23.04.2009 yildagi 120-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.04.2017
Hujjat 23.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
18. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni o‘zgartirishga haqlidir, u bu to‘g‘rida bojxona deklaratsiyasi berilgungacha 15 kundan kechikmay bojxona organiga yozma ravishda xabar qiladi.
19. “Navoiy” EIIZ hududiga olib kirilayotgan ishlab chiqarish uchun tovarlarning birinchi turkumiga nisbatan “Navoiy” EIIZ qatnashchisi ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlarni bojxona deklaratsiyasi berilgungacha o‘n besh kundan kechikmay ma’lum qilishi kerak.
20. “Navoiy” EIIZ qatnashchisi bojxona organiga taqdim etilgungacha ushbu Nizomning 17 — 19-bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni “Navoiy” EIIZ boshqaruv organlari bilan tovarlar turi, ularning miqdori va ular bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning investitsiyalash to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiqligini kelishib oladi.
28. Ushbu Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ko‘rsatib o‘tilgan tovarlar bojxona maqsadlari uchun vaqtinchalik saqlash uchun bojxona rejimida turgan tovarlar hisoblanadi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida” 2008-yil 2-dekabrdagi PF-4059-son Farmoniga muvofiq “Navoiy” EIIZ qatnashchilari yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi, Respublika yo‘l jamg‘armasi va budjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalar hajmi:
4. “Navoiy” EIIZ qatnashchilariga ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalarning belgilangan hajmiga:
6. “Navoiy” EIIZ direksiyasi ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar “Navoiy” EIIZ qatnashchilari tomonidan qo‘llanilishi uchun soliqlarni hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga to‘g‘ridan to‘g‘riinvestitsiyalar kiritilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
14. Imtiyozlarga ega bo‘lgan “Navoiy” EIIZ qatnashchilari davlat soliq xizmati organlariga yillik moliyaviy va soliq hisobotlarini taqdim etish bilan bir vaqtda ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha soliqlar va majburiy ajratmalar bo‘yicha imtiyozlar summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
17. Ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan imtiyozlar to‘g‘ri qo‘llanilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.