Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli “Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirishning, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-apreldagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning o‘zida kelishish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi yakka tartibda uy-joy qurishni amalga oshiradigan quruvchilar, shuningdek uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quruvchi yoki uy-joy mulkdori tegishli ravishda yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni Inspeksiyaga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda rasmiylashtirish, shuningdek loyihalarni kelishish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Zarur hollarda, ushbu Nizom doirasidagi amaliy harakatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdori nomidan ularning vakillari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
uy-joy — inson yashashi uchun yaroqli bo‘lgan turar joylar, jumladan yakka tartibdagi uylar, ko‘p qavatli uylardagi kvartiralar, shuningdek yakka tartibdagi uylarga tegishli bo‘lgan yordamchi-xo‘jalik qurilmalari va dam olish yoki shaxsiy xo‘jaligini yuritish uchun mo‘ljallangan hovlidagi imoratlar;
rekonstruksiya — arxitekturaviy rejalashtirilgan yechimlarni o‘zgartirish, ustqurmalar qurish, qisman buzgan holda, ishdan chiqqan va ma’naviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik jihozlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqlardan tashqari) almashtirgan holda yonma-yon imoratlar qurish.
7. Uy-joy qurishga ruxsatnomalar olish uchun quruvchi yoxud uning vakili hokimning yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorining nusxasi va tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan uy-joy qurishga loyihani ilova qilgan holda Inspeksiyaga ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Ariza maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va quruvchi yoxud uning vakiliga ariza olingan sana ko‘rsatilgan ko‘chirma beriladi.
Quruvchi yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga — uy-joy qurishga loyihani kelishish uchun;
tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (bo‘limi)ga — yer uchastkasiga egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli buyurtmanomalar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) uch kun muddatda uy-joy qurishga loyihani kelishadi, undan keyin hujjatlarni Inspeksiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (bo‘limi) uch kun muddatda tegishli guvohnomani rasmiylashtirgan holda yer uchastkasiga egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi, undan keyin hujjatlarni Inspeksiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Inspeksiya bir kun muddatda quruvchiga yoxud uning vakiliga kelishilgan loyiha va boshqa hujjatlarni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Kelishilgan yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
16. Uy-joyni rekonstruksiya qilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun uy-joy mulkdori yoxud uning vakili Inspeksiyaga mo‘ljallanayotgan ishlarni bayon qilgan holda rekonstruksiya qilishga ariza beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan turar joyni rekonstruksiya qilishga loyihaning nusxasi;
ko‘p kvartirali uylarda uy-joyni rekonstruksiya qilishda umumiy mulkning saqlanishini ta’minlash maqsadida xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining yozma roziligi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Ariza maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va mulkdorga yoxud uning vakiliga ariza olingan sana ko‘rsatilgan ko‘chirma beriladi.
Mulkdor yoki uning vakilidan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar va kelishuvlar taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
18. Inspeksiya ariza olingandan keyin bir kun muddatda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi)ga rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlarni kelishish uchun tegishli buyurtmanoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) buyurtmanoma olingandan keyin uch kun muddatda belgilangan tartibda rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlarni kelishadi, keyin ularni Inspeksiyaga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Inspeksiya bir kun muddatda rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishilgan hujjatlarni mulkdorga yoxud uning vakiliga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Rekonstruksiya qilish bo‘yicha hujjatlar kelishuvi rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga uning arizasini qondirish uchun to‘sqinlik qilgan sabablar va holatlar, shuningdek uning Inspeksiyaga qayta murojaat qilishi mumkin bo‘lgan shartlar yozma shaklda tushuntiriladi. Rad etish ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Kelishilgan rekonstruksiya loyihasi uy-joyni rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
23. Uy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilish tugallangandan keyin quruvchi yoki uy-joy mulkdori yoxud ularning vakillari uy-joyni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi ariza bilan Inspeksiyaga murojaat qiladilar. Inspeksiyaning buyurtmanomasiga ko‘ra tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (bo‘limi) o‘n kun muddatda uy-joyni texnik xatlovdan o‘tkazadi. Uy-joyni xatlovdan o‘tkazish xizmatlari qiymati belgilangan tartibda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Texnik xatlovdan o‘tkazish ishlari bajarilgandan keyin tuman (shahar) hokimligi huzurida tashkil etilgan doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qabul komissiyasi uch kun muddatda joyning o‘ziga chiqib uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi kelishadi.
Uy-joy quruvchining o‘z kuchi bilan qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) taqdirda bitta yashash xonasi, oshxona, hojatxona qurilishi tugallanganda, loyihaga muvofiq muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlanganda alohida turgan yordamchi-xo‘jalik qurilmalari va hovli imoratlarisiz hamda hududlarni obodonlashtirmasdan, uyning bir qismini qabul qilishga ruxsat beriladi.
25. Inspeksiya shahar (tuman) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (bo‘limi) hamda tumanlar va shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmasi (bo‘limi) bilan kelishgan holda uch kun muddatda tuman (shahar) hokimiga uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Tuman (shahar) hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kun muddatda qabul qilinadi.
27. Tuman (shahar) hokimining uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori asosida Inspeksiya tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (bo‘limi)ga uy-joyga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun murojaat qiladi. Uy-joyga mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, tegishli guvohnoma berilgan holda bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Tayyorlangan hujjatlar quruvchi yoki uy-joy mulkdoriga yoxud ularning vakillariga bir kun muddatda beriladi.
29. Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni rekonstruksiya qilishni amalga oshiradigan quruvchilar va uy-joy mulkdorlari (jismoniy va yuridik shaxslar) shaharsozlik normalari va qoidalari, uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihasi, shuningdek ushbu Nizom talablari buzilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.