O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qarorining 4-bandiga asosan qaror qilamiz:
1. Ilova qilingan Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalari tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
2007-yil 31-oktabrdagi 02-8/3189, 15, 132, 8, 206, 17-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ushbu Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-589-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish tizimi ishlashining tamoyillari hamda asosiy qoidalarini belgilaydi.
maxsus iste’molchilar — telekommunikatsiyalar resurslari ustuvor tartibda taqdim etiladigan alohida toifadagi telekommunikatsiyalar xizmatlarining iste’molchilari hisoblangan Qurolli kuchlar Birlashgan shtabi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hukumat aloqa xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati;
Keyingi tahrirga qarang.
telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish — telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini maxsus vakolatli organ tomonidan favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilar manfaatlari uchun telekommunikatsiyalar tarmoqlarining ishlashini ta’minlash hamda aloqalarni tiklash maqsadida telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasi;
telekommunikatsiyalar tarmog‘ini boshqarish tizimi — telekommunikatsiyalar tarmoqlarini rejalashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish, ekspluatatsiya qilish, tezkor va ma’muriy boshqarish bo‘yicha axborot texnologiyalari majmuasi asosida tarmoqni boshqarish hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha funksiyalarni bajaradigan tizim.
2. Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish qonunchilikka muvofiq O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik deb yuritiladi) maxsus iste’molchilar, shuningdek telekommunikatsiyalar operatorlarining telekommunikatsiya tarmoqlari (aloqasi)ni boshqarish markazlari, tasarrufida idoraviy telekommunikatsiyalar tarmoqlari bo‘lgan davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish rejimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Agentlik tomonidan korxonalarning fuqaro muhofazasini tayyor holatga keltirish to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati organlaridan, belgilangan tartibda, olingan farmoyishi asosida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Markazlashgan holda boshqarishning asosiy vazifasi favqulodda holatlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, maxsus iste’molchilarni aloqa bilan ta’minlash hisoblanadi.
6. Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari resurslarini markazlashgan holda boshqarish Agentlikning bevosita bo‘ysunuvida bo‘lgan O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini Respublika boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — RBM deb yuritiladi) tomonidan maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlarining boshqarish markazlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Markazlashgan holda boshqarish O‘zbekiston Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi (keyingi o‘rinlarda — O‘zTTBT deb yuritiladi) orqali amalga oshiriladi. Markazlashgan holda boshqarishda O‘zTTBT quyidagilarni ta’minlaydi:
telekommunikatsiyalar tarmoqlari operatorlari tomonidan favqulodda holatlarning oldini olish yoki bartaraf etish bilan bog‘liq davlat boshqaruvi, mudofaa, davlat xavfsizligi va huquq-tartibotni ta’minlash sohasida kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazishda ko‘rsatiladigan telekommunikatsiyalar xizmatlari bo‘yicha ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
telekommunikatsiyalarning istalgan tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi qarorlar bajarilishini tashkil qilish;
favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalari shikastlangan holatlarda ularning ishlash qobiliyatini tiklash mobaynida monitoring;
maxsus iste’molchilar uchun telekommunikatsiyalar operatorlari tomonidan aloqaning rejalashtirilgan qo‘shimcha kanallari va vositalari ajratilishini nazorat qilish va ular bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish.
8. RBM va Aloqa sohasida mintaqaviy hamdo‘stlik (keyingi o‘rinlarda — AMH deb yuritiladi) a’zolari bilan ularning tarmoqlaridan foydalanish zarurati yuzaga kelganda, o‘zaro hamkorlik qiladi. O‘zaro hamkorlik AMH Aloqa ma’muriyatlari o‘rtasida amalda bo‘lgan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
Boshqa Aloqa ma’muriyatlari va operatorlar bilan o‘zaro hamkorlik qonunchilikda belgilangan tartibda Agentlik bilan ikki tomonlama tuzilgan bitimlar asosida amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Agentlikning O‘zTTBTni markazlashgan boshqarish rejimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi farmoyishi RBM, telekommunikatsiyalar operatorlari va idoraviy tarmoqlar egalariga, shu jumladan favqulodda holatlar mintaqasida joylashganlarga tezkorlik bilan yetkaziladi hamda bajarilishi uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Markazlashgan holda boshqarish rejimi favqulodda holatlar harakatlarining hududiga bog‘liq ravishda O‘zTTBTning ayrim qismlarida joriy etilishi mumkin.
11. RBMga favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish, tarmoq qayta qurilishi va aloqalar tiklanishini tezkor boshqarish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish bo‘yicha alohida vakolatlar beriladi.
favqulodda holatlarda operatorlar tomonidan maxsus iste’molchilarni aloqa bilan ta’minlash uchun zarur resurslarni taqdim etish imkoniyatlarini baholash maqsadida, operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarining joriy holati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish va tahlil qilish;
maxsus iste’molchilarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlaridan, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalarini, jumladan oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish uchun tegishli so‘rovlarni olish;
maxsus iste’molchilar uchun qo‘shimcha aloqalarni tashkil qilish uchun farmoyishlarni berish, ushbu farmoyishlar bajarilishining nazorati va muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
operatorlar tomonidan favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi farmoyishlarning bajarilishini nazorat qilish;
favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarining holati, avariya-tiklash ishlari o‘tkazilishining borishi va ularni o‘tkazish uchun qo‘shimcha resurslarni jalb qilish zarurligi to‘g‘risidagi axborotni Agentlikka yetkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlari operatorlarining boshqarish markazlari quyidagilarni amalga oshiradilar:
favqulodda holatlar mintaqasida saqlangan telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish yoxud ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash to‘g‘risidagi Agentlik farmoyishlarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
barcha bo‘linmalarni safarbarlik rejalari va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etish rejalariga asosan ish rejimiga o‘tkazish;
RBMning farmoyishi bo‘yicha telekommunikatsiyalar liniyalari, aloqa kanallari, telekommunikatsiyalar vositalari va oxirgi (terminal) uskunani foydalanishga taqdim etish;
favqulodda holatlar mintaqalaridagi telekommunikatsiyalar tarmoqlarida avariya vaziyatlarini o‘z kuchi bilan yoki Agentlikning Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini jalb qilgan holda tugatish.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Operatorlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarida aloqalarni tashkil etish va avariya-tiklash ishlarini boshqarish masalalari bo‘yicha axborotning tezkor almashinuvi uchun RBM boshqarish markazlari, maxsus iste’molchilar, telekommunikatsiyalar va idoraviy tarmoqlar operatorlari o‘rtasidagi xizmat-texnologik aloqa tarmog‘idan foydalanish kerak.
15. Xizmat-texnologik aloqa tarmog‘i axborot xavfsizligi bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarni ta’minlashi kerak.
16. Favqulodda holatlarda Agentlik, maxsus iste’molchilar, RBM va operatorlar telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik telekommunikatsiyalar tarmoqlarini tezkor-texnik boshqarishning oldindan ishlab chiqilgan va kelishilgan algoritmlari bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.