LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-apreldagi “To‘qimachilik sanoati korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish va ularga paxta tolasi sotish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–330-sonli qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek, tanlov asosida investorlar tomonidan sotib olingan yoki boshqaruvga qabul qilingan iqtisodiy nochor to‘qimachilik korxonalarining faoliyat yuritishini ta’minlash uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki, to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan to‘qimachilik korxonalari mulkini oldi-sotdi yoki ishonchli boshqaruvga topshirish bitimlarini amalga oshirishda:
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
bitim qatnashchilari korxona mol-mulkini oldi-sotdi qilish yoki korxonalarni ishonchli boshqaruvga topshirish shartnomalarini, shuningdek, mazkur bitimlar bajarilishini ta’minlaydigan garov va ipoteka shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va notarial tasdiqlash uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. To‘qimachilik sanoati korxonalari uchun investorlar va investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarni tanlab olish bo‘yicha Hukumat komissiyasi qarorlari bilan sotib olingan mulk negizida yangitdan barpo etiladigan yoki ishonchli boshqaruvga topshirilgan to‘qimachilik korxonalariga quyidagilar:
(2-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi “Paxta tolasini sotish va hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish to‘g‘risida”gi PQ-456-sonli qarori bilan belgilangan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun nazarda tutilgan paxta tolasini tashqi savdo kompaniyalari orqali chet el valyutasiga xarid qilish mexanizmi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 27-yanvardagi “Respublika to‘qimachilik tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 38-sonli qarorida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
3. “Toshkent To‘ytepa Tekstil” MChJning mulki tanlov natijasida “Srentex Industrues” (Hindiston) kompaniyasi o‘ziga qarashli “Spenteks Toshkent To‘ytepa” MChJ tomonidan 81,0 mln. AQSh dollari miqdoridagi summaga sotib olingani, oldi-sotdi shartnomasi kuchga kirganida to‘lanadigan birinchi to‘lov miqdori 20,25 mln. AQSh dollariga teng bo‘lishi, qolgan qismi keyingi to‘rt yil mobaynida to‘lanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.