16.10.2008 yildagi 229-son
Hujjat 16.06.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish, ulardan foydalanish va ularni boshqa shaxsga berishni tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-martdagi 38-son qarori bilan belgilangan tartib 2008-yil 1-dekabrdan boshlab yuridik shaxslar o‘rtasida, jismoniy shaxslar o‘rtasida, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan avtomototransport vositalari rentasi, ulardan bepul foydalanish, ularni garovga qo‘yish va lizing shartnomalarini tasdiqlashga ham joriy etilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
birinchi xatboshidagi “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya etish) va ijaraga berish shartnomalari” so‘zlari “Avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “departamentining hududiy bo‘limlari sud ijrochilarining tuman (shahar) bo‘limlari sud ijrochilari” so‘zlari “departamentining hududiy boshqarmalari sud ijrochilari tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalariga ishonchnomalar berish, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan olib kelingan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar tuzish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-bandning ikkinchi xatboshidagi “ishonchnomalarini, boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini” so‘zlari “bilan bog‘liq bitimlarni” so‘zlari bilan va 6-banddagi “ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini” so‘zlari “bitimlarni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
8-bandning birinchi xatboshidagi “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalarni, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalarini” so‘zlari “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” so‘zlari bilan almashtirilsin, shuningdek ushbu xatboshi “ijaraga berish shartnomasi bo‘yicha ijaraga oluvchiga” so‘zlaridan keyin “tekin foydalanish shartnomasi bo‘yicha ssuda oluvchiga, garov shartnomasi bo‘yicha pul beruvchiga, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “shartnomalar” so‘zi “bitimlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
birinchi xatboshidagi “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalari” so‘zlari “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
12-bandning ikkinchi xatboshidagi “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalari” so‘zlari “avtomototransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)