“Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 46-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Foydali qazilma konlarini birinchi ochuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 2-iyundagi 279-son va “Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun davlat pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1997-yil 2-iyundagi 280-son qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan, foydali qazilmalarning sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan ilgari ma’lum bo‘lmagan konlarini ochganlik, qidirganlik, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lgan konda uning sanoatdagi ahamiyatini jiddiy ravishda ko‘paytiradigan foydali qazilmalarning qo‘shimcha zaxiralarini yoki yangi foydali qazilmalar va qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni aniqlaganlik uchun jismoniy shaxslarga pul mukofoti to‘lash miqdori, manbai va tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom keng tarqalgan foydali qazilmalar konlarini ochgan va qidirgan shaxslarga, shuningdek, agar geologiya-qidiruv ishlari va (yoki) konlarni ishlatish yer osti boyliklaridan foydalanuvchining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan bo‘lsa, sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarning ilgari ma’lum bo‘lmagan konlarini ochish, qidirish, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lgan konda uning sanoat ahamiyatini jiddiy ravishda ko‘paytiradigan foydali qazilmalarning qo‘shimcha zaxiralarini yoki yangi foydali qazilmalar va qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni ochishda, qidirishda qatnashgan shaxslarga joriy etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi hududida sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarning ilgari ma’lum bo‘lmagan konlarini ochgan, qidirgan, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lgan konda uning sanoat ahamiyatini jiddiy ravishda ko‘paytiradigan foydali qazilmalarning qo‘shimcha zaxiralarini yoki yangi foydali qazilmalar va qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarni ochgan, qidirgan shaxslar pul mukofoti olish huquqiga ega bo‘ladi.
5. Foydali qazilmalarning qo‘shimcha zaxiralari yoki yangi foydali qazilmalar va qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar aniqlanganligi munosabati bilan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarning ilgari ma’lum bo‘lgan konini (kon uchastkasini) tubdan qayta baholash to‘g‘risidagi qaror zaxiralar hisoblab chiqilgan materiallarni ko‘rib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Pul mukofoti faqat foydali qazilmalar koni (konning uchastkasi) zaxiralari belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin to‘lanishi mumkin.
7. Zaxiralar tasnifini foydali qazilmalarning har xil turlari konlariga nisbatan qo‘llashga doir yo‘riqnomaga muvofiq konlar geologik tarkibining murakkabligi bo‘yicha to‘rt guruhga bo‘linadi.
Ushbu Nizom maqsadlari uchun S2 toifali qattiq foydali qazilma konlari zaxiralari foydali qazilma turiga va konning geologik tarkibi murakkabligi guruhiga qarab:
Keyingi tahrirga qarang.
a) geologik tarkibi murakkabligiga ko‘ra birinchi guruh konlari bo‘yicha — tasdiqlangan zaxiralarning 30 foizi;
b) geologik tarkibi murakkabligiga ko‘ra ikkinchi guruh konlari bo‘yicha — tasdiqlangan zaxiralarning 50 foizi;
v) geologik tarkibi murakkabligiga ko‘ra uchinchi guruh konlari bo‘yicha — tasdiqlangan zaxiralarning 70 foizi;
g) geologik tarkibi murakkabligiga ko‘ra to‘rtinchi guruh konlari bo‘yicha — tasdiqlangan zaxiralarning 100 foizi miqdorida hisobga olinadi.
8. Iqtisodiy ahamiyatiga qarab foydali qazilmalar konlari zaxiralarining miqdori, sifati va ularni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirish shartlari ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq A+V+S1+S2 toifali tasdiqlangan zaxiralarning umumiy sonidan kelib chiqib to‘rt asosiy guruhga bo‘linadi.
Bunda qattiq foydali qazilma konlari bo‘yicha S2 toifali zaxiralar konning umumiy zaxiralarida ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan hisob-kitob koeffitsiyentlari hisobga olingan holda qabul qilinadi, uglevodorod konlari va yer osti suvlari bo‘yicha esa S2 toifali zaxiralar hisobga olinmaydi.
Zaxiralari miqdori ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq konlarning IV guruhi uchun nazarda tutilganidan past bo‘lgan foydali qazilmalar konlarini ochganlik va qidirganlik uchun pul mukofoti tayinlanmaydi.
9. Kompleks konning umumiy zaxiralari va sanoatdagi ahamiyati qazib olish rentabelligi texnologik sinovlar va texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan tasdiqlangan qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlar mavjud bo‘lgan taqdirda o‘tkazma qiymat koeffitsiyentlarini qo‘llash yo‘li bilan asosiy foydali qazilmaga qayta hisoblab chiqib aniqlanadi.
10. Foydali qazilmalarning yangi konini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konni (konning uchastkasini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofoti miqdorini belgilash to‘g‘risidagi materiallarni ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat geologiya qo‘mitasi deb ataladi) huzuridagi Foydali qazilmalar konlarini ochganlik uchun mukofotlash bo‘yicha idoralararo komissiya (keyingi o‘rinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) tashkil etiladi.
Idoralararo komissiya Davlat geologiya qo‘mitasi, yetakchi kon korxonalari hamda neft va gaz qazib oluvchi korxonalar, tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari vakillaridan shakllantiriladi.
Davlat geologiya qo‘mitasining raisi Idoralararo komissiyaning raisi hisoblanadi. Idoralararo komissiyaning tarkibi tegishli korxonalar, tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan kelishgan holda Davlat geologiya qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Idoralararo komissiya ushbu Nizomga 1-ilova va zaxiralar tasnifini foydali qazilmalarning tegishli turiga qo‘llashga doir yo‘riqnoma asosida konni foydali qazilmalar zaxiralari miqdori bo‘yicha konning tegishli guruhiga tegishli deb topadi va mana shu asosda konni ochganlik yoki tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofoti miqdorini belgilaydi.
11. Foydali qazilmalar zaxiralari miqdori bo‘yicha konlarning guruhiga va ularning turiga qarab pul mukofoti miqdori:
a) asl metallar, uran, volfram, qalay, molibden, boshqa nodir metallar va uglevodorodlarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
b) foydali qazilmalar boshqa turlarining yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarini (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
12. Asl metallar, uran, volfram, qalay, molibden, boshqa nodir metallar yoki zaxiralari I guruh konlari uchun belgilangandan ancha oshadigan uglevodorodlar (ushbu Nizomga 1-ilova) konlari ochilgan taqdirda u O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan foydali qazilma konlari zaxiralari bo‘yicha noyob hisoblanishi mumkin.
Bunda zaxiralari bo‘yicha noyob foydali qazilma konini ochganlik uchun maxsus pul mukofoti miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi.
13. Pul mukofoti bo‘yicha materiallarni tayyorlash va Idoralararo komissiyaga taqdim etish manfaatdor korxonalar, tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
a) sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarning yangi konini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan baholaganlik uchun pul mukofoti to‘lash to‘g‘risidagi iltimosnoma;
b) konning jug‘rofiy-iqtisodiy holatiga, tasdiqlangan zaxiralar tarkibi va miqdoriga, ularni qidirishning asosli texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga doir ma’lumotlardan hamda konni ushbu foydali qazilmalar zaxiralari miqdori bo‘yicha ushbu Nizomning 1-ilovasida nazarda tutilgan guruhlardan biriga kiritishni asoslovchi boshqa ma’lumotlardan iborat bo‘lgan izohnoma;
v) korxona (tashkilot)ning yoki geologiya-qidiruv ishlarini hamda kon (kon uchastkasi) bo‘yicha zaxiralarni hisoblab chiqishni yoxud ilgari ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan qayta baholashni amalga oshirgan korxona (tashkilot) huquqiy vorisining birinchi rahbari tomonidan imzolangan pul mukofotiga tavsiya etilgan shaxslar ro‘yxati. Ro‘yxatda ulardan har birining konni (kon uchastkasini) ochish va qidirish yoki tubdan qayta baholashdagi shaxsiy hissasi hamda maxsus pul mukofotining tavsiya etilayotgan miqdori ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Foydali qazilmalarning yangi konini ochishda yoki ilgaridan ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan qayta baholashda qatnashgan, lekin ko‘rsatib o‘tilgan materiallar tayyorlanayotgan vaqtda vafot etgan shaxslar ham mukofotlashga tavsiya etilayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin.
Foydali qazilmalarning yangi konini ochishda va razvedka qilishda yoki ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan qayta baholashda boshqa korxonalar va tashkilotlarning mutaxassislari qatnashgan hollarda mukofotlashga tavsiya etilayotgan shaxslar ro‘yxati ko‘rsatib o‘tilgan korxonalar va tashkilotlar bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
14. Maxsus pul mukofotining miqdori konni ochganlik, sanoat jihatidan baholaganlik uchun mukofotlashga tavsiya etilgan shaxslarning qo‘shgan shaxsiy hissasiga bog‘liq holda belgilanadi va u quyidagi miqdordan oshmasligi kerak:
a) asl metallar, uran, volfram, qalay, molibden va boshqa nodir metallar, uglevodorod xomashyosining yangi konlarini ochganlik yoki ilgaridan ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
b) foydali qazilmalar boshqa turlarining yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun:
Keyingi tahrirga qarang.
15. Maxsus pul mukofotining eng katta summasi foydali qazilmalarning yangi konini ochgan shaxslarga yoki ularning ilgari ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan qayta baholashga eng ko‘p hissa qo‘shgan shaxslarga tayinlanadi. Shuningdek u zaxiralarni hisoblashga kiritiladigan hisobot mualliflariga, ulardan har birining konni ochishga va qidirishga yoki tubdan qayta baholashga qo‘shgan hissasi darajasini hisobga olgan holda belgilanishi mumkin.
Mukofot mutaxassisning obyektni ochish va qidirish davridagi ishlari natijalariga qarab, uning pul mukofotini tayinlash to‘g‘risidagi masalani hal etish davridagi ish joyidan qat’i nazar, belgilanadi.
16. Agar konni ochgan shaxs zaxiralarni hisoblash bilan birga hisobot muallifi ham bo‘lsa, u holda Idoralararo komissiya qaroriga ko‘ra pul mukofoti miqdori qo‘shimcha ravishda 10—20 foizga oshirilishi mumkin.
17. Mukofotlash uchun tavsiya etilgan boshqa shaxslarga maxsus pul mukofoti miqdori konni ochgan shaxslarga yoxud zaxiralarni hisoblash bilan birga hisobot mualliflariga belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
18. Pul mukofoti foydali qazilmalarning yangi konini ochishda va qidirishda yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan qayta baholashda bevosita qatnashgan geologiya sohasidagi mutaxassislarga (geologlarga, gidrogeologlarga, geofiziklarga, texnologlarga va boshqalarga), shuningdek qidirishning yuqori sur’atlarini va ishonchliligini bevosita ta’minlagan texnika sohasi va boshqa soha mutaxassislariga to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Idoralararo komissiya ikki oy muddatda taqdim etilgan materiallarni ko‘rib chiqadi va foydali qazilmalarning yangi konini ochgan, qidirgan shaxslarga yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konni (kon uchastkasini) tubdan qayta baholashga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslarga pul mukofotining maxsus miqdorini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Pul mukofotlarini to‘lash to‘g‘risidagi qaror Idoralararo komissiya protokoli bilan rasmiylashtiriladi, protokol imzolangandan keyin besh kun muddatda mukofotlash uchun materiallar taqdim etgan korxonalarga, tashkilotlarga yuboriladi.
20. Idoralararo komissiya qarori asosida pul mukofotini to‘lash Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
21. Pul mukofotiga tavsiya qilingan shaxs vafot etgan taqdirda unga tegishli bo‘lgan pul mukofoti uning merosxo‘riga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan baholaganlik uchun pul mukofotlari Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq pul mukofotini to‘lash xarajatlari boshqa operatsion xarajatlarga kiritiladi.
24. Idoralararo komissiyaning foydali qazilmalarning yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (kon uchastkalarini) tubdan baholaganlik uchun pul mukofotlarini to‘lash masalalari bo‘yicha qarorlari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
T/r | Foydali qazilma | I guruh | II guruh | III guruh | IV guruh |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
Rangli, nodir va asl metallar konlari | |||||
1. | Mis | 1 mln. tonnadan ziyod mis zaxirali | 0,8—1,0 mln. tonna mis zaxirali | 0,6—0,8 mln. tonna mis zaxirali | Ishlab turgan korxonalar rayonlarida 0,5—0,6 mln. tonna mis zaxirali |
2. | Qo‘rg‘oshin va rux | 2 mln. tonnadan ziyod metallar zaxirali | 1,2—2 mln. tonna metall zaxirali | 0,6—1,2 mln. tonna metall zaxirali | Ishlab turgan korxonalar rayonlarida 0,2—0,6 mln. tonna metall zaxirali |
3. | Qalay | ||||
a) asosiy konlar | 50 ming tonnadan ziyod qalay zaxirali | 30—50 ming tonna qalay zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 20—30 ming tonna qalay zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 10—20 ming tonna qalay zaxirali | |
b) tarqoq konlar | 7 ming tonnadan ziyod qalay zaxirali | 5—7 ming tonna qalay zaxirali | 3—5 ming tonna qalay zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 1—3 ming tonna qalay zaxirali | |
4. | Molibden | 50 ming tonnadan ziyod molibden zaxirali | 30—50 ming tonna molibden zaxirali | 20—30 ming tonna molibden zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 10—20 ming tonna molibden zaxirali |
5. | Volfram | ||||
a) asosiy konlar | 150 ming tonnadan ziyod volfram uch oksidi zaxirali | 100—150 ming tonna volfram uch oksidi zaxirali | 50—100 ming tonna volfram uch oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 10—50 ming tonna volfram uch oksidi zaxirali | |
b) tarqoq konlar | 7 ming tonnadan ziyod volfram uch oksidi zaxirali | 5—10 ming tonna volfram uch oksidi zaxirali | 3—5 ming tonna volfram uch oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 1—3 ming tonna volfram uch oksidi zaxirali | |
6. | Simob | 15 ming tonnadan ziyod simob zaxirali | 7—15 ming tonna simob zaxirali | 3—7 ming tonna simob zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 1—3 ming tonna simob zaxirali |
7. | Vismut | 10 ming tonnadan ziyod vismut zaxirali | 5—10 ming tonna vismut zaxirali | 3—5 ming tonna vismut zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 1—3 ming tonna vismut zaxirali |
8. | Surma | 200 ming tonnadan ziyod surma zaxirali | 100—200 ming tonna surma zaxirali | 50—100 ming tonna surma zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 10—50 ming tonna surma zaxirali |
9. | Titan | — | — | 10 mln tonnadan ziyod titan ikki oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 3—10 mln tonna titan ikki oksidi zaxirali |
10. | Niobiy | 150 ming tonnadan ziyod niobiy besh oksidi zaxirali | 100—150 ming tonna niobiy besh oksidi zaxirali | 50—100 ming tonna niobiy besh oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 30—50 ming tonna niobiy besh oksidi zaxirali |
11. | Berilliy | 20 ming tonnadan ziyod berilliy oksidi zaxirali | 15—20 ming tonna berilliy oksidi zaxirali | 10—50 ming tonna berilliy oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 5—10 ming tonna berilliy oksidi zaxirali |
12. | Tantal | 5 ming tonnadan ziyod tantal besh oksidi zaxirali | 3—5 ming tonna tantal besh oksidi zaxirali | 2—3 ming tonna tantal besh oksidi zaxirali | 0,5 ming tonna tantal besh oksidi zaxirali |
13. | Litiy | 300 ming tonnadan ziyod litiy oksidi zaxirali | 100—300 ming tonna litiy ok�idi zaxirali | 70—100 ming tonna litiy oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 50—70 ming tonna litiy oksidi zaxirali |
14. | Seziy | 5 ming tonnadan ziyod seziy oksidi zaxirali | 2—5 ming tonna seziy oksidi zaxirali | 1—2 ming tonna seziy oksidi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 0,5—1,0 ming tonna seziy oksidi zaxirali |
15. | Germaniy | — | — | 1 tonna ko‘mirda 100 g dan ziyod germaniy bo‘lgan ko‘mir konlaridagi 1,5 ming tonnadan ortiq germaniy zaxirali | 1 tonna ko‘mirda 100 g dan ziyod germaniy bo‘lgan ko‘mir konlaridagi 0,5—1,5 ming tonnadan ortiq germaniy zaxirali |
16. | Stronsiy | — | — | 75—150 ming tonna tselestin yoki stronsianit zaxirali | Yangi ruda jismlarida va ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 40—75 ming tonna tselestin yoki stronsianit zaxirali |
17. | Uran | ||||
a) Uchquduq (qumtosh turi) | 50 ming tonnadan ziyod metall zaxirali | 10—50 ming tonna metall zaxirali | 5—10 ming tonna metall zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 1—5 ming tonna metall zaxirali | |
b) gidrotermal turi | 5 ming tonnadan ziyod metall zaxirali | 3—5 ming tonna metall zaxirali | 1—3 ming tonna metall zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 0,2—1 ming tonna meta�l zaxirali | |
v) poligen turi | 10 ming tonnadan ziyod metall zaxirali | 5—10 ming tonna metall zaxirali | 3—5 ming tonna metall zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 1—3 ming tonna metall zaxirali | |
18. | Oltin | ||||
a) asosiy konlar | a) fabrikada qayta ishlash uchun 50 tonnadan ziyod oltin zaxirali b) zichlab ishqorga solish uchun 100 tonnadan ziyod oltin zaxirali | a) fabrikada qayta ishlash uchun 30—50 tonna oltin zaxirali b) zichlab ishqorga solish uchun 70—100 tonna oltin zaxirali | a) fabrikada qayta ishlash uchun 30—50 tonna oltin zaxirali b) zichlab ishqorga solish uchun 50—70 tonna oltin zaxirali | a) Ishlab turgan korxonalar yaqinida fabrikada qayta ishlash uchun 5—15 tonna oltin zaxirali b) Ishlab turgan korxonalar yaqinida zichlab ishqorga solish uchun 10—50 tonna oltin zaxirali | |
b) tarqoq konlar | — | — | 2 tonnadan ziyod oltin zaxirali | 1—2 tonna oltin zaxirali | |
19. | Kumush | 3 ming tonnadan ziyod kumush zaxirali | 2—3 ming tonna kumush zaxirali | 1—2 ming tonna kumush zaxirali | 0,3–1,0 ming tonna kumush zaxirali |
20. | Temir rudasi | 1 mlrd. tonnadan ziyod temir rudasi zaxirali | 0,5–1,0 mlrd. tonna temir rudasi zaxirali | 300–500 mln. tonna temir rudasi zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 100–300 mln. tonna temir rudasi zaxirali |
21. | Marganets rudasi | 100 mln. tonnadan ziyod marganets rudasi zaxirali | 50—100 mln. tonna marganets rudasi zaxirali | 20—50 mln. tonna marganets rudasi zaxirali | 5—20 mln. tonna marganets rudasi zaxirali |
22. | Neft | 100 mln. tonnadan ziyod neft zaxirali | 30—100 mln. tonna neft zaxirali | 10—30 mln. tonna neft zaxirali | Neft qazib olinayotgan konlar va ishlab turgan neft quvurlari yaqinida 10 mln. tonnagacha neft zaxirali |
23. | Tabiiy gaz | 100 mlrd. m3 dan ziyod gaz zaxirali | 30—100 mlrd. m3 gaz zaxirali | 10—30 mlrd. m3 gaz zaxirali | Yirik sanoat markazlari yoki gaz qazib olinayotgan konlar va ishlab turgan gaz quvurlari yaqinida 10 mlrd. m3 gacha gaz zaxirali |
24. | Ko‘mir | — | — | a) 300 mln. tonnadan ziyod energetik toshko‘mir zaxirali b) karyerdan qazib olish uchun yaroqli bo‘lgan 300–500 mln. tonna kulrang ko‘mir zaxirali v) yer ostidan qazib olish uchun yaroqli bo‘lgan 300 mln. tonnadan ziyod kulrang ko‘mir zaxirali | a) ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 100—300 mln. tonna energetik toshko‘mir zaxirali b) ishlab turgan korxonalar yaqinidagi karyerdan qazib olish uchun yaroqli bo‘lgan 100–300 mln. tonna kul rang ko‘mir zaxirali |
25. | Yonuvchi slanetslar | — | — | 300–500 mln. tonna zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinidagi 100—300 mln. tonna zaxirali |
26. | Olmoslar | 50 mln. karatdan ziyod olmos zaxirali | 20—50 mln. karat olmos zaxirali | 15—20 mln. karat olmos zaxirali | 10—15 mln. karat olmos zaxirali |
27. | Xrizotil asbesti | 3 foizdan ortiq sanoat tolasi bo‘lgan 10 mln. tonnadan ziyod asbest zaxirali | 3 foizdan ortiq sanoat tolasi bo‘lgan 5—10 mln. tonna asbest zaxirali | 3 foizdan ortiq sanoat tolasi bo‘lgan 3—5 mln. tonna asbest zaxirali | 3 foizdan ortiq sanoat tolasi bo‘lgan 1—3 mln. tonna asbest zaxirali |
28. | Grafit | ||||
a) tangachali va mayda krisstalli grafit | — | Rudada 40 foizdan ortiq grafit bo‘lgan 20 mln.tonnadan ziyod ruda zaxirali | Rudada 30 foizdan ortiq grafit bo‘lgan 10 mln. tonnadan ziyod ruda zaxirali | 5—10 mln. tonna ruda zaxirali | |
b) amorf grafit | — | Rudada 40 foizdan ortiq grafit bo‘lgan 10—15 mln. tonna ruda zaxirali | 3–10 mln. tonna ruda zaxirali | ||
29. | Talk | — | — | A markali talk 50 foizdan ortiq bo‘lgan 3—5 mln. tonna talk zaxirali | A va V markali talk 50 foizdan ortiq bo‘lgan 1,5—3 mln. tonna talk zaxirali |
30. | Talk toshi | — | — | 15 mln.tonnadan ziyod zaxirali | 5–15 mln. tonna zaxirali |
31. | Abraziv xomashyo | ||||
a) korund | — | — | Rudada 30 foizdan ortiq korund bo‘lgan 100 ming tonnadan ziyod ruda zaxirali | Rudada 30 foizdan ortiq korund bo‘lgan 30—100 ming tonna ruda zaxirali | |
b) najdak | — | — | — | Rudada 25 foizdan ortiq korund bo‘lgan 100—200 ming tonna najdak zaxirali | |
32. | Pyezooptik xomashyo | ||||
a) pyezokvars | 6 ming kg dan ortiq yuqori sort (optika, ekstra va I sort) chiqadigan 10 ming kg.dan ziyod pyezokvars monobloklar zaxirali | 3,5—6 ming kg yuqori sort (optika, ekstra va I sort) chiqadigan 5—10 ming kg pyezokvars monobloklar zaxirali | 1,5—3,5 ming kg.dan ortiq yuqori sort (optika, ekstra va I sort) chiqadigan 3—5 ming kg pyezokvars monobloklar zaxirali | 0,5—1,5 ming kg yuqori sort (optika, ekstra va I sort) chiqadigan 1,0—3,0 ming kg pyezokvars monobloklar zaxirali | |
b) optik kalsit (island shpati) | 25 foizdan ortiq yuqori sort (ekstra va I sort) chiqadigan 8 ming kg.dan ziyod zaxirali | 25 foizdan ortiq yuqori sort (ekstra va I sort) chiqadigan 4—8 ming kg.dan ziyod zaxirali | 2—4 ming kg zaxirali | 1—2 ming kg zaxirali | |
v) optik flyuorit | — | — | 1 ming kg.dan ziyod zaxirali | 0,3–1 ming kg zaxirali | |
g) chiziqli kvars (kvars oynasi va optik shisha eritish uchun) | — | — | 0,5–1,0 mln. tonna zaxirali | 0,2–0,5 mln.tonna zaxirali | |
33. | Texnik toshlar | ||||
a) aqiq | — | — | Kamida 25 foiz I sort chiqadigan 0,5—1,5 ming tonna aqiq zaxirali | Kamida 25 foiz I sort chiqadigan 0,2—0,5 ming tonna aqiq zaxirali | |
b) xalsedon | — | — | Kamida 30 foiz I—II sort chiqadigan 1,5 ming tonnadan ziyod texnik xalsedon zaxirali | Kamida 30 foiz I—II sort chiqadigan 0,5—1,5 ming tonna texnik xalsedon zaxirali | |
34. | Yarim qimmatbaho rangli toshlar | ||||
a) asl konlardagi akvamarin, ametist, sirkon, xrizolit, feruza va boshqa qiymati ularga teng bo‘lgan yarim qimmatbaho toshlar | — | — | Kamida 25 foiz yuqori (I va II) sortlar chiqadigan 300 kg.dan ziyod qirrali xomashyo zaxirali | ||
b) tarqoq konlar | Kamida 10 foiz yuqori (I va II) sortlar chiqadigan 200 kg.dan ziyod qirrali xomashyo zaxirali | Kamida 10 foiz yuqori (I va II) sortlar chiqadigan 50—200 kg.dan ziyod qirrali xomashyo zaxirali | |||
35. | Qo‘lda mayda buyumlar tayyorlanadigan rangli toshlar | ||||
a) malaxit b) kaxolong | — | — | — | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 10 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | |
v) oddiy opal | — | — | — | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 10 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | |
g) radonit | — | — | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 200 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 50 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | |
d) marmar oniks | — | — | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 200 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 50 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | |
e) asl konlardagi gematit-krovavik va boshqa unga teng qiymatlilar | — | — | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 200 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | Kamida 25 foiz I va II sortlar chiqadigan 50 tonnadan ziyod xomashyo zaxirali | |
36. | Plavik shpat | 2 mln. tonnadan ziyod plavik shpat zaxirali | 1—2 mln. tonna plavik shpat zaxirali | 0,8—1 mln. tonna plavik shpat zaxirali | Ishlab turgan korxona yaqinidagi 0,5–0,8 mln. tonna plavik shpat zaxirali |
37. | Fosforitlar | 50 mln. tonnadan ziyod P2O5 zaxirali | 30—50 mln. tonna P2O5 zaxirali | 10—30 mln.tonna P2O5 zaxirali | Ishlab turgan korxona yaqinidagi 5—10 mln. tonna P2O5 zaxirali |
38. | Kaliyli tuzlar | ||||
a) xlorli tuz | 20 foizdan ortiq kaliy oksidi bo‘lgan 1 mlrd. tonnadan ziyod xom tuz zaxirali | 20 foizdan ortiq kaliy oksidi bo‘lgan 0,6—1,0 mlrd. tonna xom tuz zaxirali | 20 foizdan ortiq kaliy oksidi bo‘lgan 400—600 mln. tonna xom tuz zaxirali | Qazib olish konlari yaqinidagi 200—400 mln. tonna xom tuz zaxirali | |
b) sulfat va aralash tuzlar | 10 foizdan ortiq kaliy oksidi bo‘lgan 500 mln. tonnadan ziyod xom tuz zaxirali | 10 foizdan ortiq kaliy oksidi bo‘lgan 300—500 mln. tonna xom tuz zaxirali | 200—300 mln. tonna xom tuz zaxirali | 100—200 mln. tonna xom tuz zaxirali | |
39. | Osh tuzi | ||||
a) oziq-ovqat sanoati uchun | — | — | 300 mln. tonnadan ziyod xom tuz zaxirali | 100—300 mln. tonna xom tuz zaxirali | |
b) kimyo sanoati uchun | tuz sifati undan simob elektrolizi yoki soda ishlab chiqarish uchun foydalanish imkonini beradigan 1 mlrd. tonnadan ziyod tuz zaxirali | tuz sifati undan soda ishlab chiqarish uchun foydalanish imkonini beradigan 0,8—1 mlrd. tonna tuz zaxirali | 400—800 mln. tonna xom tuz zaxirali | 200—400 mln. tonna tuz zaxirali | |
40. | Natriy sulfat (mirabilit i tenardit) | 10 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 8—10 mln. tonna zaxirali | 5—8 mln. tonna zaxirali | 2,5—5 mln. tonna zaxirali |
41. | Sof oltingugurt | 20 mln. tonnadan ziyod oltingugurt zaxirali | 15—20 mln. tonna oltingugurt zaxirali | 7—15 mln. tonna oltingugurt zaxirali | 2—7 mln. tonna oltingugurt zaxirali |
42. | Sanoat suvlari | ||||
a) tarkibida kamida 15 mg/l yod bo‘lgan yodli suvlar | 20 ming tonnadan ziyod yod zaxirali yoki sutkasiga 35 ming m3 suv zaxirali | 15–20 ming tonna yod yoki sutkasiga 25—35 ming m3 suv zaxirali | 9—15 ming tonna yod yoki sutkasiga 15—25 ming m3 suv zaxirali | 3—9 ming tonna yod yoki sutkasiga 5—15 ming m3 suv zaxirali | |
b) tarkibida kamida 500 mg/l brom bo‘lgan bromli suvlar | 220 ming tonnadan ziyod brom zaxirali yoki sutkasiga 45 ming m3 suv zaxirali | 150–220 ming tonna brom yoki sutkasiga 30—45 ming m3 suv zaxirali | 90—150 ming tonna brom yoki sutkasiga 18—30 ming m3 suv zaxirali | 30—90 ming tonna brom yoki sutkasiga 6—18 ming m3 suv zaxirali | |
v) tarkibida kamida 10 mg/l yod, kamida 250 mg/l brom bo‘lgan yod-bromli suvlar | 4,5 ming tonnadan ziyod yod va 115 ming tonna brom zaxirali yoki sutkasiga 45 ming m3 suv zaxirali | 3—4,5 ming tonna yod va 75—115 ming tonna brom yoki sutkasiga 30—45 ming m3 suv zaxirali | 1,8—3,0 ming tonna yod va 45—75 ming tonna brom yoki sutkasiga 18—30 ming m3 suv zaxirali | 0,6—1,8 ming tonna yod va 45—75 ming tonna brom yoki sutkasiga 6—18 ming m3 suv zaxirali | |
43. | Barit | — | — | Rudada 70 foizdan ortiq bariy oltingugurt tuzi bo‘lgan 2—3 mln. tonna zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinida rudada 50 foizdan ortiq bariy oltingugurt tuzi bo‘lgan 1—2 mln. tonna zaxirali |
44. | Magnezitlar | 100 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 50—100 mln. tonna zaxirali | 30—50 mln. tonna zaxirali | Ishlab turgan korxonalar yaqinida 10—30 mln. tonna zaxirali |
45. | Brusitlar | — | — | Boyitish talab qilinmay—digan 5 mln. tonnadan ziyod brusit zaxirali | Boyitish talab qilinmaydigan 2—2,5 mln. tonna brusit zaxirali |
46. | Dolomitlar (metallurgiya va kimyo sanoati uchun) | — | — | Kamida 30 mln. tonnasi o‘tga chidamli smolodolomitlar ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan 100 mln. tonnadan ziyod dolomit zaxirali | 30—100 mln. tonna zaxirali |
47. | Ohaktosh (metallurgiya, shishasozlik va kimyo sanoati uchun) | — | — | Metallurgiya ishlab chiqarishi uchun 150 mln. tonnadan ziyod zaxirali | Metallurgiya ishlab chiqarishi uchun 30—150 mln. tonna zaxirali |
48. | Gil | ||||
a) o‘tga chidamli gil | — | — | 15 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 5—15 mln. tonna zaxirali | |
b) qiyin eriydigan gil | — | — | 30—50 mln. tonna zaxirali | 10—30 mln. tonna zaxirali | |
v) bentonit gil | — | — | temir rudasi va boshqa oqatish va yuqori sifatli adsorbentlar tayyorlash uchun yaroqli bo‘lgan 15—25 mln. tonna zaxirali | 5—15 mln. tonnadan ziyod zaxirali | |
g) agrokimyo rudalari (bentonit, glaukonit xomashyo) | 50 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 30—50 mln. tonna zaxirali | 20—30 mln. tonna zaxirali | 5—20 mln. tonna zaxirali | |
49. | Kaolinlar | — | — | 20 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 5—20 mln. tonna zaxirali |
50. | Kvarsitlar — kimyo va abraziv sanoati uchun ferroqotishmalar, karbid, kremniy va yuqori kremnezyomli jinslar uchun | — | — | 30 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 5—30 mln. tonna zaxirali |
51. | Qoliplash qumlari va boshqa qoliplash materiallari | — | — | 20 mln. tonnadan ziyod zaxirali | 8—20 mln. tonna zaxirali |
52. | Sement xomashyosi | ||||
a) karbonat va gilli komponentlar | — | — | 150 mln. tonnadan ziyod karbonat xomashyosi va 50 mln. tonnadan ziyod gilli komponentlar zaxirali | 75—150 mln. tonna karbonat xomashyosi va 30—50 mln. tonna gilli komponentlar zaxirali | |
b) gidravlik qo‘shilmalar (trepel diatomitlar, opokalar va boshqalar) | — | — | — | Sement ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan 10 mln. tonna xomashyo zaxirali | |
53. | Shisha sanoati qumlari (deraza oynasi va maxsus buyumlar uchun) | — | — | a) boyitilgandan keyin tarkibida 0,03 foizdan ko‘p bo‘lmagan temir oksidi bo‘lgan 15 mln. tonnadan ziyod qum zaxirali b) boyitilgandan keyin tarkibida 0,015 foizdan ko‘p bo‘lmagan temir oksidi bo‘lgan 5 mln. tonnadan ziyod qum zaxirali | Boyitilgandan keyin tarkibida 0,03 foizdan ko‘p bo‘lmagan temir oksidi bo‘lgan 5—15 mln. tonna qum zaxirali |
54. | Pegmatitlar va polevoshpat xomashyosining boshqa turlari | — | — | 2 mln.tonnadan ziyod zaxirali, shundan kamida 1 mln. tonnasi kaliy va natriyning o‘zaro nisbati 3 : 1 tashkil etadi | 1—2 mln. tonna zaxirali |
55. | Pardozlash toshlari | ||||
a) dekorativ-pardozlash materiallari tayyorlash uchun �tilib chiqqan, metamorfik va boshqa jinslar | — | — | Kamida 30 foiz bloklar chiqadigan 5 mln. m3 tosh zaxirali | Kamida 30 foiz bloklar chiqadigan 2—5 mln. m3 tosh zaxirali | |
b) marmartoshlar (arxitektura-qurilish, mayda buyumlar yasash materiallari va statuarlar | — | — | Kamida 15 foiz bloklar chiqadigan 2 mln. m3 rangli va oq marmartosh zaxirali | Kamida 15 foiz bloklar chiqadigan 1—2 mln. m3 rangli va oq marmartosh zaxirali | |
v) qumtoshlar | — | — | — | Kamida 15 foiz bloklar chiqadigan 1 mln. m3 qumtosh zaxirali | |
56. | Gipslar | — | — | — | Ushbu xomashyo tanqis bo‘lgan rayonlarda 5 mln. tonnadan ziyod gips zaxirali |
57. | Bo‘rttirilgan va kompozitsion materiallar ishlab chiqarish uchun bazaltlar va boshqa effuziv va gilli jinslar | — | — | — | 3 mln. m3 dan ziyod zaxirali |
58. | Vollastonit (kulolchilik va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun) | — | — | — | 1 mln. m3 dan ziyod zaxirali |
59. | Silikat g‘isht ishlab chiqarish qumlari | — | — | — | 10 mln. m3 dan ziyod qum zaxirali |
Ohak so‘ndirish, silikat g‘isht ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan ohaktoshlar | — | — | — | 10 mln. tonnadan ziyod ohaktosh zaxirali | |
60. | Suv ta’minoti uchun mo‘ljallangan chuchuk suvlar: | ||||
a) suv zaxiralari o‘ta tanqis bo‘lgan cho‘l va yarim cho‘l hududlardagi chuchuk suvlar | — | Sutkasiga 100 ming m3 dan ziyod zaxirali | Sutkasiga 50—100 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 10—50 ming m3 zaxirali | |
b) O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi chuchuk suvlar | — | Sutkasiga 300 ming m3 dan ziyod zaxirali | Sutkasiga 100—300 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 30—100 ming m3 zaxirali | |
61. | Davolanish uchun foydalaniladigan ma’danli suvlar: | ||||
a) tarkibida eritilgan karbonat kislota kamida 1 g/l va ma’danlanganligi 4 g/l bo‘lgan karbonat suvlar (borjomi, essentuki, arzinistisu, jermuk, pyatigorsk turlari); | — | — | Sutkasiga 200—300 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 75—200 ming m3 zaxirali | |
b) tarkibida eritilgan karbonat kislota kamida 1,5 g/l va umumiy ma’danlanganligi kamida 2 g/l bo‘lgan karbonat suvlar (kislovodsk, darasunsk va boshqa turlari); | — | — | Sutkasiga 250—500 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 100—250 ming m3 zaxirali | |
v) tarkibida temir kamida 20 mg/l bo‘lgan karbonat-temirli suvlar va tarkibida mishyak kamida 10 mg/l bo‘lgan karbonat-mishyakli suvlar; | — | — | Sutkasiga 100 ming m3 dan ziyod zaxirali | Sutkasiga 50—100 ming m3 zaxirali | |
g) gidrokarbonat magniy-kalsiyli suvlarning naftusya xili (balneologya ta’siri tajribada tasdiqlangan); | — | — | Sutkasiga 25—50 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 10—25 ming m3 zaxirali | |
d) turli ion tarkibli va tarkibida kamida 100 mg/l sulfid bilan ma’danlashgan sulfidli suvlar; | — | — | Sutkasiga 400—800 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 200—400 ming m3 zaxirali | |
e) tarkibida radon 10 mmkyuri (100 eman) dan ortiq bo‘lgan turli ion tarkibli radonli suvlar; | — | — | Sutkasiga 250—500 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 100—250 ming m3 zaxirali | |
j) karbonatli (1,5 g/l dan ortiq eritilgan karbonat kislotali) yoki termal (350 S dan ortiq yoki 10 g/l ortiq ma’danlangan) sovuq va iliq kam ma’danlangan suvlar; | — | — | Sutkasiga 500 ming m3 zaxirali | Sutkasiga 250—500 ming m3 zaxirali | |
z) azotli i metan termal (350S dan ortiq) va kremniy (tarkibida kremniy kislotasi 0,05 g/l dan ortiq bo‘lgan) turli ion tarkibli va ma’danlangan suvlar. | — | — | Sutkasiga 1000 ming m3 dan ziyod zaxirali | Sutkasiga 1000 ming m3 gacha zaxirali | |
62. | Termal suvlar (issiq texnik suvlar harorati 600 dan ziyod va ma’danlanganligi 10 g/l gacha bo‘lgan yog‘inlarda tushadigan agressiv komponentlar va tuzlar bo‘lmagan taqdirda) | — | — | Sutkasiga 25 ming m3 da ziyod zaxirali | Sutkasiga 10—25 ming m3 zaxirali |
Keyingi tahrirga qarang.
Sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari ma’lum bo‘lgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Kon __________________________________________________ yilda ochilgan. Qidiruv (qayta baholash) ______________________________ yilda o‘tkazilgan. Zaxiralar ___________________________ yilda o‘rganib chiqish holati bo‘yicha __________________________________________________ yilda tasdiqlangan. Seysmologiya-qidiruv ishlari __________________________ yilda o‘tkazilgan | |||||||
T/r | Familiyasi, ismi, otasining ismi | Manzili, yashash joyi | Ish joyi va egallab turgan lavozimi | Kon ochilgan, qidirilgan yoki qayta baholangan davrda ishlagan vaqti (ishlagan yillari) | Kon ochish va qidirishda (qayta baholashda) qatnashish tavsifi va darajasi | Maxsus pul mukofotining taklif etilayotgan miqdori, so‘m | |
kon ochilgan va qidirilgan davrda | hozirgi vaqtda | ||||||
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
I. Konni ochgan va (yoki) qidirgan shaxslar. II. Kon ochilishiga olib kelgan yer osti boyliklarini geologik o‘rganish ishlarida bevosita qatnashgan va (yoki) konni qidirishga (tubdan qayta baholashga) va uning sanoatdagi ahamiyatini aniqlashga alohida hissa qo‘shgan shaxslar. Jami: ______________ so‘m Korxona (tashkilot) rahbari ________________________________________ | |||||||
(imzo, F.I.O. (gerbli muhr)) |