28.04.2000 yildagi 8-son
Hujjat 27.12.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — O‘zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonunning 3-moddasi ikkinchi qismiga ko‘ra “chet el valyutasi” jumlasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Qilmishni Jinoyat kodeksining 177-moddasi ikkinchi va uchinchi qismi bilan tavsiflashda jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilish to‘g‘risidagi qarorda, ayblov xulosasi va hukmda aybdorning qilmishi aynan qanday belgisiga ko‘ra javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holat sifatida qaralayotganligi albatta ifodalangan bo‘lishi lozim. Bu o‘rinda shuni inobatga olish kerakki, valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazishning takroran, xavfli retsidivist tomonidan (agar sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan bo‘lsa), bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab ancha miqdorda, shuningdek, ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda sodir etilishi qilmishni JK 177-moddasining ikkinchi yoki uchinchi qismi tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilishga asos bo‘ladi va muqaddam shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Agar qalbakiligi aybdorga ayon bo‘lgan valyuta qimmatliklari ko‘rinishidagi, pul muomalasida qo‘llanishini istisno qiladigan darajada haqiqiysiga ro‘y-rost o‘xshamaydigan kupyuralar o‘tkazilgan bo‘lsa, shuningdek, aybdorda jabrlanuvchini qo‘pol ravishda aldash niyati bo‘lganligidan guvohlik beruvchi boshqa holatlar mavjud bo‘lsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 176-moddasining tegishli qismi bo‘yicha tavsiflanib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan qo‘shimcha tavsiflash talab qilinmaydi. Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarni olgan shaxsning qilmishi esa valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olishga suiqasd sifatida tavsiflanishi lozim.
14. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 401, 471-moddalariga muvofiq hukm chiqarilganda va jinoyat ishini harakatdan tugatish haqida ajrim (qaror) qabul qilinganida ishga qo‘shilgan ashyoviy dalillar masalasi to‘g‘ri hal etilishi kerak. Bundan shuni nazarda tutish kerakki, egasining yoki foydalanuvchining tasarrufidan g‘ayriqonuniy ravishda begonalashtirilgan valyuta qimmatliklari, qonunda nazarda tutilgan holatlardan tashqari tegishliligi bo‘yicha qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.