28.12.1998 yildagi 30-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2013
Hujjat 28.12.1998 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 14-iyundagi 10-sonli va 2002-yil 25-oktabrdagi 28-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
Sudlar tomonidan yangi Bojxona kodeksi me’yorlarining qo‘llanishi munosabati bilan Oliy sud Plenumining rahbariy tushuntirishlarini talab qiluvchi ayrim masalalar vujudga keldi.
2. Bojxona qonunlarining buzilishiga doir ishlar, basharti ularda jinoyat tarkibi bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida va Bojxona kodeksida ko‘zda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi va ular bojxona organlariga taalluqlidir. Jumladan, jarima tariqasidagi ma’muriy jazolarni qo‘llash, shuningdek, ro‘yxati qonunlarda ko‘rsatilgan tovarlarni musodara qilish bojxona organining boshlig‘i va uning o‘rinbosari vakolatiga kiradi.
Shuni nazarda tutish kerakki, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 245-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyalar, basharti huquqbuzar, huquqbuzarlik faktini inkor etsa, bunday ishlarni ham bevosita ko‘rib chiqadilar.
3. Sudlarning e’tibori O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tayotgan fuqarolar huquqlarining muhim kafolatlari nazarda tutilganiga qaratilsin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 315-moddasiga muvofiq bojxona organining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqargan qarori ustidan yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki ma’muriy ishlar bo‘yicha tuman (shahar) sudyasiga, sudyaning ma’muriy ishlar bo‘yicha qarori ustidan esa tuman (shahar) sudi raisiga yoki yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishi mumkin.
Bojxona kodeksining 189-moddasida nazarda tutilgan, belgilangan muddatda shikoyat berilishi yoki e’tiroz bildirilishi, basharti qonunlarda boshqa yo‘llar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, shikoyat yoki e’tiroz ko‘rib chiqilgunga qadar ta’sir chorasini qo‘llash haqidagi qarorning ijrosi to‘xtatib qo‘yilishi to‘g‘risidagi me’yorlar ham fuqarolarning huquqlarining muhim kafolati hisoblanadi.
Bojxona kodeksining 192-moddasiga muvofiq, bojxona qonunlarining buzilganligi to‘g‘risidagi qaror bekor qilinib ish tugatilganda, undirib olingan pul summalari, olib qo‘yilgan va musodara qilingan narsalarning qaytarib berilishiga, shuningdek, ilgari qabul qilingan qaror bilan bog‘liq boshqa cheklashlarning bekor qilinishga olib keladi.
4. Bojxona kodeksining 183-moddasiga muvofiq bojxona qonunlarining buzilganligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda javobgarlikka tortilayotgan shaxsdan tashqari uning vakili, advokat, ekspert, mutaxassis, tarjimon, guvoh, xolis ishtirok etishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 294-moddasi 2-qismiga muvofiq, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish, ma’muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsga ishni ko‘rib chiqish joyi va vaqti haqida xabar qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan va undan ishni ko‘rib chiqishni kechiktirish xususida hech qanday iltimos tushmagan hollardagina uning ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Ayni vaqtda bojxona organlari va sudlar shuni nazarda tutishlari kerakki, musodara qilish bilan bog‘liq bojxona qonunlarining buzilganligi to‘g‘risidagi ishlar faqat favqulodda hollardagina, buning oldini olish uchun barcha choralar ko‘rilgandan keyingina, aybdor shaxs yoki uning vakili ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin. Aybdor shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi yoxud uning qayerdaligini aniqlashning iloji yo‘qligi shunday hollarga kirishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 182-moddasi dispozitsiyasi mazmuni bo‘yicha hamda shu xildagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Bojxona kodeksi qoidalari bo‘yicha tovarlarni bojxona nazoratini chetlab olib o‘tish faqat qasddan sodir etilishi mumkin.
8. Jinoyat kodeksining 246-moddasida javobgarlik ko‘zda tutilgan kontrabanda bojxona qonunlarini buzish turlaridan biri bo‘lib, jamiyat uchun ko‘proq xavf tug‘dirishini, shu sababli Jinoyat kodeksining 182-moddasi bilan qo‘shimcha tasniflashni talab qilmasligini sudlarga tushuntirilsin.