Oldingi tahrirga qarang.
(hujjatning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda “yagona darcha” markazi deb ataladi) tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshiradigan quruvchilar, shuningdek uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Quruvchi yoki uy-joy mulkdori tegishli ravishda yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni “yagona darcha” markaziga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda rasmiylashtirish, shuningdek loyihalarni kelishish huquqiga ega.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Zarur hollarda, ushbu Nizom doirasidagi amaliy harakatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdori nomidan ularning vakillari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
uy-joy — inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joylar, jumladan yakka tartibdagi uylar, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar, shuningdek yakka tartibdagi uylarga tegishli bo‘lgan yordamchi-xo‘jalik qurilmalari va dam olish yoki shaxsiy xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan hovlidagi imoratlar;
rekonstruksiya — arxitekturaviy rejalashtirilgan yechimlarni o‘zgartirish, ustqurmalar qurish, qisman buzgan holda, ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik jihozlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqlardan tashqari) almashtirgan holda yonma-yon imoratlar qurish.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Uy-joy qurishga ruxsatnomalar olish uchun quruvchi yoxud uning vakili hokimning yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorining qabul qilingan raqami va sanasini ko‘rsatib va tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan uy-joy qurishga loyihani ilova qilgan holda “yagona darcha” markaziga ariza beradi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ariza maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va quruvchi yoxud uning vakiliga ariza olingan sana ko‘rsatilgan ko‘chirma beriladi.
Quruvchi yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga — uy-joy qurishga loyihani kelishish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga — yer uchastkasiga egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli buyurtmanomalar beradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 23-son, 269-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) uch kun muddatda uy-joy qurishga loyihani kelishadi, undan keyin hujjatlarni “yagona darcha” markaziga yuboradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi ikki kun muddatda tegishli guvohnomani rasmiylashtirgan holda yer uchastkasiga egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, undan keyin hujjatlarni “yagona darcha” markaziga yuboradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. “Yagona darcha” markazi bir kun muddatda quruvchiga yoxud uning vakiliga kelishilgan loyiha va boshqa hujjatlarni beradi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Uy-joyni rekonstruksiya qilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun uy-joy mulkdori yoxud uning vakili “yagona darcha” markaziga mo‘ljallanayotgan ishlarni bayon qilgan holda rekonstruksiya qilishga ariza beradi.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan turar joyni rekonstruksiya qilishga loyihaning nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
17. Ariza maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va mulkdorga yoxud uning vakiliga ariza olingan sana ko‘rsatilgan ko‘chirma beriladi.
Mulkdor yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. “Yagona darcha” markazi ariza olingandan keyin bir kun muddatda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlarni kelishish uchun tegishli buyurtmanoma beradi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) buyurtmanoma olingandan keyin uch kun muddatda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlarni kelishadi, keyin ularni “yagona darcha” markaziga yuboradi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. “Yagona darcha” markazi bir kun muddatda rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishilgan hujjatlarni mulkdorga yoxud uning vakiliga beradi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlar kelishuvi rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga uning arizasini qondirish uchun to‘sqinlik qilgan sabablar va holatlar, shuningdek uning “yagona darcha” markaziga qayta murojaat qilishi mumkin bo‘lgan shartlar yozma shaklda tushuntiriladi. Rad etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
22. Kelishilgan rekonstruksiya loyihasi uy-joyni rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Uy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilish tugallangandan keyin quruvchi yoki uy-joy mulkdori yoxud ularning vakillari uy-joyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan “yagona darcha” markaziga murojaat qiladilar. “Yagona darcha” markazining buyurtmanomasiga ko‘ra “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi o‘n kun muddatda uy-joyni texnik xatlovdan o‘tkazadi. Uy-joyni xatlovdan o‘tkazish xizmatlari qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
24. Texnik xatlovdan o‘tkazish ishlari bajarilgandan keyin tuman (shahar) hokimligi huzurida tashkil etilgan doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qabul komissiyasi uch kun muddatda joyning o‘ziga chiqib uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi kelishadi.
Uy-joy quruvchining o‘z kuchi bilan qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) taqdirda bitta yashash xonasi, oshxona, hojatxona qurilishi tugallanganda, loyihaga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganda alohida turgan yordamchi-xo‘jalik qurilmalari va hovli imoratlarisiz hamda hududlarni obodonlashtirmasdan, uyning bir qismini qabul qilishga ruxsat beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. “Yagona darcha” markazi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi hamda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) bilan kelishgan holda uch kun muddatda tuman (shahar) hokimiga uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tuman (shahar) hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kun muddatda qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Tuman (shahar) hokimining uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida “yagona darcha” markazi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga uy-joyga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qiladi. Uy-joyga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tegishli guvohnoma berilgan holda, ikki ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Tayyorlangan hujjatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdoriga yoxud ularning vakillariga bir kun muddatda beriladi.
29. Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshiradigan quruvchilar va uy-joy mulkdorlari (jismoniy va yuridik shaxslar) shaharsozlik normalari va qoidalari, uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi, shuningdek ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.