LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2008-yil 21-maydagi PQ-872-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi haqidagi Nizomda:
a) 9-bandda o‘n oltinchi — yigirma to‘rtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi o‘n oltinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar reyestrini yuritadi;
o‘z vakolatlari doirasida sug‘urta faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida auditorlik faoliyatini tartibga soladigan normativ hujjatlarni, shu jumladan Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
auditorlik tashkiloti tomonidan litsenziya bitimida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
auditorning malaka sertifikatini olish uchun talabgorlarga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;
sug‘urtalovchining (sug‘urta brokerining) rahbari va bosh buxgalteriga qo‘yiladigan malaka talablarini belgilaydi;
soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish uchun o‘qitish dasturini, malaka imtihonlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi bilan kelishgan holda — auditorning malaka sertifikatini olish uchun o‘qitish dasturini va malaka imtihonlari topshirish tartibini belgilaydi;
soliq maslahatchisi va aktuariyning malaka sertifikatlarini olish huquqi uchun malaka imtihonlarini, shuningdek respublika auditorlar birlashmasi ishtirokida — auditorning malaka sertifikatini olish huquqi uchun malaka imtihonini o‘tkazadi;
auditor, aktuariy va soliq maslahatchisining malaka sertifikatlarini beradi, amal qilishini to‘xtatadi va bekor qiladi;
tegishli malaka sertifikatlariga ega bo‘lgan auditorlar, aktuariylar va soliq maslahatchilari reyestrini hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari hisobini yuritadi;
belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
sug‘urtalovchini qayta tashkil etish va tugatishga ruxsatnoma beradi va ruxsatnoma berishni rad etadi, shuningdek ruxsatnoma berish va ruxsatnoma berish rad etilishi tartibini belgilaydi”;
yigirma beshinchi — qirq uchinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘ttizinchi — qirq sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 10-bandda o‘n to‘rtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilari faoliyatini, shu jumladan sug‘urta tashkilotlari tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini tekshirish, shuningdek sug‘urta bozorining professional qatnashchilariga aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritish;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan iqtisodiy normativlar, shu jumladan to‘lov qobiliyati normativlari buzilganligi uchun ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima solish”;
o‘n beshinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n oltinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 11-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda:
“litsenziya talabgori (litsenziat)ning rahbari va bosh buxgalteri sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiq bo‘lishlari kerak”;
“yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlagan nusxalari hamda mehnat daftarchasi)”;
“b” kichik bandda uchinchi xatboshi quyidagi mazmundagi uchinchi-to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxalari;
litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar (so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnomasining notarial tasdiqlagan nusxalari hamda mehnat daftarchasi)”;
to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar bir nusxada taqdim etiladi, litsenziya talabgorining rahbari tomonidan tasdiqlangan sug‘urta qoidalari (shartlari) bundan mustasno”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni (investitsiya institutlarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatini) litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urtalovchilar qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqiga egadir. Bunda sug‘urtalovchining ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi”.