19.03.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2087
Hujjat 29.03.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Mazkur Qoidalar “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) muvofiq qurilish keramikasi ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
6. Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
8. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan tashkilotlarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasidan mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega bo‘lgan tashkilotlarda esa bundan tashqari yo‘l harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
15. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqish to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
23. “O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlangan mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 30-31-son, 355-modda) muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
24. “Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki to‘liq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar ro‘yxati”ga (ro‘yxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 1-son) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega bo‘lgan ishlarga qabul qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Tashkilot rahbariyati xodimlarga Qurilish materiallari sanoati xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari (ro‘yxat raqami 2006, 2009-yil 15-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 38-son, 420-modda) muvofiq kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlashi, ulardan foydalanish muddatlariga hamda saqlash, yuvish, tozalash va ta’mirlash bo‘yicha zaruriy shartlariga rioya qilinishini ta’minlagan holda yakka tartibdagi himoya vositalarini berish hisobini yuritishi shart.
30. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyruq (ro‘yxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
80. Maydalash, saralash, foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari Foydali qazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va konsentratlarni bo‘laklashda ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1575, 23-may 2006-yil) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 185-modda) va GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari” ga muvofiq bo‘lishi lozim.
86. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (ro‘yxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 33-son, 379-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
104. Yuklash-tushirish ishlari va yuklarni joylashtirish Yuk ortish va tushirish ishlaridagi yukchilar uchun ishlarning xavfsizligi qoidalari (ro‘yxat raqami 1582, 2006-yil 13-iyun) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 24-son, 221-modda) talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.