LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 14-fevraldagi O‘RQ-907-sonli “Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2024-yil 16-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun samarali, ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ommaviy mulkini o‘zgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beradi.
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufidan chiqarish — davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
(1-bandning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Xususiylashtirish — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi.
(2-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
(2-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-moddaning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustdagi 118-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda)
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qo‘shib olib borish;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yo‘lga qo‘yish;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi ommaviy mulki obyektlari to‘liq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.
(4-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1) O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 18-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
(4-moddaning 2-bandi 2-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
3) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;
4) pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
5) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk);
(4-modda 2-bandining 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi O‘RQ-522-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
Oldingi tahrirga qarang.
8) qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;
(4-modda 2-bandining 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
10) kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;
11) O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;
12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;
13) portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda 2-bandining 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi O‘RQ-281-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 15-son, 147-modda)
15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;
17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq boshqa obyektlar ham kiritilishi mumkin.
(4-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 3-apreldagi O‘RQ-27-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi (ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno):
Oldingi tahrirga qarang.
1) asosiy fondlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq bo‘lgan korxonalar;
(4-modda 3-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, konchilik (shu jumladan portlovchi moddalarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan), mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va ko‘mir qazib chiqarish, quduqlar burg‘ulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari;
(4-modda 3-bandining 3-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
4) kimyo korxonalari (gerbitsidlar, mineral o‘g‘itlar, sintetik tolalar, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 5-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;
7) raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
12) tavakkalchilik xavfi yuqori bo‘lgan obyektlar hamda ichki va tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari (ushbu moddaning 2-bandi 12-kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan obyektlar bundan mustasno) qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 13-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 14-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
15) muhandislik infratuzilmasi obyektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik, gaz ta’minoti, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi;
(4-moddaning 3-bandi 15-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
16) temir yo‘l, havo va daryo transportida yo‘lovchilar hamda yuklar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 17-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
18) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv yurtlari, shuningdek umumta’lim muassasalari;
19) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat ilmiy markazlari;
20) davlat naslchilik xo‘jaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, urug‘chilik va seleksiya stansiyalari, davlat urug‘chilik inspeksiyalari va qishloq xo‘jalik ekinlarining texnologik sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;
22) o‘rmon xo‘jaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya, gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning axborot markazlari;
23) sanoatning qattiq chiqindilari va ro‘zg‘or chiqindilari ko‘miladigan maydonlar, binolar, inshootlar va ko‘mish uchun kerakli uskunalar, chorva mollar ko‘miladigan joylar;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 24-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26) kinolashtirish va konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalarining korxonalari, shuningdek axborot-kutubxona muassasalari va o‘quv zallari;
(4-moddaning 3-bandi 26-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-modda 3-bandining 28-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
29) nogironlar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya etilmagan boshqa toifalari qarovda bo‘ladigan uylar va internatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 3-bandi 31-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
(3-band O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 3-apreldagi O‘RQ-27-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari, xususiylashtirilayotgan korxonalarning (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat mol-mulkini tanlov yo‘li bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
(6-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
— boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilayotgan obyektlari, ularning aksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakolat bergan idora tomonidan belgilanadigan tartib bo‘yicha sotib oladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-sonli “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori.
(6-modda 2-bandining ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda 2-bandining beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga asosan chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasining respublika mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi.
(7-moddaning 1-bandi birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Munitsipal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi.
Bunday qarorlarni qabul qilishga huquq berilgan idoralar matnda bundan keyin ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar deb yuritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (munitsipal mulkka) ajratishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirilishi to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan qarorlar qabul qilinadigan davlat mulki obyektlarini aniqlash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(7-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
2. Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari, mehnat jamoalari, ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtma ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
(7-moddaning 2-bandi ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni o‘tkazish yoki unday qilishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab o‘n kun ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat korxonasini aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan qabul qilinadi.
(7-moddaning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa;
basharti, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan bo‘lsa;
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin bo‘lgan shartlar va muddatlarni ko‘rsatmog‘i zarur.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan o‘tkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda hal etishni o‘z ichiga oladi.
(8-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar komissiyalar tuzadi, bu komissiyalar barcha zarur ishlarni olib boradilar. Komissiya tarkibiga ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilarning, ma’muriyatning, korxona mehnat jamoasining, jamoat tashkilotlarining, moliya idorasining, bankning, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining vakillari, boshqa mutaxassislar kiritiladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablag‘i hisobidan pul to‘lash sharti bilan ishning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin.
Komissiya korxona ma’muriyati bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona to‘g‘risida davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
(8-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
3. Komissiya korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja:
korxonani qayta tashkil etishning zarurat bo‘lganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini;
imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.
Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish o‘tkazilayotgan paytdagi bozorning joriy konyunkturasi va obyektning qiymatiga ta’sir ko‘rsatuvchi obyektiv omillar majmui hisobga olinishi lozim.
(9-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ommaviy mulk obyekti qiymatining dastlabki bahosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
(9-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi O‘RQ-257-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijarachi ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligi bilan o‘zi ijaraga olgan mol-mulkini (to‘liq yoki qisman) sotib olishi mumkin.
(10-modda matni O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
1. Davlat korxonasini xo‘jalik jamiyat yoki shirkatiga aylantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyidagilar xo‘jalik jamiyatlari yoki shirkatlarining muassislari yoki aksiyalar (ulush pay) bo‘lishlari mumkin:
mehnat jamoasining a’zolari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-597-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tanlovni o‘tkazish shartlari, tartibi va muddatini ommaviy mulk obyektlarini tegishli tasarruf etuvchi tayinlaydigan tanlov komissiyasi belgilaydi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalarni kim oshdi savdosida sotishga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorni ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarning kim oshdi savdosini o‘tkazish uchun ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar kim oshdi savdosi xizmatlarini tashkil etadilar, bu xizmatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq ish ko‘radi.
(14-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
3. Xaridor tomonidan sotib olinmagan obyekt respublika yoki munitsipal mulk bo‘lib turadi. Bunday hollarda mulk obyektlarini tasarruf etuvchi korxonani tugatib, uning mol-mulkini bo‘lak-bo‘lak qilib sotib borish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi mol-mulkni yangi mulkdorga topshirayotganda unga mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order beradi. Orderning nusxasi, davlat bojining miqdori va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat korxonalari haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib olingan taqdirda mulkdorlik huquqini tasdiqlovchi order haqning birinchi badali to‘langach beriladi. Korxonaning qiymati butunlay to‘lab bo‘lingunga qadar ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchi mol-mulkni tasarruf etish huquqini cheklab qo‘yishi, shu jumladan ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchining roziligisiz bu mulkni sotishni va tekinga berishni taqiqlab qo‘yishi mumkin
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
jismoniy shaxslarning shaxsiy mablag‘lari, davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning o‘z mablag‘lari, kreditlar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan usullar bilan olingan boshqa moliyaviy mablag‘lar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat korxonasi mehnat jamoasining a’zolari korxonani quyidagi manbalar hisobiga sotib olishlari mumkin:
amortizatsiya ajratmalari hamda mehnat jamoasining mulki bo‘lgan va davlat korxonasida ishlatiladigan mol-mulkni sotishdan kelgan tushum;
3. Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lardan davlat mulkini sotib olish manbai sifatida foydalanish mumkin emas.
17-modda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘lardan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan olingan mablag‘ O‘zbekiston Respublikasining va xalq deputatlari mahalliy Sovetlarning ommaviy mulki hisoblanadi.
(17-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kelgan daromadlar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maxsus fondlarida jamlanadi. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi bilan yangi mulkdor o‘rtasida o‘zaro majburiyatlar hamda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan obyekt faoliyatining shartlari haqida, shu jumladan:
(18-moddaning 1-bandi birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
2. Bitimning shartlari korxonani davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga tayyorlash davrida belgilanadi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlariga sotilajak narx bilan birga ma’lum qilinadi.
1. Davlat korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilayotganda va xususiylashtirilayotganda mehnat faxriylariga, shu korxonadan pensiyaga chiqqan shaxslarga hamda korxonada kamida 10 yil ishlagan mehnat jamoasining a’zolariga aksiyalar va boshqa mulk bo‘lib-bo‘lib haq to‘lash orqali sotilishi mumkin.
2. Davlat korxonalarining mol-mulkini sotib olish chog‘ida mehnat jamoasining a’zolari, ular tomonidan tuzilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlar boshqa sharoitlari teng bo‘lganida o‘zga fuqarolar va yuridik shaxslarga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari esa boshqa xaridorlarga nisbatan ustuvor huquqqa ega bo‘ladilar.
Davlat korxonasining mol-mulki shu korxona mehnat jamoasi tomonidan sotib olinayotganida korxona balansida turgan ijtimoiy infrastruktura hamda atrof-muhitni muhofaza qilish obyektlarining qiymati sotilayotgan obyekt narxiga qo‘shilmaydi.
3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oqibatida qayta tuzilgan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq soliq to‘lashda yengilliklar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat jamoalarining a’zolariga quyidagi kafolatlar beriladi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirilayotgan davrda korxona ma’muriyati ilgari tuzilgan jamoa shartnomasining barcha qoidalariga rioya etishga majburdir;
egalik huquqi yangi mulkdorga o‘tgan kundan boshlab olti oy davomida mulkdor bilan korxona mehnat jamoasi o‘rtasida yangi jamoa shartnomasi tuziladi.
5. Bo‘shatilayotgan xodimlarni ishga joylashtirish O‘zbekiston Respublikasining Mehnat to‘g‘risidagi hamda ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari ustidan davlat nazoratini, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chog‘ida foydalaniladigan pul mablag‘larining kelib chiqishi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
(20-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustdagi O‘RQ-559-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 03/19/559/3670-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalari yuzasidan bahslar sud tartibida hal etiladi.
(8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21 va 22-moddalarining raqamlanishi O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-maydagi 852-XII-son Qonuniga muvofiq 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20 va 21-moddalarga o‘zgartirilgan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 236-modda)