Ancha miqdordagi zarar | — | eng kam oylik ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Boshqa huquqiy ta’sir chorasi | — | jazo hisoblanmaydigan, lekin ushbu Kodeksda nazarda tutilgan chora (voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburlov choralari, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari). |
Valyuta operatsiyalari | — | valyuta qimmatliklariga mulk huquqining birovga o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda chet el valyutasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi pul birligidan to‘lov vositasi sifatida foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalar; valyuta qimmatliklarini chet eldan O‘zbekiston Respublikasiga keltirish va jo‘natish, shuningdek ularni O‘zbekiston Respublikasidan chetga olib chiqish va jo‘natish; xalqaro miqyosda pul o‘tkazish operatsiyalari. |
Valyuta qimmatliklari | — | chet el valyutasi; chet el valyutasidagi qimmatli qog‘ozlar — fond boyliklari (aksiya, obligatsiya va boshqalar); chet el valyutasi bilan to‘lanadigan to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va boshqalar); har qanday ko‘rinish va holatdagi qimmatbaho metallar — oltin, kumush, platina va platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy), shunday metallardan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari hamda ularning rezgilari bundan mustasno; xomashyo yoki ishlov berilgan holatdagi tabiiy qimmatbaho toshlar — olmos, yoqut, zumrad, sapfir, aleksandritlar, shuningdek marvaridlar, shunday toshlar hamda ularning rezgilaridan yasalgan zargarlik va boshqa ro‘zg‘or buyumlari bundan mustasnodir. |
Giyovandlik vositalari | — | “Giyovandlik vositalari to‘g‘risida”gi BMTning 1961-yilgi Yagona Konvensiyasining I va II Ro‘yxatlariga kiritilgan tabiiy yoki sun’iy tayyorlangan har qanday giyovandlik vositalari, “1961-yilgi “Giyovandlik vositalari to‘g‘risida”gi Yagona Konvensiyaga tuzatishlar haqida”gi 1972-yilgi Protokolga asosan kiritilgan tuzatishlar bilan birga. |
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ko‘p miqdor | — | tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi. |
Giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalardan qonunga xilof ravishda foydalanishdagi ozginadan ko‘proq miqdor | — | tegishli davlat organining xulosasiga muvofiq belgilanadi. |
Davlat siri | — | oshkor etilishi respublika harbiy iqtisodiy salohiyatining sifat holatiga salbiy ta’sir etishi yoki O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlari uchun boshqa og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. |
Davlat sirlari | — | davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va maxsus ro‘yxatlar bilan cheklab qo‘yilgan o‘ta muhim, mutlaq maxfiy va maxfiy harbiy, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va boshqa ma’lumotlardir. O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari: davlat, harbiy va xizmat siriga bo‘linadi. |
Juda ko‘p zarar | — | eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Juda ko‘p miqdor | — | eng kam oylik ish haqining uch yuz baravari va undan ortiq bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘p miqdordagi zarar | — | eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan miqdordagi zarar. |
Ko‘pchilik uchun xavfli usul | — | o‘t qo‘yish, portlatish, suv bostirish va odamlar xalok bo‘lishi yoki ko‘p miqdorda zarar yetkazish xavfini tug‘diradigan boshqa usullar. |
Mansabdor shaxs | — | tashkiliy-boshqaruv yoki ma’muriy-xo‘jalik vakolatlari berilgan va mas’ul mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs. |
Mas’ul mansabdor shaxs | — | 1) hokimiyat vakillari; |
Oldindan ayon bo‘lish | — | qonunda bayon etilgan xulq-atvor va shart-sharoitlarga munosabat va bu munosabatning shaxs ulardan xabardorligidan dalolat berishi. |
Oldindan til biriktirish | — | jinoyat ishtirokchilari o‘rtasida jinoyat sodir etish yoki jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanish to‘g‘risida bunday harakatlarni amalga oshirishdan avval kelishib olish. |
Prekursorlar | — | BMTning “Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash to‘g‘risida”gi 1988-yilgi Konvensiyasiga Ilovaning I va II jadvallariga kiritilgan har qanday modda. |
Psixotrop modda | — | BMTning “Psixotrop moddalar haqida”gi 1971-yilgi Konvensiyasining I, II, III va IV Ro‘yxatlariga kiritilgan har qanday tabiiy yoki sintetik modda yoxud har qanday tabiiy material. |
Tamom bo‘lgan jinoyat | — | muayyan jinoyat tarkibining barcha zarur alomatlarini o‘z ichiga oladigan ijtimoiy xavfli qilmish. |
Tamom bo‘lmagan jinoyat | — | shaxsga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yoki jinoyat qilishdan ixtiyoriy ravishda qaytish tufayli oxiriga yetkazilmay qolgan jinoyat. |
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxs | — | biron-bir davlatning fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs. |
Xizmat siri | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalariga doir ma’lumotlar. |
Xo‘jalik yurituvchi subyekt | — | mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqarolar. |
Chet el valyutasi | — | 1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi; |
Yaqin qarindoshlar | — | qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-ona, aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, aka-uka va opa-singillari. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi | — | qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik maqomiga ega bo‘lgan shaxs. |
G‘arazgo‘ylik niyatlari | — | sodir qilingan jinoyatdan moddiy yoki boshqacha mulkiy yo‘sindagi foyda olish yoxud moddiy xarajatlardan qutilishga intilishda ifodalangan niyat. |
Harakatsizlik | — | shaxsning normativ hujjatlarda bajarishi shart qilib belgilangan muayyan harakatlarni bajarmaslikda ifodalangan ijtimoiy xavfli, ongli va sust xulq-atvori. |
Harbiy jinoyatlar | — | harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy mashqni o‘tash davrida harbiy xizmatga majbur shaxslar tomonidan harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibiga qarshi qilingan jinoyatlar. |
Harbiy sir | — | oshkor qilinishi O‘zbekiston Respublikasi mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi va Qurolli Kuchlari uchun og‘ir oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan harbiy yo‘sindagi ma’lumotlar. |
Hokimiyat vakili | — | davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. |
Hujjat | — | huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan fakt va voqealarni tasdiqlovchi, lozim darajada tuzilgan va zaruriy rekvizitlari (shtamp, imzo, muhr, sana, tartib raqami) mavjud bo‘lgan yozma hujjat. |