T/r | Ishlar va xizmatlar nomlanishi | Ishlar qiymatining cheklangan miqdorlari (bazaviy hisoblash miqdorlari) |
1. | Obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini (ART) ishlab chiqish (ART I va ART II ishlab chiqish) | 10 |
shu jumladan qishloq joylardagi tadbirkorlik subyektlari uchun | 5 | |
2. | Turarjoylarni yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar toifasiga o‘tkazish (rekonstruksiya yoki rekonstruksiyasiz ART I va ART II ishlab chiqish) | 2 |
3. | Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish | 3 |
4. | Qurilish davomida nazorat-ijro tasvirga olish ishlarini o‘tkazish | 3 |
5. | Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish. | 2 |
6. | Ekologik ekspertiza o‘tkazish (atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishini toifalar bo‘yicha): | |
6.1. | I toifa (yuqori darajada xavfli) | 50 |
6.2. | II toifa (o‘rta darajada xavfli) | 30 |
6.3. | III toifa (past darajada xavfli) | 15 |
6.4. | IV toifa (mahalliy ta’sir ko‘rsatish) | 1 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 15.05.2009 yildagi PQ-1112-son
Кучга кириш санаси
15.05.2009
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 13.12.2019 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yanada rivojlanishini rag‘batlantirishni kuchaytirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror faoliyat yuritishida uning rolini oshirish, yangi ish joylarini shakllantirish va aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo‘shimcha ravishda qulay shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-noyabrdagi PQ-2259-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2014-y., 45-son, 544-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining 2009-yil 1-iyundan boshlab:
tadbirkorlik obyektlarining arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqish va ularning loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish qiymatini 2-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 224-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
3. Belgilansinki, kichik korxona o‘z uylarida ishlayotgan (kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan) fuqarolar bilan, qonun hujjatlarida belgilangan xodimlar sonining cheklangan normatividan ko‘pi bilan 30 foiz oshgan miqdorda mehnat shartnomalari tuzganda, kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan kafolatlar, imtiyozlar va preferensiyalar mazkur korxona uchun saqlanib qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi muntazam ravishda:
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 28-apreldagi PF-4215-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 17-son, 130-modda)
joylarda davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida belgilangan huquqlariga rioya etilishi monitoringi olib borilishini ta’minlasin. Monitoring natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, aniq takliflar bilan birgalikda Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha Respublika muvofiqlashtirish kengashiga har chorakda kiritib borsin;
joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini poymol etayotgan qarorlarini to‘liq yoki qisman haqiqiy emas (noqonuniy) deb e’tirof etish to‘g‘risida, shuningdek, joylardagi davlat boshqaruvi hamda davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlar huquqlarini cheklovchi qarorlar qabul qilgan mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida sudlarga da’vo arizalari kiritilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarorlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin.
Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi