01.06.2010 yildagi O‘RQ-250-son
Hujjat 02.06.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7--8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 67-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 68-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ekspert: ekspertiza predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; tergov harakatlari o‘tkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir bo‘lish hamda shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va so‘roq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyatlar qilish huquqiga egadir.
3) 174-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4) 175 va 176-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6) 177 va 178-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) 182-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8) 183-moddaning ikkinchi qismidagi “xulosa berishdan bo‘yin tovlaganlik, shuningdek bila turib yolg‘on xulosa berganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida” degan so‘zlar “bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi, surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini surishtiruvchi, tergovchi yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 184 va 185-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
10) 186-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
11) 188-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 299-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ekspert: ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishning ekspertiza predmetiga oid materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; ekspertizani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) ruxsati bilan ishni ko‘rib chiqishda hozir bo‘lish, javobgarlikka tortilayotgan shaxsga, jabrlanuvchiga, guvohlarga ekspertiza predmetiga oid savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘zining oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham fikrlarini bayon etish; uning xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni yuritayotgan organning (mansabdor shaxsning) qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadir.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 477-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 4, 185-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 332-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
birinchi qismidagi “fan, san’at, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim” degan so‘zlar “fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi va oltinchi qismlari chiqarib tashlansin;
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi qismidagi “xulosa berishdan bosh tortganlik uchun” degan so‘zlar “shuningdek xulosa berishni rad etganlik yoki bu ishdan bo‘yin tovlaganlik uchun” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 87-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 88 va 89-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7) 194-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan 478-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 234-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 1-2, 11-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 7, 373-modda; 2007-yil, № 8, 367-modda; 2008-yil, № 9, 490-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 47-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 67-moddaning birinchi qismidagi “maxsus bilimlarni” degan so‘zlar “fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida maxsus bilimlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 68-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5) 69-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi