Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) | |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 80 |
2. | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq qonun buzilishlari uchun undiriladigan jarima va pul mablag‘lari bundan mustasno | 74 |
Atrof-muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari | 74 | ||
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 50 |
Bojxona organlari tomonidan (shu jumladan chegara xizmatlari bilan birgalikda) olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* | ||
4. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari | Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
5. | Davlat xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 16 |
6. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8** |
7. | O‘zbekiston Respublikasining Diplomatik xizmat organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Tashqi ishlar vazirligi) | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 30 |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi | Davlat soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 25 |
Soliq to‘g‘risidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 40*** | ||
9. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari | 45 |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi | 50 | ||
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi | 8 | ||
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8 | ||
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari | 8 | ||
91. | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va videofiksatsiya texnika vositalari qayd etgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar s�mmasidan tashqari | 10 |
10. | Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2,5 |
Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bekor qilish, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar summasi | 50 | ||
Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablag‘lar summasi | 20 | ||
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 | ||
Baholash va rieltorlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun, shuningdek baholovchiga malaka sertifikati berganlik (malaka imtihonidan o‘tganlik) va malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirganlik (jumladan qayta rasmiylashtirganlik va dublikat berganlik) uchun, sud boshqaruvchisining arizani ko‘rib chiqqanligi va attestat berganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan yig‘imlar summasi | 100 | ||
“Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan jarimalar summasi | 15 | ||
Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) buyurtmanomalari ko‘rib chiqilganligi uchun maxsus yig‘imlar summasi | 100 | ||
11. | Moliya vazirligi | Budjet tashkilotlarini va budjet mablag‘laridan foydalanuvchilarni taftish qilish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan budjet va davlat maqsadli jamg‘armalari daromadiga undirilgan rastratalar, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar summalari, shuningdek taftish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha paxta tozalash korxonalaridan undirilgan rastratalar, talon-toroj va kamomad summalari |
|
Aksiyalarning davlat ulushidan dividendlar o‘z vaqtida budjetga o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi | |||
Xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlari ko‘rinishida kelib tushgan tushumlar | 5 | ||
Tayyorlov tashkilotlarining foizsiz qarz ajratish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalarga muvofiq Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasining maqsadli mablag‘larini qaytarish bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki tegishl� ravishda bajarmaganligi uchun jarimalar va penyalar summasi | 100 | ||
12. | Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamg‘armasi (Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti, Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi) | Jinoiy, fuqarolik, ma’muriy, iqtisodiy va harbiy sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan ishlar bo‘yicha davlat bojlari va jarimalar summasi. | 40 |
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini undirish bundan mustasno. | 40 | ||
121. | Budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Adliya vazirligi) | FHDY bo‘limlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 16 |
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 12 | ||
Adliya organlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarini, advokatlik byurolarini, firmalarini, hay’atlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkilotlarining xorijiy fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazganlik, nodavlat notijorat tashkiloti ramzlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining ta’sis hujjatlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning dublikatini berganlik uchun, advokatlik faoliyatini litsenziyalaganlik uchun undiriladigan mablag‘lar, shuningdek, adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 | ||
13. | Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 12 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 40 | ||
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 40 | ||
Ma’muriy huquqbuzarlik hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar | 40 | ||
14. | Davlat raq�bat qo‘mitasi huz�ridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
15. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasi | Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasidagi qonun hujjatlarining talablari buzilganligi uchun ma’muriy jarimalar | 50 |
16. | O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-moddasiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi (iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan). | 8 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 8 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 80 | ||
19. | Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi | Mas’ul saqlovchilardan davlat zaxiralari bilan ishlash tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va penyalar summasi***** | 100 |
Davlat zaxirasi moddiy boyliklarini qarzga olishda, shuningdek “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tomonidan mahsulotlarni yangilash tartibida (shu jumladan vaqti-vaqti bilan) sotishda undiriladigan qo‘shimcha to‘lov |
| ||
21. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat raqobat qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno | 100 |
23. | O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish jamg‘armasi | Avtomobil transportida yo‘lovchilar va yukni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi va ularning muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 60 |
Avtomobilda tashish sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimalar summasi | 60 | ||
Avtomobil va temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish huquqini beruvchi litsenziyalarni olish uchun berilgan arizalar ko‘rib chiqilganligi, shuningdek, avtomobilda yo‘lovchilar va yukni xalqaro tashishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar blankalari berilganligi uchun yig‘imlar | 100 | ||
Shahar, shahar atrofi, viloyat ichida shaharlararo yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun tenderlarda qatnashganlik uchun to‘lovlar | 100 | ||
Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar va yuk tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 20 | ||
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jar�ma sanksiyalari | 45 | ||
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov | 10 | ||
241. | Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini ta’minlashga ko‘maklashish markazi (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi) | “Xavfsiz shahar” kompleksi orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun jarimalar | 10 |
25. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar | 20 |
26. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Davlat statistika hisobotini taqdim etish tartibini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summasi | 100 |
28. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 8 |
29. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi | Quyidagilardan: | 80 |
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari importiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan | |||
urug‘lik, o‘simlik va o‘simlik mahsulotlari bo‘lgan yuklarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga karantin ruxsatnomalarini rasmiylashtirishdan | |||
urug‘liklar, o‘simliklar va o‘simlik mahsulotlari importiga fitosanitariya sertifikatlarini va (yoki) karantin ostidagi o‘simlik mahsulotlariga reeksport fitosanitariya sertifikatlarini rasmiylashtirishdan | |||
respublika hududi ichida karantin yuklariga fitosanitariya sertifikatini rasmiylashtirish va berishdan | |||
har bir transport birligiga ko‘zdan kechirish dalolatnomasi, ochib ko‘rish va hujjatlarni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi dalolatnomani berishdan | |||
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘simliklar karantini bo‘yicha chegara punktlarida tranzit o‘tayotgan karantin ostidagi yuklarni ochmasdan transport birligiga hujjatlarni rasmiylashtirishdan | |||
o‘simliklar karantini sohasida ma’muriy huquqbuzarliklar uchun qonun hujjatlariga muvofiq undiriladigan jarimalardan | |||
karantin ostidagi eksport va import qilinadigan mahsulotni zararsizlantirish bo‘yicha fumigatsiya ishlarini bajarishdan tushgan daromadlar | 100 | ||
30. | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘m�tasi | Turistik yig‘im (mehmonxona yig‘imi) va o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penya | 100 |
32. | O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) | Yerdan xo‘jasizlik bilan foydalanilganligi yoxud u ishdan chiqarilganligi, xo‘jalik ichki yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqilganligi, davlat yer kadastrini yuritish qoidalari buzilganligi, chegaralovchi va cheklovchi belgilar yo‘q qilinganligi yoki shikastlanganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq solinadigan jarimalar summsi | 40 |
33. | Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi | Respubli�a iste’molchilariga energiya resurslarini sotishdan, shuningdek, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar | 10 |
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan, shuningdek, qarzdorning mol-mulkini sotish hisobiga soliq qarzdorligini (davlat bojidan tashqari) undirishdan tushgan mablag‘lar | 8 | ||
Byuro organlari tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘lar | 8 | ||
Davlat ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘lari | 80 | ||
Byuro xodimlari tomonidan qo‘llaniladigan va undiriladigan jarimalar | 80 | ||
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar | 100 | ||
Byuro bo‘linmalari, shuningdek, prokuratura organlarining Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan xarid qilingan asosiy vositalarini sotishdan olingan mablag‘lar | 50 | ||
Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlar | 100 | ||
34. | O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi | Kemalarni, shu jumladan kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazish, kichik hajmli kemalarni texnik ko‘rikdan, kemalarni qurishda, foydalanishda, qayta jihozlashda va ta’mirlashda ko‘rikdan o‘tkazishdan tushgan mablag‘lar | 60 |
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek, fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, kichik hajmli kemalarniro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzganlik, kema boshqaruvchilarining kemalar va kichik hajmli kemalarni mast holda boshqargani uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 60 | ||
35. | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy- kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Uy-joy-kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi | O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘pxonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
Hududiy moliya organlari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan belgilanadigan ichimlik suv ta’minoti xizmatlariga tariflarga maxsus ustama | |||
36. | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi | nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 |
nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini yaratishga doir mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini bajarilmaganligi uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 10 | ||
37. | Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi daromadlari summasi | 20 | |
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun Inspeksiya vakolatlari doirasida qo‘llanilgan jarima sanksiyalari summasi | 40 | ||
Inspeksiya xodimlari tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 50 | ||
Traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari, o‘zi yurar mashinalar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish, guvohnomalar, raqam belgilari va texnik pasportlar berish uchun undiriladigan yig‘imlar summasi | 80 | ||
38. | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining Madaniy meros jamg‘armasi | Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari buzilganligi uchun undirilgan jarimalar, yetkazilgan zarar, kompensatsiya va ularga hisoblangan penyalar | 100 |
39. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi | Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 25 |
O‘ta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qo‘riqlanishini ta’minlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi | 25 |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.04.2010 yildagi 62-son
Кучга кириш санаси
02.04.2010
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 13.07.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2010-yil 1-apreldan boshlab vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamg‘armasi tugatilsin, mablag‘lar qoldiqlari Davlat budjetiga yo‘naltirilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi tugatilgan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
4. 2010-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2 va 3-ilovalarga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
***** Davlat zaxirasining mahsulotlari va tovarlari uchun hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (Adliya vazirligida 1997-yil 2-aprelda 319-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) 29, 30, 33, 35, 36, 37-bandlarida belgilangan.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 12-son, 155-modda)
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Bojlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar to‘lashdan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
2 va 3-bandlardagi “25” va “75” raqamlari tegishli ravishda “20” va “80” raqamlari bilan almashtirilsin;
4, 5, 6 va 14-bandlardagi “10” va “90” raqamlari tegishli ravishda “8” va “92” raqamlari bilan almashtirilsin;
7, 8 va 12-bandlardagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “12” va “88” raqamlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizomning III bo‘limi 4-bandidagi “90” va “10” raqamlari tegishli ravishda “92” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizomning 10-bandidagi “60” va “10” raqamlari tegishli ravishda “62” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “25” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 649-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-dekabrdagi 356-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 51-son, 577-modda)
10. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 13-bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 11-oktabrdagi 820-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 09/18/820/2036-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 28-apreldagi 129-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 18-son, 191-modda)
15. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishini bartaraf etishga doir faoliyatni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 498-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 99-modda):
16. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash to‘g‘risidagi Nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “75” va “10” raqamlari tegishli ravishda “80” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin;
17. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi Nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarorining 2-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda):
ikkinchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 90 foizi” so‘zlari “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 92 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 20 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 10 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 100 foizi” so‘zlari “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 8 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-maydagi 135-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 21-son, 269-modda)
19. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 53-bandida:
“2-1) O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
2-2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlarining maxsus hisob raqamiga;
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona muassasalari kapital qurilishini moliyaviy ta’minlash va infrastrukturasini tashkil etish fondi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 19-maydagi 239-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni boshqarish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 45-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 52-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori) 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga ilova 13-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori) 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda).