LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, telekommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarining ishonchli faoliyatini, ulardan markazlashgan holda foydalanishni ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini boshqarish tizimi to‘g‘risidagi nizom (bundan keyin matnda Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi deb yuritiladi) 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimi kundalik sharoitlar va favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiya vazifalarini o‘z vaqtida va samarali hal etishga mo‘ljallangan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi telekommunikatsiyalari tarmoqlarini boshqarish tizimini, shuningdek idoraviy mansubligidan qat’i nazar, telekommunikatsiya operatorlarini o‘z ichiga oladi (telekommunikatsiya xizmatlarining maxsus iste’molchilari — Mudofaa vazirligi, IIV, FVV, DXX, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi MHA tarmoqlari bundan mustasno).
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Keyingi tahrirga qarang.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi telekommunikatsiyalar tarmog‘ining davlat tomonidan boshqarilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimining shakllantirilishi va samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydigan maxsus vakolatli organ etib tayinlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
kundalik sharoitlarda — telekommunikatsiyalar sohasida yagona texnik siyosatni olib boradi; telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlari, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar va provaydyerlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi; ularning texnik holati va favqulodda vaziyatlardagi ishlarga tayyorligini nazorat qiladi;
favqulodda vaziyatlarda — idoraviy mansubligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya resurslari va tarmoqlaridan ustuvor darajada foydalanish va ularni markazlashgan holda boshqarish huquqi beriladi (maxsus iste’molchilarning tarmoqlari va vositalari bundan mustasno); mamlakat xavfsizligini ta’minlash manfaatlari yo‘lida ularning barqaror ishlashini hamda ulardan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashtirilgan boshqarish rejimiga o‘tkazish, shuningdek favqulodda vaziyatlarda ulardan foydalanishni to‘xtatib turish yoki cheklash to‘g‘risida Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bevosita bo‘ysunadigan Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi Aloqa va axborotlashtirish agentligining telekommunikatsiya tarmoqlari va resurslarini boshqarish masalalari bo‘yicha ishchi organi etib belgilansin.
LexUZ sharhi
3-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish tizimiga kiruvchi operatorlar tarmoqlari va resurslarining samarali faoliyat yuritishi va ulardan oqilona foydalanish, zarur hollarda mamlakat manfaatlari yo‘lida, favqulodda vaziyatlarda ulardan markazlashgan holda foydalanishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
chet mamlakatlarning telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish markazlari bilan o‘zaro hamkorlikda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish milliy markazi vazifasini bajaradi.
O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
4. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati bilan birgalikda 2007-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarish, favqulodda vaziyatlarda ularning faoliyatini cheklash yoki to‘xtatib turishni joriy etish tartibini, shuningdek mamlakat xavfsizligi manfaatlari yo‘lida foydalanish uchun O‘zbekiston telekommunikatsiyalari tarmoqlari va resurslarini tayyorlash hamda berib qo‘yish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.
LexUZ sharhi
Qarang: Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning Umumiy qoidalari (ro‘yxat raqami 1742, 27.11.2007-y.) i Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1743, 27.11.2007-y.).
uch oy muddatda telekommunikatsiya operatorlari bilan tuzilgan litsenziya bitimlariga kundalik sharoitlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha operatorlar faoliyatining muvofiqlashtirilishini ta’minlash, shuningdek favqulodda vaziyatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlarini markazlashgan holda boshqarish borasida mazkur qaror talablaridan kelib chiqadigan o‘zgartishlar kiritilishini ta’minlasin;
2007-yil 1-sentabrgacha bo‘lgan muddatda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini tashkil etish va modernizatsiya qilish dasturini keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiyalar tarmoqlarini boshqarish yagona tizimiga ulash uchun belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2008-yilning 1-martigacha telekommunikatsiya operatorlari mablag‘larini jalb etish yo‘li bilan belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini unga operatorlarning telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish tizimlarini ulagan holda tashkil etsin va ishga tushirsin (maxsus iste’molchilarning tarmoqlari bundan mustasno).
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.