11.11.2009 yildagi 294-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.08.2017
Hujjat 10.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb yuritiladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Bosh boshqarma o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 538-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb yuritiladi) tizimidagi shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari maqomi, vazifalari, funksiyalari, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
2. Shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining buyruqlari, qarorlari va farmoyishlariga amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 18 va 19-bandlarga “boshqarmalari” degan so‘zdan keyin “shahar va tuman arxitektura va qurilish boshqarma (bo‘lim)lari” degan so‘zlar qo‘shilsin.