O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2010-yil 26-noyabrdagi 210-II-son qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi Davlat budjeti to‘g‘risida” 2010-yil 3-dekabrdagi 117-II-son qaroriga muvofiq:
2011-yilda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi 1-ilovaga* muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining, Respublika yo‘l jamg‘armasining, budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasining, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining 2011-yilgi asosiy parametrlari 3 — 6-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
2. 2011-yilgi Davlat budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 1,0 foiz miqdorida belgilansin.
Belgilab qo‘yilsinki, Davlat budjeti taqchilligini moliyalashtirish respublika budjeti mablag‘larining 2011-yil boshidagi bo‘sh qoldiqlari va boshqa qadrsizlanmaydigan manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
*7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 10-ilovaga* muvofiq;
*10-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)ga belgilab qo‘yilgan soliq stavkalari 11-ilovaga* muvofiq;
*11-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga dividendlar va foizlar tarzida to‘lanadigan daromad solig‘i stavkalari 10 foiz miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan va ro‘yxat bo‘yicha chetdan keltiriladigan aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarga aksiz solig‘i stavkalari 12-1 va 12-2-ilovalarga* muvofiq;
*13-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*14-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*16-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*19-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*20-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
*21-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar va yig‘imlar stavkalari 22 va 23-ilovalarga* muvofiq;
24-ilovaga* muvofiq belgilangan soliqqa tortish obyektlarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga 1,6 foiz miqdorda va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy ajratmalar stavkalari 0,5 foiz miqdorida;
*24-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
mablag‘larni budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi o‘rtasida 25-ilovada* keltirilgan normativlarga muvofiq taqsimlagan holda yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi 25 foiz miqdorida;
*25-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ularning mehnat haqi daromadlaridan majburiy sug‘urta badallari stavkasi 4,5 foiz miqdorida tasdiqlansin.
4. Belgilab qo‘yilsinki, yagona soliq to‘lovi tushumlari Davlat budjeti, Respublika yo‘l jamg‘armasi, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va budjetdan tashqari Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda taqsimlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
6. 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq tovarlar oldi va sotdisi bo‘yicha ta’minot-sotish tashkilotlarining faoliyati ulgurji savdo sifatida qaraladi hamda ularga ulgurji savdo korxonalari uchun nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish va soliq solish huquqiy normalari joriy etiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari ta’minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar tomonidan ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar 2011-yil 1-aprelgacha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilishini ta’minlasinlar.
Belgilab qo‘yilsinki, 2011-yil 1-yanvargacha ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’minot-sotish tashkilotlari tovarlar oldi va sotdisi bo‘yicha faoliyatni 2011-yil 1-aprelgacha ulgurji savdo huquqiga beriladigan litsenziyasiz amalga oshirish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4086-sonli qaroriga asosan 2019-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 07/18/4086/2354-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 27-dekabrdagi PQ-2699-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 601-modda)
9. Yuridik shaxs bo‘lmasdan amalga oshiriladigan yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
14. Davlat hokimiyati va mahalliy davlat boshqaruvi organlarining barcha darajalardagi mahalliy budjetlar daromadlari va xarajatlarini shakllantirishdagi roli, mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidagi ulushini ko‘paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari:
yuridik va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq;
yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar)dan olinadigan qat’iy belgilangan soliq;
respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘iga aksiz solig‘i bo‘yicha tushumlar to‘liq miqdorda mahalliy budjetlar daromadlariga o‘tkazilsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlar va xarajatlar hajmlari, respublika budjetidan dotatsiyalar va subvensiyalarning cheklangan miqdorlari 26-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga umumdavlat soliqlari tushumlaridan ajratmalar normativlari 27-ilovaga* muvofiq;
respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining naqd pul kassa aylanmasining yo‘l qo‘yiladigan eng kam miqdorlari 28-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda joylarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish va ishlab turganlarini rivojlantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirilishini rag‘batlantirish yo‘li bilan aholi bandligini oshirish, shuningdek budjet tashkilotlarining xarajatlari va tarmoqlarini maqbullashtirishni nazarda tutgan holda mahalliy budjetlarning dotatsiyaga muhtojligini kamaytirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni davom ettirsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli mahalliy budjetlarga budjetdan dotatsiyalar, subvensiyalar va ssudalar (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutlarini qoplash uchun) ajratishda ularning miqdorlarini hududlar bo‘yicha barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning to‘liq tushishidan, shuningdek yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirish zarurligidan kelib chiqqan holda aniqlashtirish huquqi berilsin.
17. 2011-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining zaxira jamg‘armalari miqdorlari 29-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
19. 2011-yil 1-yanvardan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar to‘lovi miqdorlari 30-ilovaga* muvofiq belgilansin.
*30-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlarida bolalar ta’minoti uchun to‘lov to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlasin, bunda kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan bolalar uchun to‘lov to‘lashdan ozod qilish nazarda tutilsin (tegishlicha umumta’lim muassasalari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarining uzaytirilgan kun guruhlaridagi tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 15 foizi doirasida).
20. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi hududiy boshqaruv organlari, tuman (shahar) xalq ta’limi, madaniyat va sport bo‘limlari hamda ularning metodik va boshqa tuzilmalari negizida, qayta tashkil etilayotgan tuzilmalarning amaldagi xodimlari sonini o‘rtacha 5 foizga qisqartirgan holda o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi, xalq ta’limi, madaniyat va sport muassasalarini metodik ta’minlash va ular faoliyatini tashkil etish bo‘limlarini tashkil qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
21. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet muassasalarining 2011-yilgi shtat jadvallarini ro‘yxatga olishda budjet muassasalarida kommunikatsiya tizimlari, ishlarni avtomatlashtirish rivojlanishini hamda boshqaruv va yordamchi xodimlarning mehnat unumdorligi oshishini hisobga olgan holda ma’muriy-xo‘jalik va o‘quv-yordamchi xodimlarni o‘rtacha 5 foizga maqbullashtirishni nazarda tutsin.
Vazirliklar va idoralar idoraviy mansub budjet tashkilotlarining shtat normativlarini tanqidiy ko‘rib chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan kelishgan holda yangilangan namunaviy shtat normativlarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, ularning joriy etilishini 2012-yilning 1-yanvarigacha tugallasinlar.
22. Moliya vazirligining G‘aznachiligida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni tegishlicha ko‘paytirilgan holda 3 nafar xodimdan iborat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayoni monitoringi axborot-tahlil bo‘limi tashkil etilsin, quyidagilar bo‘limning vazifalari etib belgilansin:
davlat xaridlarini amalga oshirishda narx belgilash jarayoni ustidan nazorat qilish va oshirilgan narxlar mavjudligi gumon qilingan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga berish;
davlat xaridlarini amalga oshirishda kichik biznes subyektlari keng ishtirok etishini nazarda tutgan holda tanlov va tender tartibotlari qo‘llanilishini takomillashtirish va kengaytirish yuzasidan belgilangan tartibda takliflar kiritish.
23. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va Davlat budjeti parametrlari prognozi to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori 24-bandining amal qilishi 2012-yilning 1-yanvarigacha uzaytirilsin.
24. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2010-yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining asosiy parametrlarini va O‘zbekiston Respublikasi davlat maqsadli jamg‘armalarini quyidagi hajmlarda aniqlashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:
budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan 0,5 foiz bo‘lgani holda, Davlat budjeti daromadlari 13 221,0 mlrd so‘m, xarajatlari 13 550,0 mlrd so‘m miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlari 5 253,1 mlrd so‘m (shu jumladan aylanma kassa naqd pulining to‘ldirilishi 2010-yil 1-yanvar holati bo‘yicha respublika budjeti qoldig‘i hisobiga — 262,0 mlrd so‘m) va xarajatlar 5 103,3 mlrd so‘m miqdorida.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligining G‘aznachiligi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda 2011-yilning yanvar oyida, o‘tkazilgan operatsiyalarni 2010-yilgi Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirgan holda, 2010-yilgi Davlat budjeti ijrosi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yakuniy operatsiyalar o‘tkazsin.
25. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi har chorakda bajarilishini va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2011-yilgi ijrosini tahlil etish natijalari bo‘yicha, zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjetining asosiy parametrlarini belgilangan taqchillik doirasida aniqlashtirishga doir takliflar kiritsin.
26. 2011-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2011-yilning 1-yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga 32-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
27. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
28. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 07/19/4447/3747-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-son qaroriga 1-ilova 37-bandining to‘rtinchi xatboshi va 2-ilovaning 33-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va mablag‘larini sarflash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 35 va 36-bandlari.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlari ulushini ko‘paytirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 28-iyuldagi PQ-1166-son qarori 8-bandining uchinchi xatboshi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bug‘doy uni olib kelishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 21-iyundagi PQ-1356-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlarni undirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1997-yil 23-oktabrdagi 483-son qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 10-son, 35-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 56-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining “Paxta tolasini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 19-oktabrdagi 232-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta tolasini respublikaning ichki iste’molchilariga sotishni takomillashtirish va to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-son qarori)” 2008-yil 6-fevraldagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 2-3-son, 5-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)1
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “1991-yilgacha qurilgan ko‘p xonadonli turarjoy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital ta’mirlanishini yakunlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 25-iyuldagi PQ-425-son qarorining 6-bandida:
birinchi xatboshidagi “2010-yilning 31-dekabrigacha” so‘zlari “2014-yilning 1-yanvarigacha” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 8-avgustdagi PQ-438-son qarorining 8-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston “O‘zkommunxizmat” agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalariga ilgari berilgan mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozlar “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining mintaqalararo unitar korxonalariga joriy etilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi PF-5097-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 636-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarorining 6-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Moliya vazirligining takliflari bo‘yicha budjetdan mablag‘ oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda oldindan haq to‘lashni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari ro‘yxatini tasdiqlash huquqi berilsin”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2008-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-son qaroriga 29-ilovaning izohi matnidan “futbol bo‘yicha maktab-internatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining kapitallashuvini yanada ko‘paytirish va investitsion faolligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 16-oktabrdagi PQ-986-son qarori 1-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qo‘shilsin:
“Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining qo‘shimcha joylashtiriladigan aksiyalari hajmidagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ulushi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan foydasi hisobiga 2011-2012-yillarda shakllantiriladi”.
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish masalalari” to‘g‘risida 1992-yil 17-iyuldagi 328-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 7-son, 19-modda) 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Ixtisoslashtirilgan sexlar, uchastkalar va korxonalarda ishlovchi nogironlar mehnatiga haq to‘lash fondidan 4,7 foiz stavka bo‘yicha yagona ijtimoiy to‘lov undiriladi”.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarorida:
b) Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirish va taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
beshinchi xatboshidagi “ilova qilinadigan jadvalga muvofiq” so‘zlaridan keyin “respublika budjetining asosiy hisob raqamiga so‘m ekvivalentini (sotish kunidagi Markaziy bank kursi bo‘yicha) o‘tkazgan holda (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligidan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
“Bojlar, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undiruvchi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat soliq qo‘mitasiga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5 sanasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga valyuta tushumlari hamda tegishli o‘tkazmalar to‘g‘risida hisobotlar taqdim etadilar”;
v) 2-ilovaning “Bojlar, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlardan tushgan valyutalarni taqsimlash” jadvalida:
“*O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik vakolatxonalari Davlat budjetiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan konsullik yig‘imlarini bo‘lib turgan mamlakatlar banklarida ochilgan joriy budjet hisob raqamlariga budjet mablag‘larini qo‘shish uchun pul o‘tkazadilar hamda ulardan keyingi yil uchun tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasiga asosan diplomatik vakolatxonalarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirishga foydalanadilar”;
Oldingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 2-apreldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Xodimlarning shaxsiy avtomobillaridan xizmat maqsadlarida (xizmat safarlaridan tashqari) foydalanganlik uchun har oyda kompensatsiya to‘lash tartibining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ot kuchi soni | Bir oy uchun kompensatsiyaning cheklangan miqdori |
100 ot kuchidan yuqori | Eng kam oylik ish haqining 4,5 baravari |
70 ot kuchidan 100 ot kuchigacha | Eng kam oylik ish haqining 3,5 baravari |
70 ot kuchigacha | Eng kam oylik ish haqining 2 baravari |
Kompensatsiya miqdorlari xodimga faqat xizmat maqsadlari uchun foydalaniladigan avtomobilni ishlatish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni qoplashni hisobga olgan holda belgilangan”.
11. Vazirlar Mahkamasining “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining xayriya faoliyatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 26-iyundagi 271-son qarorining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasi, istisno tariqasida, ish haqi fondining 7 foizi miqdorida belgilansin, ular O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilib, bo‘shaydigan mablag‘lar yetim bolalar uchun xayriya faoliyatini kengaytirishga hamda “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” va ular bilan bog‘liq loyihalarning moddiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilsin”.
12. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-martdagi 140-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazi to‘g‘risidagi nizom 30-bandining to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2011 — 2015-yillar mobaynida Markazning asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha har yili budjetdan zamonaviy yuqori texnologiyali diagnostika tibbiyot asbob-uskunalari (texnikalari) bilan to‘liq jihozlash va ularni xarajat materiallari, implantantlar bilan ta’minlashga mablag‘lar ajratilishini kamaytira borib, 2012-yilga budjetdan tashqari mablag‘lar ulushini 50 foizgacha yetkazgan holda budjetdan qisman dotatsiya qilinadigan ayrim yuqori texnologiyali operatsiyalar sonini bosqichma-bosqich kamaytirish nazarda tutiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi — O‘R QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)
14. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) quyidagi mazmundagi 3-1-band qo‘shilsin:
“3-1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida faoliyat yuritayotgan, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari shartlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulkida bo‘lgan binolar va inshootlarda joylashtiriladigan budjet tashkilotlari, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish guruhlari uchun ijara haqining nol stavkasi belgilanadi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.