T/r | Vazirliklar va idoralarning nomi | Shakllantirish manbai | Ajratmalar miqdori (foizlarda) |
1. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan solinadigan jarimalar summasi | 80 |
2. | Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi) | Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarimalar va undirilgan mablag‘lar hamda atrof muhit ifloslanganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari summalari (hayvonot va o‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish bilan bog‘liq buzilishlar uchun jarimalar va undiriladigan pul summalari bundan mustasno) | 40 |
3. | Davlat bojxona qo‘mitasi | Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun bojxona yig‘imlari va to‘lovlar shaklidagi tushumlar | 20 |
Bojxona organlari tomonidan (shu jumladan chegara xizmatlari bilan birgalikda) olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daro�adiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* | ||
4. | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi | Bojxona organlari tomonidan chegara xizmatlari bilan birgalikda olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8* |
5. | Milliy xavfsizlik xizmati | Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 16 |
6. | Bosh prokuratura | Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8** |
7. | Tashqi ishlar vazirligi | Kirish va chiqish hujjatlari, boshqa konsullik xizmatlari rasmiylashtirilganligi uchun yig‘imlar va boshqa tushumlar | 8 |
8. | Davlat soliq qo‘mitasi | Soliq organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 10 |
Soliq haqidagi qonunlar buzilganligi uchun moliyaviy jazolar va ma’muriy huquqbuzarlik uchun jarimalar summasi | 10*** | ||
Yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun undiriladigan davlat boji summasi | 60 | ||
9. | Ichki ishlar vazirligi | Yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi | 8 |
Avtomototransport vositalari qayta ro‘yxatdan o‘tkazilganligi uchun to‘lov summasi | 8 | ||
Qonun hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablag‘lar | 8 | ||
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari | 8 | ||
10. | Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi | Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar | 2,5 |
Davlat aktivlarining oldi-sotdi shartnomalarini tuzish va bekor qilish, berilgan kreditlar va qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar summasi | 50 | ||
11. | Moliya vazirligi | Taftishlar va tekshirishlar natijalari bo‘yicha byudjet daromadiga undirilgan rastrata, talon-toroj, kamomad, noqonuniy xarajatlar, aksiyalarning davlat ulushidan olingan dividendlar budjetga o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi uchun jarimalar summasi | 8 |
12. | Sudlar va adliya muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti) | Umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari summasi | 16 |
Xo‘jalik sudlari tomonidan ko‘riladigan ishlar bo‘yicha jarimalar va davlat bojlari summasi | 12 | ||
Adliya organlari va FHDY bo‘limlari tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 16 | ||
Notariuslar tomonidan undiriladigan davlat bojlari summasi | 12 | ||
Nodavlat notijorat tashkilotlari, advokatlik byurolari, firmalari, hay’atlari, ro‘yxatdan o‘tkazilganligi, advokatlik faoliyati litsenziyalanganligi, yuridik kadrlar malaka attestatsiyasidan o‘tkazilganligi uchun adliya organlari tomonidan undiriladigan mablag‘lar, shuningdek adliya organlari tomonidan undiriladigan jarimalar | 80 | ||
Ijro etish bo‘yicha budjetga undirilgan summalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar undirilishi bundan mustasno | 24 | ||
Vakolatli organlar tomonidan olib qo‘yilgan va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni sotishdan, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan qarzlarni undirishdan tushadigan mablag‘lar | 8 | ||
Sud ijrochilari tomonidan undiriladigan ijro yig‘imi mablag‘lari | 80 | ||
Mol-mulkni sotish yoki baholash bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi (zarur tarzda bajarilmaganligi) uchun birjalarga, baholash, ixtisoslashtirilgan savdo va rieltorlik tashkilotlariga, boshqa shaxslarga solinadigan jarimalar va penya | 80 | ||
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-son qarori bilan tasdiqlangan Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida avtomototransport vositalari va ko‘chmas mulkni sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan hollarda sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari depozit hisob raqamiga o‘tkaziladigan ochiq auksion savdolarida qatnashish uchun qo‘yilgan zakalatlar | 80 | ||
13. | “Davbionazorat” inspeksiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 12 |
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun— yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 40 | ||
Musodara qilingan ovchilik va baliq ovlash qurollari, shuningdek ovchilikning noqonuniy mahsulotlari sotilishidan tushgan mablag‘lar | 40 | ||
Ma’muriy huquqbuzarlik hamda hayvonot va o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun jarimalar undirishdan olingan mablag‘lar | 40 | ||
Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaligi suv havzalari ijaraga berilishidan tushgan mablag‘lar | 12 | ||
14. | Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi | Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
15. | “O‘zstandart” agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish jamg‘armasi | Standartlar, metrologiya va sertifikatlashtirishning majburiy talablari, davlat inspektorlarining xo‘jalik faoliyati subyektlari tomonidan mahsulotlar realizatsiyasi (yetkazib berilishi, sotilishi) taqiqlanishi haqidagi ko‘rsatmalari buzilganligi uchun jarimalar | 8 |
16. | Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi | Qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar summasi | 8 |
17. | O‘zbekiston Respublikasi Intellekt�al mulk agentligi | Xorijiy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 8 |
Milliy valyutadagi patent bojlari va boshqa soliq bo‘lmagan to‘lovlar | 80 | ||
18. | O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi | Monopoliyaga qarshi qonunchilik, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablag‘lar summasi | 20 |
Mulkida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun mansabdor shaxslardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan undiriladigan jarimalar summasi | 80 | ||
19. | Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi | Mahsulotlar va materiallarni davlat zaxirasidan qarzga olish | 0,8 |
20. | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi | Suv limiti ortiqcha olinganligi uchun jarimalar | 40 |
21. | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi | Elektr va issiqlik energiyasidan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
22. | Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (“O‘zkimyosanoat” DAK) | “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvidagi tashkilotlarning davlat mulkini xususiylashtirish va aksiyalarini sotishdan olingan mablag‘lar, qonun hujjatlariga muvofiq Davlat mulki qo‘mitasi tasarrufida qoldiriladigan mablag‘lar bundan mustasno | 100 |
23. | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi | Avtomobil va daryo transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga litsenziyalar berilganligi, shuningdek avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuk tashishga berilgan litsenziyalarning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji | 25 |
24. | Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi (Aloqa va axborotlashtirish agentligi) | Aloqa va axborotlashtirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji | 50 |
Aloqa sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoq standartlari talablari, aloqa sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati buzilganligi uchun undiriladigan jarima sanksiyalari | 45 | ||
Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov | 10 | ||
25. | Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazi (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi) | Respublikaning tabiiy baliqchilik xo‘jaliklari suv havzalari ijaraga berilganligidan tushgan mablag‘lar | 20 |
26. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar M�h�amasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foy�alanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi | Neft mahsulotlari va gazdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun yuridik shaxslarga iqtisodiy jazolar summasi | 8 |
27. | O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi | Statistika hisoboti o‘z vaqtida, to‘liq taqdim etilmaganligi va ishonchsiz ma’lumotlar bilan taqdim etilganligi uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan tushadigan mablag‘lar | 100 |
28. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi | O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlar va yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklar turlari uchun — yovvoyi hayvonlarni tutishga va O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqib ketishga hamda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni yig‘ishga va olib chiqib ketishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov | 8 |
29. | O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini bo‘yicha bosh davlat inspeksiyasi | Quyidagilardan: | 50 |
bosh�a davlatlardan kelayotgan urug‘lik, ko‘chat material va karantin nazorati ostidagi boshqa o‘simlik mahsulotlarini, shuningdek respublika hududi orqali tranzit o‘tayotgan karantin ostidagi yuklarni import qilishga import karantin ruxsatnomasi berilganligidan | |||
karantin ostidagi mahsulotlarni respublikadan eksport qilishda o‘simliklar karantini va ularni himoya qilish davlat organlari tomonidan fitosanitariya sertifikati yoki guvohnoma berilganligidan | |||
respublika ichida karantin fitosanitariya sertifikati berilganligidan | |||
import yuklarni kreditlardan xoli qilishdan va hujjatlarni berishdan (samolyot, vagon, konteyner, avtotransport va boshqa transport vositalari) | |||
o‘simliklar karantini chegara punktlarida O‘zbekiston Respublikasi orqali o‘tadigan karantin ostidagi tranzit yuklarni ochmasdan transport birliklari hujjatlarini rasmiylashtirishdan tushgan daromadlar |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.04.2010 yildagi 62-son
Кучга кириш санаси
02.04.2010
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 10.04.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarorini bajarish yuzasidan hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga mablag‘lar ajratishni tartibga solish, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat budjetiga tushumlarni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. 2010-yil 1-apreldan boshlab vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan ajratmalar miqdorlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narxlarni boshqarish jamg‘armasi tugatilsin, mablag‘lar qoldiqlari Davlat budjetiga yo‘naltirilsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi tugatilgan Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasining mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga yo‘naltiriladi.
4. 2010-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2 va 3-ilovalarga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin, shuningdek ba’zilari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-apreldagi 105-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 15-son, 170-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 24-maydagi 246-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari to‘g‘risidagi Nizomning 5-bandi ikkinchi—sakkizinchi xatboshilari va o‘n ikkinchi hamda 8-bandi uchinchi xatboshidagi “50” raqami “40” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 385-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish bo‘yicha Vaqtinchalik tartibning 4-bandi to‘qqizinchi xatboshining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“jarimalarning 60 foizi respublika budjetiga o‘tkaziladi, qolgan 40 foizi esa — suv xo‘jaligi tashkilotlarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovaning “Bojlar, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar to‘lashdan valyuta tushumlarini taqsimlash” jadvalida:
2 va 3-bandlardagi “25” va “75” raqamlari tegishli ravishda “20” va “80” raqamlari bilan almashtirilsin;
4, 5, 6 va 14-bandlardagi “10” va “90” raqamlari tegishli ravishda “8” va “92” raqamlari bilan almashtirilsin;
7, 8 va 12-bandlardagi “15” va “85” raqamlari tegishli ravishda “12” va “88” raqamlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 9-martdagi 124-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 3-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun iqtisodiy jazolarni qo‘llash to‘g‘risidagi Nizomning III bo‘limi 4-bandidagi “90” va “10” raqamlari tegishli ravishda “92” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi Nizomning 10-bandidagi “60” va “10” raqamlari tegishli ravishda “62” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 30-iyuldagi 374-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 7-son, 26-modda) 7-bandi ikkinchi xatboshidagi “25” raqami “20” raqami bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 12-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar solish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan undirilgan jarimalar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 14-iyundagi 209-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan patent poshlinalarini va soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni undirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish tartibi to‘g‘risida Nizomning 6-bandida:
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomning 4-bandi beshinchi xatboshidagi “50” raqami “45” raqami bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlar hamda xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 3-oktabrdagi 342-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 10-son, 56-modda) 13-bandi uchinchi xatboshidagi “10” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 2003-yil 18-martdagi 147-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 3-son, 26-modda):
to‘rtinchi xatboshidagi “20” va “15” raqamlari tegishli ravishda “16” va “12” raqamlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “undiriladigan mablag‘lar” so‘zlari “undiriladigan mablag‘larning 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “ijro yig‘imlari mablag‘lari” so‘zlari “ijro yig‘imlarining 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlar” so‘zlari “ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “undiriladigan jarimalar va penyalar” so‘zlari “undiriladigan jarimalar va penyalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “20” va “15” raqamlari tegishli ravishda “16” va “12” raqamlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “ijro yig‘imlari mablag‘lari” so‘zlari “ijro yig‘imlarining 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshidagi “ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlar” so‘zlari “ochiq auksionda ishtirok etish uchun kiritilgan zakalatlarning 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “jarimalar” so‘zi “jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi ajratmalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 1-maydagi 199-son qarorining 3-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 5-son, 35-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qarorining 9-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 70-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 404-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 86-modda) bilan tasdiqlangan Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandida:
Keyingi tahrirga qarang.
15. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tilishini bartaraf etishga doir faoliyatni rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 498-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 99-modda):
16. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash to‘g‘risidagi Nizomda:
ikkinchi xatboshidagi “75” va “10” raqamlari tegishli ravishda “80” va “8” raqamlari bilan almashtirilsin;
17. Vazirlar Mahkamasining “Patent bojlari to‘g‘risidagi Nizomni va patent bojlari stavkalarini tasdiqlash haqida” 2006-yil 20-apreldagi 65-son qarorining 2-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 4-son, 26-modda):
ikkinchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 90 foizi” so‘zlari “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 92 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 20 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 10 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 100 foizi” so‘zlari “xorijiy valyutadagi mablag‘larning 8 foizi va milliy valyutadagi mablag‘larning 80 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirishdan tushumlarni hisobga olish, taqsimlash va mablag‘lardan foydalanilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 2-bandida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 1-son, 8-modda):
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 7-son, 56-modda) bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 53-bandida:
“2-1) O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
2-2) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qo‘yilgan va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar bo‘yicha:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlarining maxsus hisob raqamiga;
1. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona muassasalari kapital qurilishini moliyaviy ta’minlash va infrastrukturasini tashkil etish fondi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1992-yil 19-maydagi 239-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Narxlarni boshqarish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 22-iyuldagi 368-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori 1-bandining uchinchi xatboshi va qarorga 2-ilova (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 4-avgustdagi 185-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2005-yil 12-avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 45-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 8-son, 43-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartibini soddalashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ-186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilovaning 52-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 5-son, 34-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarori) 2006-yil 6-iyuldagi 130-son qaroriga ilova 13-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 48-modda).
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori) 2009-yil 11-martdagi 63-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 3-son, 20-modda).
9. Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlari va davlat unitar korxonalarining asosiy vositalarini hamda qurilishi tugallanmagan obyektlarini sotish, shuningdek ularni sotishdan tushgan pul mablag‘larini taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 31-dekabrdagi 343-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 12-son, 84-modda).