26.03.2010 yildagi PF-4209-son
Hujjat 26.03.2010 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz pensionyerlarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1991-yil 27-maydagi PF-212-son Farmoni 2-bandidagi “respublika ijtimoiy ta’minot idoralari”so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risidagi Nizom 149-bandining “b” kichik bandidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
a) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari hamda tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlarining direktorlari hamda tuman (shahar) ijtimoiy ta’minot bo‘limlarining boshliqlari,” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) markazlarining direktorlari,” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “bo‘limlari va Markazlari” so‘zlari “Bandlikka ko‘maklashuvchi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Markazlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024- son qarorining 22-bandidagi “ijtimoiy ta’minot organlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.