16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1791
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining qarori, 16.04.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1791
Кучга кириш санаси
26.04.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.03.2020
Hujjat 28.03.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi 315-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi 315-son qaroriga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni (bundan keyingi o‘rinlarda GPP deb yuritiladi) tashish tartibini belgilaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 31-iyuldagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o‘tkazish to‘g‘risida”gi 293-son qarorining 3, 4-ilovalarida keltirilgan II, III ro‘yxatlariga kiritilmagan murakkab (tarkibida GPPlar mavjud bo‘lgan) dori vositalarini tashishda ruxsatnoma rasmiylashtirilishi talab qilinmaydi.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududida GPPlarni katta partiyada tashish uchun bir martalik ruxsatnoma ichki ishlar organlari tomonidan besh ish kuni ichida (2-ilova) yukning nomi va miqdori, yuk jo‘natilishining to‘liq marshruti, yukni tashishga mas’ul shaxs va kuzatuvchi shaxslar (qo‘riqlash tarkibi), tashishga jalb etilgan transport vositasi va ularning haydovchilari haqida ma’lumotlar ko‘rsatilgan yuridik shaxs rahbarining arizasi asosida quyidagi hujjatlari ilova qilingan holda beriladi: