21.12.1995 yildagi 168-I-son
Hujjat 29.12.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Yangi tahrirdagi “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (9 va 10-moddalaridan tashqari) e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9 va 10-moddalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tilgan paytdan, ya’ni 2005-yilning 1-sentabridan e’tiboran kuchga kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumatning qarorlarini “Davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, idoralari o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini ta’minlasin.