02.08.2005 yildagi 180-son
Hujjat 01.05.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmonini bajarish yuzasidan va chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar berilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida belgilangan kafolatlarni qo‘llash haqida xabar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1 va 2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-apreldagi 264-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2020-y., 09/20/264/0530-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida investorlarga yoki ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash haqida xabar berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vakolatli organ chet ellik investorning xabarnomasiga rozilik bildirmagan taqdirda, “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasi chet ellik investorga qo‘llanishining qonuniyligi to‘g‘risidagi yuridik xulosa uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga murojaat qilishi mumkin.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-apreldagi 264-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2020-y., 09/20/264/0530-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq chet ellik investorlarga qonun hujjatlarida belgilanganlarga qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) berishda ular bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan investitsiya shartnomalari tuzish, o‘zgartirish kiritish, tugatish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan namunaviy shakliga muvofiq Investitsiya shartnomasi loyihasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar investitsiya shartnomasi qayta ishlash uchun qaytarilsa, shuningdek, ushbu Nizomning 9-bandi oltinchi xatboshisida ko‘rsatilgan davlat organlarining e’tirozlari mavjud bo‘lgan taqdirda, ko‘rib chiqish muddati qayta ishlab chiqilgan investitsiya shartnomasining loyihasi olingan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
* Ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI

bilan

___________________________ kompaniyasi (chet el investori)

o‘rtasida

“ __________________________________ ”

investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha

NAMUNAVIY INVESTITSIYa ShARTNOMASI

20____ yil ___________________

INVESTITSIYa ShARTNOMASI

Ushbu Investitsiya shartnomasi O‘zbekiston R�spublikasi qonunchiligiga muvofiq 20____ yil “____” _________da Toshkent shahrida quyidagilar o‘rtasida tuzildi:

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmonini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2005-yil 2-avgustdagi 180-son qaroriga muvofiq faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, keyinchalik “Hukumat” deb yuritiladi va

____________________________ qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, ______________________________ manzili bo‘yicha joylashgan, _________________ direktor nomidan, _____________________ asosida faoliyat yurituvchi, ___________________ investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi, ____________________________, keyinchalik “Investor” deb yuritiladi,

investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qulay iqtisodiy sharoitlarni yaratish, investitsiya faoliyati subyektlarining huquqlarini, manfaatlarini va mol-mulkini himoya qilish, shuningdek, soliq solinadigan bazani oshirish va ijtimoiy muammolarni hal etish maqsadida, jumladan, qo‘shimcha ish joylarini yaratish, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish maqsadida,

modomiki, Investorda Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy imkoniyatlar, texnik va malakaviy ko‘nikmalar mavjud ekan,

quyidagi mazmundagi ushbu Investitsiya shartnomasini imzoladi:

1-modda.

Atama va ularga ta’riflar

1.1. Agar Shartnomada boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, quyidagi ko‘rsatilgan ta’riflar shunday mazmunga ega:
Shartnoma — ushbu Investitsiya shartnomasi va uning shartlariga muvofiq unga kiritilgan har qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek, unga barcha ilovalar;
Investitsiyalar — Investor tomonidan Investitsiya loyihasiga kiritiladigan yoki jalb qilinadigan moddiy va nomoddiy boyliklarning barcha turlari va ularga bo‘lgan huquqlar, jumladan, intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek, reinvestitsiyalar;
Investitsiya faoliyati — investitsiyalarni kiritish bo‘yicha Investorning harakatlari (investitsiya amalga oshiriladigan aniq obyekt ko‘rsatilsin);
Investitsiya loyihasi(investitsiya loyihasining nomi);
Investor(investorning to‘liq nomi);
Tomon — mazmunga qarab Hukumat yoki Investor;
Tomonlar — birgalikda nomlanuvchi Hukumat va Investor;
Qo‘llaniladigan qonunchilik — O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi, shuningdek, uning barcha o‘zgartirishlari va qo‘shimchalari (Shartnoma tomonlarining ikki tomonlama roziligi bilan boshqa qonunchilik huquqi tanlanishi mumkin).

Davlat organi — barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyati organlari, saylov organlari, joylardagi davlat boshqaruvi organlari va davlat hokimiyati organlari, davlat vakolatlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tuzilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari;

...

(har bir atama Shartnoma tomonlari o‘rtasida kelishiladi).

1.2. Ushbu shartnoma tegishli o‘zgarishlari bilan birga kelishik va son jihatidan mazmuniga qarab talqin qilinishi kerak. Moddalar, bo‘limlar va bandlarning sarlavhalari qulaylik uchun kiritilgan va Shartnomaning qaysidir bir qoidasi talqin qilinishiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

2-modda.

Shartnoma predmeti va investitsiya loyihasining umumiy tavsifi

1. Ushbu Shartnoma Investorning investitsiyalar kiritish va Investitsiya loyihasini amalga oshirishga nisbatan huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydi, shuningdek, Hukumatning bunday investitsiyalar va investitsiya loyihasini amalga oshirishga nisbatan huquqlarini, majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydi hamda ushbu shartnomada nazarda tutilgan o‘zaro kelishuv majburiyatlarini o‘rnatadi.
2.2. Investitsiya faoliyatining obyekti _______hisoblanadi ushbu Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiyalar va investiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga muvofiq tuziladigan investitsiya faoliyatining aniq obyekti ko‘rsatilsin (masalan, ko‘chmas mulkning yangidan yaratiladigan obyekti— kapital qurilish...).
2.3. Investitsiyalarning hajmi quyidagilarni tashkil qiladi: _____________ (summa raqamlar bilan (so‘z bilan))
Jumladan, investitsiyalarni amalga oshirish manbalari:
Investorning shaxsiy mablag‘lari _____ summa raqamlar bilan (so‘z bilan);
boshqa tashkilotlarning qarz mablag‘lari _____ summa raqamlar bilan (so‘z bilan);
banklarning kreditlari (qarzlari) _______ summa raqamlar bilan (so‘z bilan), jumladan, chet el banklarining _______ summa raqamlar bilan (so‘z bilan);
boshqa manbalar _____ (turi ko‘rsatilsin) summa raqamlar bilan (so‘z bilan).
2.4. Investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati �uyidagicha (ushbu Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab): __________________________
Investitsiya loyihasini amalga oshirishning boshlanishi: _____________________;
Investitsiya loyihasining muddati:_____________________;
Investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari (ishlarning turlari, investitsiyalarning muddatlari va ko‘zlanayotgan hajmlari ko‘rsatilgan holda):_______________________;
Investitsiyalarni amalga oshirish muddatlari va shartlari: _____________________.

3-modda.
Investorning huquq va majburiyatlari

3.1. Investor quyidagilarga majbur:
ushbu Shartnomada belgilangan hajmlarda va muddatlarda investitsiya loyihasi to‘laqonli va o‘z vaqtidagi amalga oshirilishini ta’minlash (zarurat tug‘ilganida, investitsiya loyihasining biznes-rejasiga yoki ushbu Shartnomaga ilovaga muvofiq belgilangan muddatlarda), jumladan:
_________________ o‘zlashtirilishi;
_______________ ta’minlanishi;
(o‘zaro kelishilgan qoidalar bo‘yicha).
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun ___________ summa raqamlar bilan (so‘z bilan) miqdorida investitsiyalarni jalb qilish, jumladan:
shaxsiy mablag‘lar ___________________ summa raqamlar bilan (so‘z bilan) yoki investitsiya loyihasi umumiy qiymatining ___________ foizi;
jalb qilingan mablag‘lar __________________ summa raqamlar bilan (so‘z bilan) yoki investitsiya loyihasi umumiy qiymatining __________foizi.
obyektning qiymati oshgan hollarda investitsiya loyihasini ushbu shartnomada nazarda tutilgan to‘liq hajmda amalga oshirish uchun qo‘shimcha investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya loyihasini amalga oshirish davomida _____________ nafar yangi ish o‘rinlarini yaratish va ______dan (odamlar soni ko‘rsatilsin) kam bo‘lmagan miqdorda _____dan keyin (masalan, obyektni foydalanishga kiritish, Shartnomaning kuchga kirishi) ________ oy davomida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari orasidan ishchilarni ish bilan ta’minlash;
xalqaro standartlarga, shuningdek, energiya samaradorligi va ekologik me’yorlar bo‘yicha zamonaviy talablarga mos keladigan zamonaviy uskunalar va texnologiyalardan foydalanishni ta’minlash;
mahsulot ishlab chiqarish hajmlari, mahalliylashtirish, mahsulot sifati, tovarlar va hizmatlarni eksport qilish bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash;
pochta manzili yoki to‘lov rekvizitlari o‘zgarganda, qayta tashkil qilinganda va (yoki) mulkning egasi o‘zgarganda, yoki yuridik shaxs sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatib turganda yoki tugatganda, bunday o‘zgarishlar vaqtidan boshlab 10 kalendar kun mobaynida davlat organini yozma ravishda xabardor qilish;
har chorakda, hisobot yilidan keyingi oyining 10-kunigacha davlat organiga investitsiya loyihasi amalga oshirilishi va Investor tomonidan mazkur shartnoma shartlari bajarilishi to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish;
insofsiz raqobat yuzaga kelishiga olib keluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek, raqobatga yo‘l qo‘ymaslik, bartaraf qilish yoki cheklashga, boshqa shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini cheklashga qaratilgan harakatlarni (harakatsizlikni) amalga oshirmaslik;
ro‘yxatga olingan joydagi soliq organlariga ushbu Shartnoma yoki unga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha bitim tuzish kunidan boshlab bir oy muddatda ushbu Shartnoma, unga tegishli bo‘lgan qo‘shimcha bitimlar nusxalarini taqdim etish;
investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ustidan texnik nazorat olib borish tartibi hamda loyihani amalga oshirish grafiklari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan, mehnatni muhofaza qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, mehnat haqidagi qonunlarga va xavfsizlik texnikasi sohasidagi qonunchilikka rioya qilish;
Ushbu Shartnoma bo‘yicha Investor o‘z majburiyatlarini boshqa sabablarga ko‘ra bajarishni bekor qilganida, O‘zbekiston Respublikasiga yoki uning ma’muriy-hududiy birliklariga taqdim etilgan imtiyozlar va (yoki) preferensiyalarning summasini qoplab berish;
… va boshqalar (o‘zaro kelishilgan qoidalar bo‘yicha).
3.2. Ushbu Shartnoma amal qilish davrida, agar ushbu Shartnomada boshqa davr nazarda tutilmagan bo‘lsa, qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq Investor quyidagilarga haqli:
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan har qanday shaklda moliyalashtirishni amalga oshirish, investitsiyalar hajmini va yo‘nalishini mustaqil tarzda belgilash (Texnik-iqtisodiy asoslashda ko‘rsatilgan maqsadlarga), shuningdek, boshqa investorlar, uchinchi shaxslar bilan Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bitimlarva shartnomalarni tuzish, ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan qo‘shimcha mablag‘lar va resurslarni jalb qilish;
investitsiya kiritish obyektlari va kiritilgan investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va boshqarish;
kiritilgan investitsiya mablag‘lari maqsadli ishlatilishini nazorat qilish;
investitsiyalardan olingan darom�dlardan va pul mablag‘laridan tegishli soliqlar va yig‘imlar to‘langandan keyin erkin foydalanish;
Shartnomaga asosan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq kapital qo‘yilmalarni birgalikda amalga oshirish maqsadida shaxsiy va jalb qilingan mablag‘larni boshqa investorlarning mablag‘lari bilan birlashtirish;
investitsiyalari va boshqa aktivlari qo‘llaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda rekvizitsiya qilinganida yetarli miqdorda kompensatsiya olish;
davlat organlarining har qanday qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish, jumladan sud tartibida; …
va boshqalar (o‘zaro kelishilgan qoidalar bo‘yicha)

4-modda.
Hukumatning huquq va majburiyatlari

4.1. Hukumat quyidagilarga majbur:
qo‘llaniladigan qonunchilikka, shuningdek, ikki tomonlama soliq solish, investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilishga taalluqli bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomalarga hamda ushbu Shartnomaga muvofiq Investorga imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish;
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda davlat organi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha Investorga maslahat va metodik yordam ko‘rsatish;
ushbu Shartnomaga va qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq Investor huquqlarining barqarorligini va investitsiyalar himoyasini ta’minlash;
agar Investorning xo‘jalik faoliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va ushbu Shartnoma shartlariga zid kelmasa, uning faoliyatiga aralashmaslik;
Investorning investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yozma takliflarini ko‘rib chiqish;
Investorni ushbu Shartnoma va qo‘llaniladigan qonunchilik tomonidan taqdim etilgan huquqlardan foydalanish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida barcha mulkini ekspropriatsiya qilish, musodara qilish, yo‘qotish, buzish, nohaq egallab olish yoki boshqa har qanday shaxs tomonidan aralashishdan himoya qilish huquqi bilan ta’minlash.
4.2. Hukumat:
Investor tomonidan uning majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, mazkur Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishdan bir tomonlama voz kechishga;
Investor tomonidan ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, u O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Shartnomaga muvofiq olgan imtiyozlar va (yoki) preferensiyalar summasini undirib olish;
ushbu Shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishi monitoringi olib borilishini va Investitsiya loyihasi amalga oshirilishi nazorat qilinishi va ular o‘z vaqtida va lozim darajada bajarilishini talab qilishga;
Investordan:
investitsiya loyihasini tashkil etish va moliyalashtirish ta’minlanmasligi yoki o‘z vaqtida ta’minlanmasligi holatlarida har bir kechiktirilgan kun uchun bajarilmagan majburiyatlar summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq bajarilmagan majburiyatlar summasining 50% idan oshmagan miqdorda penya;
Investor tomonidan ushbu Shartnomaning ____-moddasi ____-bandining ____-kichik bandida (muddatlarni buzish bilan bog‘liq kichik bandlar ko‘rsatiladi) nazarda tutilgan majburiyatlarga rioya qilmaslik holatida qonunchilik tomonidan to‘lash kunida o‘rnatilgan MHTEKMning _____ miqdoridagi jarima;
Investorning aybli harakatlari (harakatsizligi) oqibatida majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, jumladan, ushbu Shartnoma o‘zgarishiga yoki bekor qilinishiga sabab bo‘lgan holatda qonunchilik tomonidan to‘lash kunida belgilangan MHTEKMning ___ miqdoridagi jarima undirishga;
Investor ushbu shartnoma ____-moddasining ____-bandida va ____-moddasining ____-bandida (Shartnomaning amal qilish muddatiga taalluqli) ko‘rsatilganidek ushbu Shartnomaning amal qilish muddatlari, investitsiya loyihasini (uning bosqichlarini) amalga oshirish yakunlanganligi bo‘yicha davlat organiga tegishli arizani bergan taqdirda, ushbu Shartnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritishdan bosh tortishga haqlidir.

5-modda.
Investor va Hukumatning javobgarligi

5.1. Investor va Hukumat qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
5.2. Investor O‘zbekiston Respublikasiga quyidagilarni tasdiqlaydi va kafolotlaydi:
ushbu Shartnomani imzolash va uning shartlarini bajarishda o‘zining ta’sis hujjatlarini yoki Investorning o‘zi bir tomon hisoblangan boshqa bitimlarning qoidalarini buzmaslikni yoxud Investor yoki uning mol-mulkiga nisbatan majburiyatlar yuklanmaganligini;
Investorga nisbatan ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan sud nizolari, arbitraj yoki ma’muriy ishlar mavjud emasligini.
5.3. Investor va Hukumat korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmishlarni sodir etishdan o‘zini tiyishi shart.
5.4. Investor va Hukumat ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi tufayli tomonlarning biriga yetkazilgan zararni qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq qoplash majburiyatini oladi. Davlat organi mansabdor shaxslarining noqonuni� harakatlari (harakatsizligi) natijasida Investorga yetkazilgan zararni qoplash sud qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
5.5. Ushbu Shartnomaga muvofiq Investitsiya loyihasini tayyorlash va moliyalashtirishni ta’minlamaslik yoki o‘z vaqtida ta’minlamaslik holatida Hukumat Investorni yozma ravishda ushbu Shartnoma yoki qo‘llaniladigan qonunchilik shartlaridagi va (yoki) olingan majburiyatlarni bajarishdagi mavjud buzilishlar to‘g‘risida xabardor qiladi. Zarurat bo‘lganida ikkala Tomon uch oy davomida ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishi mumkin.
5.6. Agar majburiyatlar bajarilmayotganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma yuborilgan kundan boshlab uch oy mobaynida Hukumat va Investor muzokaralar o‘tkazmasa yoki Investor o‘z majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni hal qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmasa, Hukumat ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilishga haqli. Bu holatda Hukumat tomonidan Investorga ushbu Shartnomani bekor qilish to‘g‘risida yozma xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab ushbu Shartnoma bekor qilinadi.
5.7. Ushbu Shartnoma _____-moddasining _____-bandiga muvofiq ushbu Shartnoma Hukumat talabiga binoan bekor qilinganida:
qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq Hukumat Investordan Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida va boshqa normativ hujjatlarga asosan taqdim etilgan maxsus imtiyozlar va preferensiyalarning summasini undirib olishga haqli;
Hukumat Investorning investitsiya faoliyati davrida tijorat xavflari hisoblangan investitsiyalari, zararlari, yo‘qotilgan foydasi va boshqa xarajatlarini qoplash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olmaydi.
5.8. Investorga yer uchastkalari ajratilganda va taqdim etilganda va Investitsiya loyihasida belgilangan muddatlarda yer uchastkalarini o‘zlashtirish ta’minlanmaganda Hukumat qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq foydalanilmagan yer uchastkalarini qaytarib olishga haqli.
5.9. Ish o‘rinlari umumiy sonining ___foizidan kam bo‘lmagan miqdorda mahalliy ishchilarning mehnatidan foydalanish majburiyatlari bajarilmaganda Investor Hukumatga har oyda ushbu Shartnomaning ___- bandida belgilangan me’yordan ortiq qabul qilingan har bir xorijiy ishchi uchun ishchilarning o‘rtacha oylik ish haqi miqdorida jarima to‘laydi.
10. Jarima sanksiyalarini to‘lash Tomonlarni ushbu Shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.

6-modda.
Hukumat tomonidan Investorga taqdim etiladigan qo‘shimcha vakolatlar

6.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish doirasida investitsiya kiritishning har bir aniq holatida Hukumat Investorga qo‘shimcha kafolatlarni va himoya choralarini taqdim etishi mumkin (imtiyozlar va preferensiyalarni) (masalan, qonunchilikning barqarorligini, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini taqdim qilish, soliq va bojxona imtiyozlari va hokazo).
6.2. O‘zaro kelishuv bo‘yicha Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida hukumat Investorni _____ yilning “____” _________ kunigacha.... (soliq va bojxona to‘lovlari nazarda tutilmoqda) to‘lashdan ozod qilishi mumkin. (Bunda, tovarlar sotib olingan (import) paytdan e’tiboran uch yil mobaynida realizatsiya qilingan yoki beg‘araz berilganda, imtiyozlarning amal qilishi qo‘llaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda budjetga tegishli soliqlar va bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha majburiyatlar tiklangan holda bekor qilinadi).
6.3. Hukumat Investorga quyidagi kafolatlarni, shu jumladan, ular bilan cheklanmasdan, taqdim etadi:
Investitsiya loyihasini amalga oshirishda Investorning barcha huquqlari himoya qilinishi;
investorni o‘z investitsiyalariga nisbatan o‘zining investorlariga yoki shunga o‘xshash sanoatda faoliyat yuritadigan va shunga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqaradigan boshqa chel el investorlariga nisbatan taqdim etayotgan rejimdan kam bo‘lmagan qulay rejim bilan ta’minlashni;
Investorning qo‘llaniladigan qonunchilik va ushbu Shartnoma bilan kafolatlangan buzilgan huquq va manfaatlarini tiklashni;
Investitsiya loyihasini amalga oshirish tufayli O‘zbekiston Respublikasida joylashgan Investorni, uning vakillari va xorijiy ishchilarni O‘zbekiston Respublikasining butun hududi bo‘ylab erkin harakatlanish huquqi bilan ta’minlashni. Muayyan cheklovlar faqat milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun qo‘llanilishi mumkin, agar erkin harakatlanish uchun bunday cheklovlar qo‘llaniladigan qonunchilikda belgilangan bo‘lsa;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar qo‘llaniladigan qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lanishi sharti bilan pul mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga hech qanday cheklovlarsiz chet el valyutasida erkin o‘tkazish kafolatini.
Bunday o‘tkazmalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Investitsiya loyihasini moliyalashtirish uchun dastlabki va qo‘shimcha summalar yoki ustav kapitalining oshirilishi, investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq investitsion zararlarning �arajatlarini qoplash sifatida olingan mablag‘lar;
shartnomalarni bajarish tartibida amalga oshirilgan to‘lovlar;
Investor investitsiyalarining barchasi yoki bir qismi sotilishidan tushgan daromad;
nizolarni tartibga solishda yuzaga keladigan to‘lovlar, jumladan, har qanday sud qarorlari;
qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq boshqa manbalardan tushgan mablag‘lar;
xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq Hukumat amaldagi qo‘llaniladigan qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda qo‘llaniladigan qonunchilikni kamsitmaslik sharti bilan Investor mablag‘larining repatriatsiyasini to‘xtatishi mumkin.
6.4. Hukumat ochiq ma’lumotlarga, xususan, qonunchilik hujjatlariga hamda idoraviy normativ hujjatlarga, shuningdek, qandaydir tarzda Investorning manfaatlariga taalluqli bo‘lgan sud qarorlariga erkin kirishni ta’minlaydi.
6.5. Hukumat davlat organi orqali Investorning so‘rovlariga muvofiq qo‘llaniladigan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda uni qiziqtirayotgan axborotni taqdim etishni ta’minlaydi.

7-modda.
Hisobotlar

7.1. Hukumat istalgan vaqtda Investor tomonidan ushbu Shartnoma bo‘yicha qabul qilingan shartlar va aniq majburiyatlarning bajarilishini tekshirish, shu jumladan, texnik nazorat tartibida tekshiruvlar o‘tkazish huquqiga ega. Shu maqsadda Investor Hukumat tomonidan talab qilingan oqilona muddat ichida va Tomonlar bilan kelishilgan formatda bunday tekshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi kerak.
7.2. Investor ushbu Shartnoma bo‘yicha Investor tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni har chorakda ushbu Shartnomaning amal qilish muddati davomida va Hukumatning murojaatida so‘ralgan barcha talablarni bajarish uchun Tomonlar uchun maqbul formatda hisobotlarni Hukumatga taqdim etish majburiyatini oladi.

8-modda.
Shartnomaning kuchga kirishi va amal qilish muddati

8.1. Ushbu Shartnoma Hukumat va Investor o‘rtasida imzolanganidan keyin qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq tasdiqlanishi kerak va uni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab kuchga kiradi (“Kuchga kirish sanasi”) va kuchga kirgan kundan boshlab _____ yil mobaynida amal qiladi.
8.2. Ushbu Shartnomaning barcha qoidalari Tomonlar uchun kuchga kirgan sanadan boshlab majburiy hisoblanadi.

9-modda.
Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish

9.1. Hukumat va Investorning o‘zaro roziligi bo‘yicha ushbu Shartnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. O‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda rasmiylashtirilishi va vakolatli vakillar tomonidan imzolanishi kerak. Bunda imzolangan o‘zgartish va qo‘shimchalar ushbu Shartnomaning ____-moddasida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
9.2. Ushbu Shartnomaning amal qilishi:
ushbu shartnomada ko‘rsatilgan amal qilish muddati tugagandan so‘ng yoki ushbu Shartnomaga muvofiq Investor olgan majburiyatlar to‘liq hajmda bajarilgan hollarda;
Tomonlarning o‘zaro kelishuvi bo‘yicha;
ushbu Shartnoma bo‘yicha Hukumat yoki Investor qabul qilingan majburiyatlarni buzgan yoki bajarmagan taqdirda, ushbu Shartnomaning ____-moddasiga muvo�iq Hukumat yoki Investorning tashabbusi bilan to‘xtatiladi.

10-modda.
Fors-major

10.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, agar u oldini olib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda vaziyatlar va ushbu sharoitlarda muqarrar bo‘lgan holatlar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa: tashqi obyektiv omillar (harbiy harakatlar, epidemiyalar, ish tashlashlar, shartnomaga muvofiq Tomonlarga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi sud jarayonlarining mavjudligi, oqilona nazorat qilinmaydigan boshqa hodisalar) ta’siri natijasida tabiiy hodisalar (zilzilalar, suv toshqinlari va hokazolar), agar ushbu holatlar ushbu Shartnomaning bajarilishiga bevosita ta’sir qilgan bo‘lsa, ushbu holatlarning amal qilish muddati mobaynida.
10.2. Tomonlar fors-major vaziyatlar boshlanishi haqida bir-birlarini xabardor qilishlari shart. Agar bir Tomon 30 (o‘ttiz) kalendar kun mobaynida bunday holatlarning yuzaga kelishi haqida boshqa Tomonni o‘z vaqtida xabardor qilmasa, u holda o‘sha Tomon favqulodda holatlar sifatida ko‘rsatilgan holatlarga murojaat qilish huquqini yo‘qotadi.
Ushbu favqulodda holat yuzaga kelgan mamlakatning vakolatli organi tomonidan berilgan tasdiq bunday holatlar mavjudligi va ularning davomiyligi haqida yetarli dalil bo‘ladi.
10.3. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddatlari bunday favqulodda vaziyatlarning amal qilish muddati mobaynida orqaga suriladi.
10.4. Agar vaziyatlar bir yildan ortiq vaqt davom etadigan bo‘lsa, Tomonlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va boshqa Tomonga yetkazilgan zararni kamaytirish bo‘yicha barcha mumkin bo‘lgan choralarni qo‘llab, jarimalar va (yoki) penyalarni to‘lamasdan ushbu Shartnomani davom ettirishdan voz kechishga haqli.
10.5. Tomonlar favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish uchun har qanday sa’y-harakatlarni amalga oshirishlari kerak.

11-modda.
Nizolarn� hal qilish

11.1. Tomonlar o‘rtasidagi ushbu Shartnomani bajarish bilan bog‘liq barcha kelishmovchiliklar va nizolar qo‘llaniladigan qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqiladi (ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni hal qilish tartibi va ko‘rib chiqish joyi Shartnoma Tomonlarining o‘zaro roziligi bilan belgilanadi).
11.2. Tomonlar o‘zaro muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali ushbu Shartnomani bajarish bilan bog‘liq yuzaga keladigan kelishmovchiliklar va nizolarni hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradilar.
11.3. Kelishmovchiliklar va nizolar Tomonlarning har biri boshqa Tomonga har qanday da’vo, kelishmovchilik va/yoki nizolar haqida xabar bergan sanadan boshlab Tomonlar tarafidan olti oy mobaynida muzokaralar va maslahatlashuv yo‘li bilan hal etilmasa, ushbu Shartnoma muddati tugagunga qadar yoki undan keyin kelib chiqadigan bunday da’volar, kelishmovchiliklar va/yoki nizolar (shu jumladan, arbitraj sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan har qanday nizo), Toshkent xalqaro arbitraj markazining (TIAC) Arbitraj Reglamentiga muvofiq yakuniy hal qilinishiga Tomonlar o‘z roziliklarini bildiradilar (yoki Shartnoma Tomonlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan tegishli sud yoki Arbitraj Reglamentiga ko‘ra nizolarni ko‘rib chiqishning boshqa tartibi).
11.4. Har bir Tomon arbitraj to‘g‘risidagi iltimosga muvofiq va arbitraj to‘g‘risidagi iltimosga javoban bittadan arbitr tayinlaydi. Agar Tomon arbitrni tayinlamasa, unda tayinlashni TIAC amalga oshiradi. Shu tarzda tayinlangan ikki arbitr Arbitraj sudi tarkibining raisi bo‘lgan utinchi arbitrni tayinlaydi. agar ikkinchi arbitr tayinlangandan keyin o‘ttiz (30) kalendar kun mobaynida ikkita arbitr bunday tayinlashni o‘tkaza olmasa, uchinchi arbitr TIAC tomonidan tayinlanadi (yoki Shartnoma Tomonlarning kelishuviga ko‘ra, ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni tegishli sud yoki Arbitrajning Reglamentiga binoan ko‘rib chiqish boshqa tartibida).
11.5. Arbitraj sudining tarkibi nizo yoki arbitraj muhokamasiga nisbatan barcha huquqiy, daliliy va yurisdiksiya masalalarini (shu jumladan, nizo arbitraj sudida ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan masalalarni) va arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq barcha protsessual masalalarni hal qilishi mumkin. Arbitraj sudining tarkibi umumiy huquq va adolat huquqi (shu jumladan, ta’minlovchi choralar) bo‘yicha sud himoyasini ta’minlashi, xarajatlarni (shu jumladan, yuridik xarajatlar va arbitraj xarajatlarini) va foizlarni qoplash uchun hukm chiqarishi mumkin.
11.6. Arbitraj sudi tarkibi joylashgan manzil Toshkent shahri va arbitrajning faoliyat tili ingliz tili hisoblanadi (yoki Shartnoma Tomonlarining o‘zaro kelishuviga ko‘ra ushbu Shartnomadan kelib chiqadigan nizolarni ko‘rib chiqishning boshqa tegishli joyi va tili).
11.7. Arbitraj muhokamasi va undan bevosita yoki bilvosita kelib chiqadigan barcha masalalar Tomonlar tarafidan qattiq maxfiylik rejimida saqlanadi, maxfiy axborotni oshkor qilish qo‘llaniladigan qonunchilik bo‘yicha talab qilinishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno.
11.8. Arbitraj sudi tarkibining qarori yakuniy va tomonlar bajarishi shart hisoblanadi. Qaror tegishli yurisdiksiyaga ega bo‘lgan har qanday sud tomonidan majburiy tarzda ijroga qaratilishi mumkin.

12-modda.
Qo‘shimcha shartlar

12.1. Bir Tomondan boshqa Tomonga berilgan axborotning maxfiylik shartlari har qanday Tomonning yozma talabiga binoan belgilanishi mumkin. Maxfiy deb topilgan har qanday axborot oshkor qilinmasligi lozim.
12.2. Maxfiylik shartlari quyidagi holatlar uchun qo‘llanilmaydi:
ushbu Shartnomani amalga oshirish maqsadida ushbu Shartnoma va uning shartlari to‘g‘risidagi axborotni davlat organlariga taqdim etishda;
bunday axborot amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yoki O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari yoki boshqa vakolatli organlari tomonidan qonuniy da’vo taqdim etilganda faqat tushgan so‘rov hajmida oshkor etilishi kerak bo‘lganida.
12.3. Ushbu shartnoma doirasida barcha bildirishnomalar Tomonlarga quyidagi manzillar bo‘yicha yozma ravishda yuborilishi kerak:
Hukumat:
____________________________________________________.
Investor:
____________________________________________________.
12.4. Pochta rekvizitlari o‘zgarganda Tomonlar bir-birlarini darhol xabardor qilishlari kerak. Eski manzillar va hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshirilgan xatti-harakatlar, ularning o‘zgarishi haqida xabarnoma olinmaguncha qabul qilingan hisoblanadi.
12.5. Ushbu Shartnoma shartlari huquqiy oqibatlarga olib kelishi va huquqiy vorislar, benefitsiarlar va Tomonlar tarafidan tayinlangan shaxslar, shu jumladan, jamoat organlarining kelajakdagi barcha ko‘rinishlari yoki shakllari uchun majburiy bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, ushbu Shartnoma bo‘yicha Tomonlarning huquq va majburiyatlari korporatsiyalarning birlashuvi, konsolidatsiya, qo‘shib yuborish yoki Investor boshqaruvida boshqacha egalik qilish yoki o‘zgartirish orqali buzilmasligi kerak.
12.6. Tomonlar boshqa Tomonning yozma roziligisiz boshqa shaxslarga da’vo qilish yoki huquq va majburiyatlarni berish huquqini bera olmaydi.
12.7. Ushbu Shartnoma (va unga ilova) ____ sahifada rus tilida (va ingliz tilida), to‘rt nusxada (har bir tilda) tuzilgan, bir xil qonuniy kuchga ega, biri Investor uchun, uchtasi esa Hukumat uchun.
12.8. Ingliz va rus tillaridagi matnlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelganida, ingliz tilidagi matn ustunlikka ega. Ushbu Shartnomaga ilova ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

13-modda.
Tomonlarning rekvizitlari va imzolari

“Hukumat”

“Investor”

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi

Lavozimi

savdo vazirligi

Imzo
F.I.O.

Joylashishi: _________,

Joylashishi: _________,

Bank rekvizitlari:

Bank rekvizitlari:

(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-apreldagi 264-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2020-y., 09/20/264/0530-son)
Keyingi tahrirga qarang.