01.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1801
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining qarori, 01.05.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1801
Кучга кириш санаси
11.05.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.09.2018
Hujjat 11.05.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 387-modda, 51-52-son, 507-modda) muvofiq, ustav kapitali 500 million so‘mdan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarini fond birjasida majburiy listingga qo‘yish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Aksiyadorlik jamiyati mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan taqdirda, fond birjasi aksiyadorlik jamiyatini fond birjasining birja savdosi qoidalarida belgilangan tartibda rasmiy birja axborotnomasiga kiritadi.