Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–331-sonli qaroriga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2009-yil 13-oktabrdagi 36-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 451-modda) Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi PQ–331-sonli “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 18-son, 147-modda) muvofiq qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdor — pirovard natijada mulk huquqiga ega bo‘ladigan yoki mijozni aniq nazorat qiladigan jismoniy shaxs, shu jumladan, uning manfaatlari yo‘lida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiya amalga oshirilayotgan yuridik shaxs;
ichki nazorat — maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni aniqlash bo‘yicha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar faoliyati;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralarni ishlab chiqish guruhining (FATF) rasmiy bayonotlarida xalqaro moliyaviy tizimga xavf tug‘diruvchi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimlarida strategik kamchiliklari mavjud deb belgilangan davlatlar va hududlar;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi (palladiy, iridiy, rodiy, ruteniy va osmiy) metallar har qanday holat va ko‘rinishdagi, shu jumladan, tabiiy quyma va afinlangan shaklda, shuningdek, xomashyolar, eritmalar, yarim tayyor mahsulotlar, sanoat mahsulotlari, kimyoviy birikmalar, zargarlik va boshqa buyumlar, tangalar, lomlar va ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho toshlar — tabiiy olmoslar, zumrad, yoqut, zangori-ko‘kish yoqut va aleksandritlar, marvaridlar shu jumladan, xom (tabiiy) va ishlov shaklida, shuningdek, ishlab chiqarishdan qolgan chiqindi shaklida;
Keyingi tahrirga qarang.
mijozni identifikatsiyalash — mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida, ular topshirgan hujjatlar asosida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqlash;
benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’sis hujjatlari (ustav va (yoki) ta’sis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini o‘rganish orqali yuridik shaxs bo‘lgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish to‘g‘risida yozma yoki og‘zaki topshiriq bilan murojaat qiluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs;
mijozni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, ta’sis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilishini o‘rganish orqali benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda o‘rganish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar — ichki nazoratni o‘tkazish davomida shubhali deb topilgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan sodir etilayotgan va tayyorlanayotgan operatsiyalar;
shubhali operatsiya — qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq, tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlardan kelib chiqib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi to‘g‘risida shubha paydo bo‘lgan operatsiya;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tavakkalchilik — mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirish tavakkalchiligi;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan o‘n uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Departament deb yuritiladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati sohasida tavakkalchiliklarni, shuningdek ularni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash va baholash;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarni qasddan yoki qasddan bo‘lmagan jinoiy faoliyatiga jalb qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning faoliyati doirasida tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
benefitsiar mulkdorlarni, shuningdek, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablag‘lari va boshqa mol-mulk manbalarining kelib chiqish manbaini aniqlash va o‘rganish;
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan va xabar qilinishi lozim bo‘lgan shubhali operatsiyalar haqidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga o‘z vaqtida taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni, bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya to‘xtatib turilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor etish;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash ma’lumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar mobaynida saqlanishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
shubhali operatsiyalarning amalga oshirilishi yoki amalga oshirishga urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan bog‘liq shaxslar (rahbarlar, ta’sischilar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq bunday axborotni davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro ayirboshlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrug‘i bilan ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun mas’ul shaxs (keyingi o‘rinlarda mas’ul shaxs deb yuritiladi) tayinlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Agar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs faoliyatni individual tarzda (yuridik shaxs tashkil etmagan holda) amalga oshirsa, ushbu Qoidalarga rioya etilishi uchun javobgarlik mazkur shaxs zimmasiga yuklatiladi.
5. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning ichki nazorat tizimi ularning faoliyat ko‘rsatish xususiyatlari, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, mijozlar va ularning operatsiyalari bilan bog‘liq mijozlar bazasi va tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tayinlangan mas’ul shaxs haqidagi ma’lumotni Departamentga taqdim etishlari shart.
Mas’ul shaxs o‘zgargan taqdirda, bu haqda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs uch ish kuni mobaynida Departamentni xabardor qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida mas’ul shaxs quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalarga muvofiq ichki nazoratni va mijozlarni lozim darajada tekshirishni joriy etishni va amalga oshirishni tashkillashtiradi;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatiga xos jihatlaridan kelib chiqib, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiqlashga kiritadi;
mijozlarning ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalari va xatti-harakatlari to‘g‘risidagi xabarlarni Departamentga o‘z vaqtida yuborilishini, shuningdek, Departamentning qo‘shimcha axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarining bajarilishini ta’minlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Qoidalar va ichki nazorat dasturlarini amalga oshirish jarayonining maxfiyligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha Departament tomonidan olib borilgan tekshiruvlar davomida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsning faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha monitoringni amalga oshiradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z tashkilotining rahbarlari va xodimlaridan ichki nazoratni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy-boshqaruv, buxgalteriya va boshqa hujjatlarni talab qilib olish;
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa ko‘chirish, tashkilotning elektron ma’lumotlar bazalari, mahalliy hisoblash tarmoqlari va avtomatlashtirilgan kompyuter tizimlaridagi fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish (shu jumladan, mijoz yoki operatsiya to‘g‘risida qo‘shimcha axborot olish yoki mavjud axborotni tekshirish maqsadida o‘tkazilayotgan operatsiyani to‘xtatish bo‘yicha).
Oldingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo‘yicha o‘z tavakkalchiliklarini aniqlash va baholash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rish, ushbu tavakkalchiliklarni hujjatlashtirish va ularni kamaytirish choralarni ko‘rish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
ichki nazoratni amalga oshirish davomida olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishini ta’minlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mijozlardan ish munosabatlarining maqsadi va ko‘zlangan xususiyati, shuningdek, zarur hollarda pul mablag‘larining kelib chiqish manbai to‘g‘risida so‘rash;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
mijozni lozim darajada tekshirish materiallariga qo‘shib qo‘yiladigan yaqqol iqtisodiy mohiyatga ega bo‘lmagan, mijozning ta’sis hujjatlarida yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomasida nazarda tutilgan maqsad va faoliyat turlariga to‘g‘ri kelmaydigan barcha operatsiyalar bo‘yicha lozim darajada tekshirish natijalari va xulosalarini yozma ravishda qayd etish;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlash imkoni bo‘lmaganda yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlar olinganda, mijoz bilan bitim tuzishni rad etish.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar zarurat tug‘ilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin bo‘lgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Xodimlarning so‘nggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yo‘nalishlari haqidagi axborotga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar Departament bilan kelishilgan holda mas’ul xodimlarni doimiy ravishda qayta tayyorgarlikdan o‘tkazishlari shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
Oldingi tahrirga qarang.
eng kam oylik ish haqi miqdorining 300 baravari miqdoridan ortiq bo‘lgan bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
olib borilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadlariga aloqador ekanligiga har qanday shubha yuzaga kelganida;
Keyingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalash uchun avval olingan ma’lumotlarning asliyligi va ishonchliligiga shubha tug‘ilganda mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar sotuvchisi va oluvchisiga, shu jumladan avvaldan mavjud bo‘lgan mijozlarga nisbatan ham birdek amalga oshirilishi kerak.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Mijozlarni lozim darajada tekshirish, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirish paytidagi barcha bosqichlarida olib borilishi lozim.
Binefitsar mulkdorni aniqlash uchun qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz boshqa mijoz nomidan harakat qilayotganligini aniqlashi kerak va undan keyin mijoz kimning nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, uni identifikatsiyalash hamda shaxsini lozim darajada tekshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rishi shart.
Mijoz yoki benefitsiar mulkdorni identifikatsiyalash bilan bir qatorda ularning qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladigan hujjatlaridan foydalangan holda ularning operatsiyalarni amalga oshirishga bo‘lgan vakolatlari tekshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Mijoz — jismoniy shaxsni identifikatsiyalash uning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Agar jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lsa, uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi ham o‘rganilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Mijoz — yuridik shaxsni identifikatsiyalashda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi tegishli hujjatni, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan eri, rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan boshqa ma’lumotlarni tekshirishlari lozim.
mijozning ta’sis hujjatlari (ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan) va mijozning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning rasmiylashtirilishiga;
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijoz tomonidan taqdim etilayotgan axborotni:
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Mijozlarni lozim darajada tekshirish uchun kerak bo‘lgan identifikatsiya va boshqa ma’lumotlar kamida bir yilda bir marta yangilanib turilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Yuridik va jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash jarayonida benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash bo‘yicha, shu jumladan, mijoz mol-mulkining tuzilishini o‘rganish yo‘li bilan, asoslangan va zarur chora-tadbirlarni qo‘llanishi lozim.
17. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlar tomonidan identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, ularga operatsiyalarni amalga oshirishda rad javobini beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
171. Agarda operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlarda yoxud offshor hududlarda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan, shuningdek tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga kiritilgan shaxs bo‘lganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar mijozlarni lozim darajada tekshirishning kuchaytirilgan chora-tadbirlarni ko‘rishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
mijoz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar (faoliyat turi, aktivlar miqdori, ochiq ma’lumotlar bazasi orqali olishi mumkin bo‘lgan ma’lumot va boshqalar) olish va foydalanuvchi yoki benefitsiar mulkdor bo‘yicha ma’lumotlarni yanada tezroq yangilab borish;
qo‘shimcha tekshirishni talab qiladigan operatsiyalar (bitimlar) xususiyatini aniqlash hamda tekshirishlarning soni va ketma-ketligini oshirish yo‘li bilan ish munosabatlarining kuchaytirilgan monitoringini amalga oshirish.
(171 va 172-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
173. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs mijozlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirishda tavakkalchilik darajasini (keyingi o‘rinlarda tavakkalchilik darajasi deb yuritiladi) aniqlash, baholash va kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Tavakkalchilik darajasi mijoz taqdim etgan axborot asosida, amalga oshiradigan operatsiyalar turlari, mazkur Qoidalarda belgilangan mezonlar, mijozni lozim tarzda tekshirish natijalari hamda boshqa kerakli ma’lumotlarni hisobga olgan holda mas’ul shaxs tomonidan har yili aniqlanadi va baholanadi.
Tavakkalchiliklarni baholash natijalari yozma ravishda rasmiylashtirilishi hamda Departamentga taqdim etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
174. Tavakkalchilikning yuqori darajasi toifasiga qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs avvaldan quyidagi mezonlarga javob beruvchi mijozlarni tegishli deb topish va ularga nisbatan kuchaytirilgan e’tiborni qaratishi lozim:
terrorchilik faoliyatida ishtiroki yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarning nazorat ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki shug‘ullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori yoxud uni nazorat qiluvchi ekanligi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lgan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
haqiqatda joylashgan joyi ta’sis yoki ro‘yxatga olish hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlardagi manzilga to‘g‘ri kelmaydigan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
haqiqiy egasi ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan shaxs bo‘lgan tashkilotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
muntazam ravishda (ketma-ketligi uch oy mobaynida ikki martadan ortiq) shubhali operatsiyalarni amalga oshirayotgan mijozlar;
Keyingi tahrirga qarang.
mas’ul shaxsda asosli shubha uyg‘otadigan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa shaxslar.
175. Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalarning tavsifi o‘zgarishiga qarab, qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs zarur bo‘lganda u bilan ishlash bo‘yicha tavakkalchilik darajasini qayta ko‘rib chiqishi lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs barcha murakkab, g‘ayrioddiy yirik operatsiyalarga, shuningdek aniq iqtisodiy yoki qonuniy maqsadga ega bo‘lmagan operatsiyalarni amalga oshirishning g‘ayrioddiy sxemalariga kuchaytirilgan e’tibor qaratishi kerak.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxsining rahbariyatiga taqdim etilishi lozim.
176. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida texnologik yutuqlardan foydalanilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rishlari kerak. Bu maqsadlarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs:
Keyingi tahrirga qarang.
yangi hamda amaldagi xizmat turlarida yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalardan foydalanish natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholashlari lozim.
Bunday tavakkalchilikning baholanishi xizmatlarning yangi turlari, yangi ish amaliyotining ishga tushirilishi yoxud yangi yoki rivojlanayotgan texnologiyalarni foydalanishga tushirishdan avval o‘tkazilishi lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs bunday tavakkalchilikni monitoring qilish va ularni pasaytirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rishi lozim.
(III1 bob O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
18. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiya quyidagi alomatlar mavjud bo‘lganda shubhali deb topilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba xarid qilish, agar uning umumiy summasi xarid qilish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘g‘ri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktiga sotish, agar uning umumiy summasi topshirish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘g‘ri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba tarkibida qimmatbaho metallar va affinlangan qimmatbaho metallar mavjud bo‘lgan chiqindilarni hamda parchalarni qimmatbaho metalllar va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktiga sotish, agar uning umumiy summasi sotish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘g‘ri kelganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni qabul qilish punktidan jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba xarid qilish, agar uning umumiy summasi xarid qilish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘g‘ri kelganda;
jismoniy shaxs tomonidan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarni bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba vositachilikka topshirish, agar uning umumiy summasi topshirish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘g‘ri kelganda;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarni ishlab chiqarish uchun bir marta yoki 3 oy davomida bir necha marotaba buyurtma berish, agar uning umumiy summasi buyurtma berish kuniga eng kam ish haqining 300 baravariga teng yoki undan ortiq miqdorga to‘g‘ri kelganda;
(18-bandning ikkinchi — yettinchi xatboshlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga aloqadorligi haqida asoslangan shubhalar mavjud bo‘lgan barcha holatlarda;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
identifikatsiyalashni yakunlashning imkoni bo‘lmasligi yoki lozim darajada tekshirish natijalariga ko‘ra, mijoz bilan amaliy ish munosabatlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatib turadigan ma’lumotlarning olinishi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) muvofiq to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Operatsiyani shubhali deb tan olish har bir aniq holatda ushbu Qoidalar bilan o‘rnatilgan shubhalilik mezonlaridan foydalangan holda o‘tkaziladigan kompleks tahlil asosida, shuningdek, mijoz shaxsi, uning obro‘si, amaliy ish munosabatlarining xususiyati, bitimning asoslari, maqsadlari, hajmi va turi, uni amalga oshirish usuli bilan hamda shubhali operatsiyani to‘g‘ri aniqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa holatlar asosida aniqlanadigan tavakkalchilik xavfiga bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
20. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday operatsiya, shu operatsiyalarning taraflaridan biri:
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori bo‘lgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
terrorchilikni amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs ekanligi haqida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud bo‘lsa, Departamentga xabar qilinishi lozim.
Bunday hollarda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni bu operatsiya bajarilishi lozim bo‘lgan sanadan e’tiboran uch ish kuniga to‘xtatib turishga va ushbu operatsiya haqida uni to‘xtatib qo‘yilgan kunning o‘zida Departamentni xabardor qilishga majburdirlar. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyani to‘xtatish haqida Departamentning ko‘rsatmasi bo‘lmaganda, ko‘rsatilgan muddat tugashi bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar to‘xtatilgan operatsiyani amalga oshirishga kirishadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
201. Operatsiyaning taraflaridan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki ro‘yxatga olingan shaxs bo‘lsa, bunday operatsiya ham Departamentga xabar qilinishi kerak.
(201-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mijozning operatsiyasi shubhali deb topilgandan so‘ng, mas’ul shaxs mijozga nisbatan kelgusidagi xatti-harakatlar haqida qaror qabul qiladi, jumladan:
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga yoki u bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mijoz bilan munosabatlarni to‘xtatish haqida.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Shubhali operatsiyalar haqidagi ma’lumotlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan Departamentga shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan shaklda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shubhali operatsiyalarga taalluqli har bir ma’lumot haqida axborot mas’ul shaxs tomonidan qog‘oz va (yoki) elektron ko‘rinishda yuritiladigan maxsus jurnallarga kiritiladi.
23. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar tegishli operatsiyadan shubhani tasdiqlovchi yoki olib tashlovchi har qanday ma’lumotni Departamentga kechiktirmay topshirishlari zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Departamentga xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qonun hujjatlariga va mazkur Qoidalarga muvofiq quyidagilar rasmiylashtiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
operatsiyani topshirig‘i bo‘yicha va nomidan amalga oshirilayotgan jismoniy yoki yuridik shaxsni indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
ushbu shaxs nomidan operatsiyani amalga oshiruvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning vakilini (ishonchli vakilini) indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar;
qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar bo‘yicha qabul qiluvchi va uning vakilini indentifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar to‘g‘risidagi axborotni, shuningdek, mijozlarni lozim darajada tekshirish bo‘yicha identifikatsiyalash materiallarini va ma’lumotlarini shu jumladan, ish yozishmalarini qonun hujjatlarida belgilangan, lekin operatsiya amalga oshirilganidan yoki mijoz bilan munosabatlar to‘xtatilganidan keyin besh yildan kam bo‘lmagan muddatlar mobaynida saqlashlari shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq bo‘lgan axborotdan erkin foydalanishni cheklaydilar, uni tarqalib ketmasligini ta’minlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga, ularning operatsiyalari haqida Departamentga ma’lumot berilganligi to‘g‘risida axborot berishga haqli emaslar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ichki nazorat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida olingan axborotni o‘z xodimlari tomonidan oshkor qilmaslikni (shaxsiy maqsadlari yoxud uchinchi shaxslar manfaatlari uchun foydalanilmasligini) ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
261. Mas’ul shaxsning faoliyatida foydalanilgan barcha hujjatlar (Departament bilan yozishmalar, shu jumladan yuborilgan xabarlarning qog‘ozdagi va elektron nusxalari, mijozlarning qog‘ozdagi va elektron anketalari, jurnallar va h. k.)dan foydalanilishini cheklash maqsadida, bunday hujjatlar va ularning ro‘yxati bevosita maxsus jihozlangan xonada yoki yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda ushbu shaxs tomonidan saqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
262. Hujjatlarning elektron shakllari dasturiy usulda arxivlashtirilishi, elektron axborot tashuvchi uskunalarga yozib qo‘yilishi hamda mas’ul shaxs tomonidan ularning ro‘yxati bilan birgalikda yonmaydigan va muhrlanadigan seyfda saqlanishi zarur.
(261 va 262-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchining 2014-yil 11-sentabrdagi 20-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2034-2, 23.09.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 39-son, 494-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Departament tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Mazkur Qoidalar, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha boshqa hujjatlar qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarning barcha xodimlariga yetkazilishi lozim.
(271-band O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘ining 2010-yil 6-oktabrdagi 24-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2034-1 06.11.2010-y.) bilan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 395-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi hollarini yashirishda, shuningdek, mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.