LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 14-martdagi PF-3860-sonli Farmoni 5-bandidagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 28-apreldagi PF-2598-sonli Farmoni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining vaqtinchalik xarakterdagi alohida qarorlariga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etish bo‘yicha ilgari berilgan imtiyozlar muddati o‘tgandan so‘ng tatbiq etilmaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1—4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 17-iyundagi PF-4116-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 25-son, 282-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2006 — 2008-yillarda To‘qimachilik sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2006-yil 13-noyabrdagi PQ-510-sonli qarorining 5-bandi “kiritilgan korxonalar” so‘zidan so‘ng “mazkur qarorda nazarda tutilgan loyihalar bo‘yicha” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.