28.04.2000 yildagi 7-son
Hujjat 29.07.2016 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ma’naviy zararni qoplash masalalari turli vaqtlarda kuchga kirgan, jumladan 1996-yil 1-apreldan amalga kirgan Mehnat kodeksining 112-moddasi, 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 115-moddasi, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasi, 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan Fuqarolik kodeksining 11, 99, 100, 163, 1021 va 1022-moddalari, 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Avtomobil transporti to‘g‘risida”gi Qonunning 19-moddasi va boshqa qator qonunlar bilan tartibga solinishiga e’tibor qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Amaldagi qonunga ko‘ra (FK 1021-moddasi) ma’naviy zarar yetkazganlik uchun javobgarlikning kelib chiqishiga asos bo‘luvchi shartlardan biri zarar yetkazuvchining aybi bo‘lishi hisoblanadi. Qonunda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasnodir. Masalan:
Keyingi tahrirga qarang.
Fuqarolik kodeksining 989-moddasi 1-qismiga muvofiq yuridik shaxs yoxud fuqaro o‘z xodimi mehnat (xizmat, lavozim) majburiyatlarini bajarib turgan vaqtida yetkazilgan zararni qoplaydi.
6. Mehnat kodeksining 112-moddasiga binoan sud mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilinganlik yoki xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazganlik oqibatida xodimga yetkazilgan ma’naviy azoblarni qoplash majburiyatini ish beruvchiga yuklashi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Jinoyat protsessual kodeksining 57-moddasiga muvofiq jabrlanuvchi, ya’ni jinoyat tufayli ma’naviy zarar ko‘rgan shaxs, jinoyat ishi yuritilishi jarayonida ma’naviy zararni qoplash haqida fuqarolik da’vosini qo‘zg‘ash huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Reabilitatsiya etilganning ma’naviy ziyonni undirishga bo‘lgan huquqi oqlov hukmi chiqarilganidan yoki jinoyat ishini tugatilganidan keyin vujudga kelishligini nazarda tutish lozim (JPK 302, 306, 309 va 310-moddalari). Reabilitatsiya etilganga yetkazilgan ma’naviy ziyonni undirish haqidagi da’vo fuqarolik ishi yuritish tartibida ko‘riladi (FKning 1021-moddasi).
Keyingi tahrirga qarang.
11. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 22-moddasiga binoan iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, sud tomonidan belgilanadigan miqdorda haq to‘lashi lozim. Zararni qoplash miqdorini neustoyka bo‘yicha to‘lanadigan summa yoki tovar (ish, xizmat) qiymatiga tobe qilib qo‘yish mumkin emas, uni belgilashda har bir aniq holatda iste’molchiga yetkazilgan ruhiy va jismoniy azoblarning hajmi va xarakteriga asoslanish lozim. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.
Ma’naviy zarar, uni yetkazishda aybdor bo‘lgan javobgar(lar) tomonidan qoplanadi. Shu bois, bunday hollarda javobgar FKning 1018-moddasida ko‘rsatilganidek (tovar sotuvchi yoki tayyorlovchi) iste’molchining xohishiga ko‘ra aniqlanmasdan, balki ulardan qaysi biri iste’molchining huquqlarini poymol etishi natijasida ma’naviy zarar yetkazilganiga qarab aniqlanishi kerak.
Ishni ko‘rish jarayonida da’vo javob berishi lozim bo‘lmagan shaxsga nisbatan taqdim etilgani aniqlansa, sud FPKning 42-moddasiga binoan ishga daxldor bo‘lmagan tarafni almashtirish yoki ikkinchi javobgarni ishga jalb etish masalasini hal qilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, qarz shartnomasidan kelib chiqqan majburiyat, pul majburiyati bo‘lib, uni bajarmaganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi FKning 327-moddasida belgilanganligi sababli qarz oluvchining shartnoma bo‘yicha majburiyatni buzganligi qarz beruvchining ma’naviy zararni qoplash huquqini istisno etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.