Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.09.2013
Hujjat 02.06.2010 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2010-yil 2-martdagi PQ-1293-son qaroriga muvofiq hamda raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatiga doir ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakliBajarish muddatiMas’ul bajaruvchilar

Kutilayotgan natija

I. Raqobat muhitini rivojlantirishni samarali ta’minlaydigan monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini takomillashtirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish
1.Quyidagilarga:
Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanilishini nazorat qilish
tartibiga;
Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) belgilash tartibi to‘g‘risidagi
nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi 2010-yil avgust Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligiKameral tekshirish (o‘rga�ish)ning zarur huquqiy asoslarini yaratish, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi monitoringini va nazoratni takomillashtirish.
2.“Raqobatni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqish.O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi2010-yil avgustMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar va idoralarRaqobatni himoya qilish bo‘yicha munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, tovar bozorlarida monopolistik faoliyatga barham berish va uning oldini olishning huquqiy vositalarini yangilash.
3.Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda statistika ma’lumotlarini tezkor idoralararo ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat2010-yil sentyabrMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, vazirliklar va idoralarTovar bozorlarini tahlil qilish va monopolist korxonalarni aniqlashning axborotlar asosini yaratish.
4.Tovar bozorlarida raqobat muhitining holatini tahlil qilish va baholash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.Metodik tavsiyalar2010-yil oktyabrMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligiRaqobat muhitining holatini yanada to‘liq va sifatli baholash va monopol tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rish.
5.Xo‘jalik yurituvchi subyektning 35 foizdan ortiq aksiyalari (ulushlari) sotib olinishi ustidan nazorat qilish tartibini takomillashtirish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni sotib olishda raqobat shartlariga rioya qilinishini eng ko‘p darajada ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutish.Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi“Raqobatni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingandan keyin bir oy muddatdaMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, vazirliklar va idoralarXo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksiyalari (ulushlari)ni sotib olishda raqobat shartlarini ta’minlash bo‘yicha nazorat qilish tizimini mustahkamlash va chora-tadbirlar ko‘rish.
6.Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini, raqobatni cheklaydigan normalarni ulardan chiqarish yuzasidan xatlovdan o‘tkazish.Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari2010-yil noyabrMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralarTovar bozorlarida xo‘jalik yurituvchilar faoliyati uchun teng shart-sharoitlarni va sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash.
7.Narx belgilash jarayoniga boshqariladigan narxlar (tariflar)ni shakllantirishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish.Tizimni joriy etish bo‘yicha dasturiy ta’minlashni ishlab chiqish2011-yil yanvarMoliya vazirligiNarxlar (tariflar)ni belgilash jarayoni va usullarini takomillashtirish, ishlarning ochiq-oshkoraligi va tezkorligini ta’minlash, doimiy monitoring uchun ma’lumotlar bazasini yaratish.
8.Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan bitimlari (kelishilgan xatti-harakatlari)ni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.Idoraviy-normativ huquqiy hujjat2011-yil fevralMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligiXo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida raqobatni cheklaydigan va iste’molchilarning huquqlarini buzadigan til biriktirishlarni aniqlashni ta’minlaydigan aniq mezonlarni belgilash.
9.Tabiiy monopoliyalar subyektlari va monopolist korxonalar tovarlari (ishlari, xizmatlari)ga narxlar (tariflar) o‘zgarishining iqtisodiyot sektorlariga ta’sirini baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash. Idoraviy-normativ huquqiy hujjat2011-yil martMoliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligiNarxlar o‘zgarishining iqtisodiyot sektorlarini rivojlantirishga ta’sirini prognozlashtirish va zarur oldini oluvchi chora-tadbirlar ko‘rish.
10.Yuridik shaxslarni majburiy ajratish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi2011-yil iyulMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligiYuridik shaxslarni majburiy ajratishning huquqiy mexanizmini yaratish.
II. Jamoat tuzilmalari bilan mustahkam muvofiqlikda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, nohalol reklamaga yo‘l qo‘ymaslik chora-tadbirlarini amalga oshirish
11.Jamoat tashkilotlari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha monitoringlar olib borilishini tartibga solishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi2010-yil iyunMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, vazirliklar va idoralarIste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, asosiy iste’mol tovarlarini sotadigan savdo obyektlari monitoringini olib borish va o‘rganish bo‘yicha jamoat tashkilotlari vakolatlarini tartibga solish.
12.Muddati o‘tgan (yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan) dori vositalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar, ijtimoiy ahamiyatli oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini, shu jumladan bolalar oziq-ovqat tovarlarini tezkor aniqlash va ularni sotishga yo‘l qo‘ymaslikni nazarda tutgan holda Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan qo‘shimcha ravishda kelishmasdan amalga oshiriladigan nazorat organlarining nazorat funksiyalari ro‘yxatini (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2006-yil 6-mayda 1573-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) kengaytirishga doir takliflar kiritish.Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori2010-yil iyunMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralarMuddati o‘tgan (yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan) dori vositalari, tibbiy maqsaddagi buyumlar, ijtimoiy ahamiyatli oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini, shu jumladan bolalar oziq-ovqat tovarlarini tezkor aniqlashni va ularni sotish holatlariga barham berishni ta’minlash.
13.Shahar yo‘lovchilar tashish transportini, shu jumladan yo‘nalishli taksini kutish joylarini yo‘lovchi transporti harakati jadvallari bilan ta’minlash.Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori2010-yil sentyabrQoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiIste’molchilarning huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘zini o‘zi tartibga soladigan mexanizmlarni faollashtirish.
14.Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini qo‘llash bo‘yicha o‘quv-metodik va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi saytida joylashtirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tayanch �unktlarini ular bilan ta’minlash.O‘quv-metodik va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, nashrlar2010-2011-yillarMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiAholining iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga doir o‘zini o‘zi tartibga soluvchi mexanizmlarni rivojlantirish.
15.Yashirin reklamani aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat2010-yil oktyabrMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralarNohalol reklamani amalga oshirish holatlariga barham berish, yashirin reklamani aniqlashning normativ-huquqiy bazasini yaratish.
16.Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001-yil 6-aprelda 1024-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan).Idoraviy normativ-huquqiy hujjat2010-yil dekabrMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, vazirliklar va idoralarAlkagolli ichimliklar, tamaki va tamaki mahsulotlarini reklama qilishga talablarni kuchaytirish.
III. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlarini zamonaviy fikrlaydigan professional tayyorlangan, yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish
17.2010/2011 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida monopoliyaga qarshi boshqarish va huquq sohasida tegishli yo‘nalishlar va kadrlar tayyorlash mutaxassisliklari bo‘yicha “Raqobat siyosati” va “Raqobat huquqi” fanlari bo‘yicha kurslarni joriy etish.O‘quv dasturlari, o‘quv-metodik baza2010-yil avgustOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiRaqobat siyosati va huquqi sohasida kadrlar tayyorlash.
18.Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy organlari, Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi tarkibini malakali kadrlar bilan mustahkamlash. Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va hududiy organlar buyruqlari2010-yil iyunMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash.
19.Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimi xodimlari malakasini oshirish, qayta tayyorlash va o‘qitish.JadvalJadvalga muvofiqMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimini malakali kadrlar bilan ta’minlash.
20.Monopoliyaga qarshi tartibga solish tizimini takomillashtirish va kadrlar malakasini oshirish uchun xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik ko‘mak mablag‘larini jalb etishni faollashtirish.Hamkorlik to‘g‘risida bitimDoimoMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, vazirliklar va idoralarXalqaro moliyaviy tashkilotlarning grantlari, texnik ko‘mak mablag‘lari.
21.Ommaviy axborot vositalarida raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib borish.Maqolalar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarBir oyda kamida bir martaMonopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, vazirliklar va idoralarAholining xabardorligini ta’minlash, aholining iste’mol madaniyatini oshirish.
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-fevraldagi 106-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ichki suv transporti Ustavining 49-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qarori bilan tasdiqlangan Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qo‘llanishini nazorat qilish tartibining 10-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Chakana savdo qoidalari 118-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-iyuldagi 296-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korxonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning 20-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 19-maydagi 129-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 5-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llanish maqsadida tekshirish o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 27, 66-bandlari va 112-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining”, “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) qarorning nomidagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
v) 1-banddagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Nizomning nomidagi “tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4-bandning ikkinchi xatboshidagi “hududiy monopoliyaga qarshi organlar” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi qaroriga ko‘ra hududiy organlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
8-bandga quyidagi xatboshi qo‘shilsin:
15-band birinchi xatboshining birinchi jumlasidagi “ariza tushgan kundan” so‘zlaridan keyin “yoki nazorat funksiyalari amalga oshirilishi natijalariga ko‘ra ish qo‘zg‘atilgan kundan” so‘zlari qo‘shilsin;
19-bandga quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
20-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
37-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
a) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
a) Toshkent shahar hokimligi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti to‘g‘risidagi nizom 8-bandining o‘ninchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Toshkent shahrida yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 12-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulki bo‘lgan obyektlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 16-bandining yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) Mahsulotlarning monopol turlarini mavsumiy talabni hisobga olgan holda birja savdolariga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 22-avgustdagi 189-son qaroriga ilovadagi “Ulashov B.S. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-dekabrdagi 277-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son 67-modda bilan tasdiqlangan Tabiiy monopoliyalar subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlar sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 31-dekabrdagi 288-son qaroriga 1-ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalari berish tartibini yanada takomillashtirish va ulardan maqsadli foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 20-yanvardagi 16-son qaroriga ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining “2009-2010-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 11-fevraldagi 37-son qaroriga 3-ilovadagi “Ulashov B.S. — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining raisi vazifasini bajaruvchi” so‘zlari “Ismoilov J.G‘. — Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “2009 — 2013-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 20-martdagi 80-son qarorining 8-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 2-apreldagi 94-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturiga tuzatishlar kiritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 11-bandining “v” kichik bandidagi va 17-bandidagi “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 9-10-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilovaning 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi rahbari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy organi rahbari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni joriy etish to‘g‘risida” 2009-yil 23-dekabrdagi 327-son qarorining 4-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining “2010-yilgi davlat statistika ishlari dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2010-yil 18-yanvardagi 7-son qaroriga ilovaning II bo‘limidagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi