19.09.2007 yildagi 198-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.11.2018
Hujjat 19.09.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
6. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni bojxona qiymatiga kiritish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar ular:
Ushbu bandning to‘rtinchi—oltinchi xatboshida ko‘rsatilgan hisoblashlarni amalga oshirish mumkin bo‘lmagan taqdirda bojxona qiymatini vaqtinchalik (shartli) baholash bojxona organi ixtiyorida mavjud bo‘lgan tegishli baholash axboroti asosida amalga oshirilishi mumkin.
10. Deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatining to‘g‘riligini tasdiqlaydigan ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda yoxud deklarant tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar ishonchli va/yoki yetarli emas deb hisoblashga asos mavjud bo‘lganda bojxona organi bojxona qiymatini ushbu Nizomning 11 va 12-bandlariga muvofiq belgilaydi. Bunda bojxona organi deklarantning yozma so‘rovi bo‘yicha uch ish kuni mobaynida unga ular bo‘yicha deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatining bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligi sabablarining yozma ravishdagi izohini taqdim etishi shart.
b) sotib oluvchining barcha xarajatlarini ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan xarajatlarni bojxona qiymatiga kiritish nuqtai nazaridan hisobga olishi;
g) deklarant tomonidan ko‘rsatilgan bojxona qiymatiga ushbu Nizomning IV bo‘limida belgilangan tartibga muvofiq tuzatishlar kiritishi zarur.
ularni to‘ldirishning tegishli qoidalari (yo‘riqnomalari)da nazarda tutilgan barcha zarur rekvizitlar va ma’lumotlar mavjud bo‘lishi;
g) bojxona qiymati bojxona organlari tomonidan ushbu Nizomning 10-bandiga muvofiq belgilanganda tuzatishlar kiritilishi mumkin.