.

Jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish

74.

Tashkilotlar uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tayyorlash bo‘yicha xizmatlar

75.

Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar uchun pudrat shartnomasi bo‘yicha ishlarni bajarish

76.

Matritsali printerlar va alfavit-raqam bosma qurilmalar uchun bo‘yovchi tasmalarni tayyorlash va qayta ishlash

77.

Qog‘ozlar va skorosshivatellar uchun konvertlar, papkalar tayyorlash

78.

Telekommunikatsiyalar operatorlariga, provayderlariga vositachilik xizmatlari ko‘rsatish (abonentlar yoki xizmatlar ko‘rsatuvchilarga ma’lumot-axborot xizmati ko‘rsatish, xizmat ko‘rsatuvchilarning xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish)

79.

Paxta (ilgari iste’molda bo‘lgan) va jun tozalash hamda titish xizmatlari

80.

Turistik faoliyat — turagentlik va ekskursiya xizmatlari, shuningdek, gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo‘riqchi-yo‘l boshlovchilar xizmatlari

81.

Duradgorlik i�lari (aholi buyurtmalari bo‘yicha duradgorlik ishlarini amalga oshirish)

82.

Metallni ta’mirlash ishlari (uy sharoitida metalldan tayyorlangan maishiy buyumlarni ta’mirlash (kalitlarning dublikatlarini tayyorlash, soyabonlarni ta’mirlash, boshqa maishiy metall buyumlarni oddiy ta’mirlash)

83.

Yog‘och me’morchiligi (bolalar maydonchalari va park zonalari uchun yog‘ochdan yasalgan qurilmalar, haykallar)

84.

Gazlamalarga naqshlar solish (gazlamalar va kiyim ashyolarini qo‘lda bo‘yash, gazlamalarga,shu jumladan trafaretli bosma va qo‘lda rasm chizish usuli bilan rasmlar solish)

85.

Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish

86.

Turistlarga uy-joyni qisqa muddatga ijaraga berish (30 kungacha)

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.07.2020-y., 09/20/433/1140-son)
Keyingi tahrirga qarang.