Sudgacha sanatsiya qilish (bundan buyon sanatsiya deb yuritiladi) qishloq xo‘jaligi korxonalarining bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga qadar amalga oshiriladi va qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini, iqtisodiy quvvatini tiklash va kelgusida uning faoliyati samarali bo‘lishi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyatini tashkil etish va uni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan zarur o‘zgartishlarni amalga oshirish;
raqobatbardosh mahsulot yetishtirish va uni realizatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Basharti, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Zarar ko‘rib ishlovchi, to‘lovga qobiliyatsiz va iqtisodiy jihatdan nochor ahvoldagi qishloq xo‘jaligi korxonalari sanatsiya obyektlari bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining mulkdorlari, kreditorlar yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiya subyektlari bo‘lishi mumkin.
Sanatsiya davlat mablag‘larini jalb etgan yoki jalb etmagan holda o‘tkazilishi mumkin. Sanatsiya qilish jarayonida davlat mablag‘lari qaytarib berish asosidagina jalb etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash hamda davlat kreditlarini qaytarish muddatlarini sanatsiya muddatiga uzaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
(4-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini tiklash va uning o‘z faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;
korxona o‘z faoliyatini davom ettirishi uchun kreditorlarga tegishli qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoki qarzlarning muayyan qismidan kechish to‘g‘risida korxona va kreditor (kreditorlar) o‘rtasida bitim tuzish;
Sanatsiya qilish vaqtida qishloq xo‘jaligi korxonalariga davlat yordami iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning eng muhim yo‘nalishlariga qarab, tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, mehnat bozori va ish o‘rinlarini vujudga keltirish uchun korxonaning qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda beriladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish bo‘yicha davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan vakolat berilgan sanatsiya ishlari bo‘yicha organ (quyida vakolatli organ deb yuritiladi) amalga oshiradi.
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining oziq-ovqatlar yetishtirishga qaratilgan va strategik yo‘nalishlari;
qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishning asosiy vositasi bo‘lgan yerdan oqilona va aniq maqsadni ko‘zlab foydalanilishini ta’minlash zarurligi;
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish ustidan nazoratni vakolatli organ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish uchun sarflanadigan mablag‘ manbalari quyidagilardan iborat:
korxona mol-mulki mulkdorlari, kreditorlar, korxonalar birlashmalari (xo‘jalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam;
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining kreditorlari talablarini qondirish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vakolatli organning qishloq xo‘jalik yili yakunlari bo‘yicha moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish natijasida qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini va iqtisodiy quvvatini tiklash uchun real imkoniyatlar mavjudligi to‘g‘risidagi xulosasi qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish haqida qaror chiqarish uchun asos bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy ahvoli qay darajadaligiga qarab, sanatsiyaning har xil shakllari va turlari qo‘llaniladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, korxona mol-mulki mulkdorining roziligi bilan kreditor (kreditorlar) vakolatli organga sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma topshirishi mumkin. Vakolatli organ korxona mol-mulki mulkdorining roziligi bilan qishloq xo‘jaligi korxonasida sanatsiya o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish yigirma to‘rt oy muddatgacha joriy etiladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ushbu muddatning o‘n ikki oyga uzaytirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudi tomonidan ham qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaror qabul qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda vakolatli organ korxona mol-mulkining mulkdori va kreditorlarning roziligi bilan matbuotda sanatsiya o‘tkazish uchun tanlov e’lon qiladi.
Har qanday yuridik va jismoniy shaxslarning tanlovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yiladi. Tanlovda ishtirok etish to‘g‘risidagi ariza tanlov o‘tkazish haqida e’lon chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida vakolatli organga topshiriladi.
Basharti, tanlovda ishtirok etish uchun ariza berish muddati tamom bo‘lguniga qadar hech kim sanatsiya qilishda ishtirok etish istagini bildirmasa, vakolatli organ sanatsiya qilish uchun davlat mablag‘larini jalb etish yoki materiallarni qonunga muvofiq bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish uchun xo‘jalik sudiga yuborish mumkinligi to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda vakolatli organ korxonaning ijro muddati sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinguniga qadar boshlangan pul majburiyatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlariga moratoriy joriy qiladi. Moratoriyning amal qilish muddati davomida moliyaviy (iqtisodiy) jazolar qo‘llanilmaydi.
(16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Moratoriy fuqarolarning mehnatga doir huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlar undirish va mualliflik shartnomalari bo‘yicha haq to‘lash yuzasidan qo‘yadigan talablariga, shuningdek, fuqarolarning o‘z hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasiga nisbatan qo‘yadigan talablariga daxl qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilgan shaxslar bir oylik muddat ichida sanatsiya o‘tkazish rejasini ishlab chiqishlari shart.
barcha kreditorlarning talablari ular bilan kelishilgan muddatlarda qondirilishini ta’minlash majburiyati;
Sanatsiya o‘tkazish rejasida qishloq xo‘jaligi korxonasining asosiy vositalarni sanatsiya ishtirokchilariga topshirishi nazarda tutilishi mumkin emas.
Sanatsiya ishtirokchilari zimmasiga kreditorlar oldida olgan majburiyatlarini to‘liq hajmda bajarishlari shart va bu majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgar bo‘ladilar.
Sanatsiya o‘tkazish to‘g‘risida ishlab chiqilgan reja qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori va kreditor (kreditorlar) bilan muvofiqlashtiriladi.
Ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish rejasi vakolatli organga ekspertiza uchun taqdim etiladi.
Ekspertiza natijalari qishloq xo‘jaligi korxonasining to‘lov qobiliyatini va iqtisodiy quvvatini tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni real amalga oshirish mumkinligini aniqlab berishi lozim.
Tashqaridan boshqarish sanatsiya qilinishi lozim bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasining faoliyatini boshqarishni tashkil etish uslubi bo‘lib, bunda korxonani boshqarish va uning mol-mulkini tasarruf etish bo‘yicha huquq hamda majburiyatlar tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga o‘tadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini tashqaridan boshqarishni vakolatli organ uni sanatsiya qilish muddatiga joriy etadi.
(19-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-311-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 51-son, 542-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbari va boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtaydi va tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga o‘tadi. Korxonaning boshqaruv organlari tashqaridan boshqaruvchi tayinlangan paytdan e’tiboran yetti kun ichida korxonaning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud bo‘lgan taqdirda), moddiy va boshqa boyliklari tashqaridan tayinlangan boshqaruvchiga topshirilishini ta’minlashlari shart;
(19-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi korxonasining pul majburiyatlari, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga moratoriy joriy etiladi.
(19-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Tashqaridan boshqaruvchi tuman hokimi tomonidan vakolatli organ, qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditor (kreditorlar) bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
hududiy boshqaruv organi bilan kelishgan holda qishloq xo‘jaligi korxonasining shtatlar jadvalini tasdiqlaydi va xo‘jalikning bosh mutaxassislarini tayinlaydi;
kreditorlar bilan qarzlarni to‘lash muddatini uzaytirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash to‘g‘risida korxona nomidan bitim tuzadi;
tashqaridan boshqaruvni amalga oshirish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun maxsus hisobvaraq ochadi;
vakolatli organga sanatsiya o‘tkazish rejasi qanday ro‘yobga chiqarilayotganligi to‘g‘risida yilning har choragida hisobot taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Basharti, sanatsiya o‘tkazish rejasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi yirik bitimlarni qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditorlar va vakolatli organ bilan kelishilgan holdagina tuzadi.
Yirik bitimlar jumlasiga bitim tuzish paytida qishloq xo‘jaligi korxonasi aktivlari balans qiymatining o‘n foizidan ortiq miqdorda balans qiymatiga ega bo‘lgan ko‘chmas mulk yoki boshqa mol-mulkni tasarruf etishga olib keladigan bitimlar kiradi.
Basharti, tashqaridan boshqarish joriy etilganidan keyin paydo bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonasining pul majburiyatlari miqdori kreditorlar talablari reyestriga muvofiq talablar summasining yigirma foizidan ortiq bo‘lsa, tashqaridan tayinlangan boshqaruvchi qishloq xo‘jaligi korxonasining yangi pul majburiyatlariga sabab bo‘luvchi bitimlarni faqat qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditorlar va vakolatli organning roziligi bilangina tuzishi mumkin, sanatsiya o‘tkazish rejasida nazarda tutilgan bitimlar bundan mustasno.
u o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmayotgan yoki lozim darajada bajarmayotgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi korxonasi kreditorlari yoki uning mol-mulki mulkdorining iltimosnomasiga binoan;
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqaridan tayinlangan boshqaruvchining vakolatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror tuman hokimi tomonidan vakolatli organ, qishloq xo‘jaligi korxonasi mol-mulkining mulkdori, kreditor (kreditorlar) bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
qishloq xo‘jaligi korxonasini sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmayotganligi sababli;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Sanatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.