25.07.2003 yildagi 111-son
Hujjat 23.12.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksining (keyingi matnlarda XPKning) 205-moddasi 1-qismiga binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vorislari (XPKning 39-moddasi), shuningdek xo‘jalik sudi tomonidan sud jarimasi undirilgan shaxslar ham (XPKning 56, 77-moddalari) shunday huquqqa egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. XPKning 204-moddasi 1-qismida ko‘rsatilganidek, sudning hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta ko‘rilishi mumkin. Bu qoida darhol ijro etiladigan sud hujjatlariga ham taalluqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. XPKning 204-moddasi 2-qismi 2 va 3-bandlariga binoan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoxud ular vakillarining yoki sudyalarning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolg‘on guvohlik berishi, ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berishi va tarjimonning bila turib noto‘g‘ri tarjima qilishi (ular ishtirokida ko‘rilgan boshqa ishlarda emas) aynan ushbu ishni ko‘rishda sodir etilgan bo‘lsa, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandlarda ko‘rsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish yoki jinoyat ishini tugatish xo‘jalik sudining hujjati XPK 204-moddasi ikkinchi qismining 1-bandida nazarda tutilgan asos bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xo‘jalik sudi hujjatini sudning boshqa ish bo‘yicha hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organ qarorining bekor bo‘lishi yoki o‘zgartirishi oqibatida yangi ochilgan holat bo‘yicha qayta ko‘rish mumkin (XPKning 204-moddasi 2-qismi, 4 bandi), basharti, agar bekor qilingan yoki o‘zgartirilgan sud hujjatlari xo‘jalik sudining qayta ko‘rib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan bo‘lsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
XPKning 205-moddasi 1, 2-qismlari talablariga binoan berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza ish yuritishga ish ko‘rilish joyi va vaqti ko‘rsatilgan ajrim chiqarish yo‘li bilan qabul qilinadi. XPKning 205-moddasi 1-qismi bilan belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat bo‘lib, muddatni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma keltirilganda, arizani qabul qilish masalasi hal etilayotgan sudya tomonidan XPKning 99-moddasi 1—3-qismlari bilan belgilangan qoidalarga binoan tiklanishi mumkin. Muddatni tiklashni rad etish arizani qaytarish haqidagi ajrimda ko‘rsatilishi lozim. Muddatni tiklash haqidagi iltimosnomaning qanoatlantirilganligi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qabul qilish va ish ko‘rishni tayinlash haqidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizaning XPKning 205-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan asoslarga binoan qaytarilishi tegishli xo‘jalik sudining sudyasi tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Sudlar shuni alohida e’tiborga olishlari lozimki, XPKning 206-moddasi 1-qismiga ko‘ra sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha shu hujjatni qabul qilgan xo‘jalik sudi tomonidan qayta ko‘riladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Xo‘jalik sudlari sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha arizani ko‘rib chiquvchi xo‘jalik sudining tarkibini aniqlashda XPKning 15-moddasiga binoan ish yuritish lozimligini ko‘zda tutishlari kerak. Mazkur moddaning 1-qismiga muvofiq, birinchi instansiya sudi ishni kollegial tarkibda ko‘rib chiqqan bo‘lsa, qayta ko‘rish ham kollegial ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. XPKning 207-moddasiga ko‘ra, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani xo‘jalik sudi ariza tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda o‘z majlisida ko‘rib chiqadi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida XPKning 124-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Ularning kelmaganligi arizani ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. XPKning 208-moddasiga binoan xo‘jalik sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XPKning 208-moddasi 3-qismiga muvofiq holda shuni nazarda tutish lozimki, sud hujjati bekor qilingan taqdirda XPK talablariga ko‘ra ish shu sud hujjatini bekor qilgan xo‘jalik sudi instansiyasida ko‘riladi. Bu holatda ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda XPKning tegishlicha birinchi, apellatsiya, kassatsiya va nazorat instansiyalarida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.