12.07.1999 yildagi 342-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.11.2010
Hujjat 12.07.1999 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, ta’lim tizimidagi islohotlarga muvofiq 1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabulni uyushqoqlik va tartibli ravishda tashkil etish, qobiliyatli yoshlarni adolatli tanlov asosida saralashni amalga oshirish, shuningdek test sinovlarining yuqori darajada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yo‘nalishiga qarab abituriyentlar 1 va 2- ilovalarga* muvofiq ikki yoki uch fan majmualari bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maktab va bilim yurtlari o‘quvchilarini rag‘batlantirish tartibi asosida Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari hamda Xalq ta’limi vazirligining guvohnomasini olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” 1999-yil 10-iyundagi Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari bo‘lgan maktab, litsey, kollej o‘quvchilari mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
19. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddatli xizmat harbiy xizmatchilariga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida” 1994-yil 3-oktabrdagi 496-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda, test sinovlarida ular, to‘plagan ballarga eng ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan ballar miqdorining 10 foizini qo‘shish imtiyozi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “1999/2000 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 1999-yil 2-iyundagi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va u O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga talabalarni qabul qilish tartib va qoidalarini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish tojik tilida (3-ilova) yoki qozoq tilida (4-ilova)* olib boriladigan o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘rniga Oliy ta’lim vazirligining alohida Nizomi bilan belgilanadigan mazkur mutaxassislik uchun mo‘ljallangan o‘qitish tilida ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha imtihon sinovlari o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Xorijiy fuqarolar o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy fuqarolarni o‘qitish to‘g‘risida” 1994-yil 24-maydagi 266-son qaroriga ko‘ra hamda hukumatlararo bitimlarga muvofiq yoki Davlat komissiyasi bilan yozma ravishda kelishilgan shartlarda to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadilar.
12. Abituriyentlar mutaxassisliklar guruhlari (mutaxassislik)ga ko‘ra 1-ilovaga* muvofiq ikki fan majmuasi bo‘yicha test sinovlaridan o‘tadilar.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston o‘quvchi yoshlarini rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi Farmoniga muvofiq hamda O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-martdagi 157-son qarori bilan tasdiqlangan Ta’lim vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Davlat sport qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan maktab va bilim yurtlari o‘quvchilarini rag‘batlantirish tartibi asosida Xalq ta’limi vazirligining guvohnomasini olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari, test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qabul qilinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddatli xizmat harbiy xizmatchilarga va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyozlar to‘g‘risida” 1994-yil 3-oktabrdagi 496-son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlarga o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga qabul qilinishida, test sinovlarida ular to‘plagan ballarga eng ko‘p to‘planishi mumkin bo‘lgan ballar miqdorining 10 foizini qo‘shgan holda imtiyozli sharoitlar beriladi.