[
OKOZ:
1.
02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.05.00 Vazirlar Mahkamasi apparati]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI RAHBARLARI TARKIBIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-fevraldagi 73-son “O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi raisi lavozimi kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tuzilmasi va xodimlari sonini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 17-fevraldagi 56-son
qarorida
:
1-ilovada “Bosh vazir o‘rinbosari — Davlat mulki qo‘mitasi raisi — 1” so‘zlari chiqarib tashlansin;
10-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-dekabr,
456-son