LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 8-iyuldagi 21-2021-sonli va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 7-iyuldagi 15-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2138-2, 15.07.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 18-iyundagi 118-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 24-25-son, 195-modda) bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb yuritiladi) talabalariga akademik ta’til, mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talablarni inobatga olib, quyidagi hollarda berilishi mumkin:
homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga.
3. Talabalarga o‘qish davomida ikki marta, istisno tariqasida, tibbiyot ta’lim muassasalari talabalariga uch martagacha akademik ta’til berilishi mumkin.
4. Birinchi kurs talabalariga akademik ta’til, istisno tariqasida, faqat ularning kasalligi tufayli berilishi mumkin.
Salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’til olishni so‘rab murojaat qilgan talabaning arizasiga talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining xulosasi, harbiy xizmatni o‘tash uchun akademik ta’til olishni so‘rab murojaat qilgan talabaning arizasiga tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi ilova qilinishi lozim.
8. Talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, uning arizasiga asosan akademik ta’til berilishi mumkin. Bunda, akademik ta’til muddati o‘tishining boshlanishi talaba darslarda qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.
9. Talabaga salomatligini tiklash uchun akademik ta’tilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Ta’lim muassasalari talabalariga tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha akademik ta’til berishga oid kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Talabaning akademik ta’til olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Talabaga akademik ta’til berish ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatilishi shart.
11. Salomatligini tiklash uchun akademik ta’tilda bo‘lgan talabalarda homiladorlik va tug‘ish hollari yuzaga kelgan taqdirda, akademik ta’tilning muddati mazkur Nizomda homiladorlik va tug‘ish uchun belgilangan akademik ta’tilning muddatiga uzaytiriladi.
12. Talaba akademik ta’tilga chiqqan kundan boshlab bir oy o‘tmagan bo‘lsa, akademik ta’tilni bekor qilish va o‘qishga qaytishni so‘rab ta’lim muassasasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
13. Talaba akademik ta’tilning muddati tamom bo‘lgandan so‘ng o‘qishga qaytish bo‘yicha ta’lim muassasasining rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
Agar, akademik ta’til davrida talaba o‘qigan ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) tugatilgan bo‘lsa, talabani shu ta’lim muassasasida yoki boshqa ta’lim muassasasiga o‘qishini mos va turdosh yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha ko‘chirish masalasi ham ariza bilan birga ko‘rib chiqilishi va hal etilishi lozim.
14. Homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun akademik ta’tilda bo‘lgan talabalar akademik ta’til boshlangan sanadan boshlab 12 oy muddat o‘tgandan so‘ng o‘qishga qaytishi mumkin.
15. Akademik ta’tildan qaytish bo‘yicha talabaning murojaati bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilishi va uning ta’lim muassasasiga o‘qishga qaytishi to‘g‘risida ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i chiqarilishi lozim. Ushbu buyruqda talaba akademik ta’tildan qaytgandan so‘ng o‘qiydigan o‘quv kursi va guruhi ko‘rsatilishi shart.
16. Akademik ta’til muddati tugagandan so‘ng o‘qishga qaytmagan va natijada bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan talaba ta’lim muassasasidan chetlashtiriladi.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
2. Surunkali kechuvchi o‘pkaning nospetsifik kasalliklari bilan bog‘liq yurak-o‘pka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).
3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori bo‘yicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik o‘zgarishlari.
4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gipertoniya).
5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va o‘tkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past bo‘lsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).
6. Barcha bosqichdagi xavfli o‘sma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).
8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yallig‘lanish kasalliklarining o‘tkir davri.
10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur bo‘lgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar tsirrozi).
11. Endokrin kasalliklarining og‘ir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).
13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turg‘un buzilishi hamda psixopatik buzilishlar.
15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek hushning xiralashuvi va og‘ir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:
a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan shaxsning chuqur o‘zgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;
16. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 3-noyabrdagi 21-2017, 120-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2138-1, 17.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son)