“Ipoteka” to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3618-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq hamda respublikada yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga joylarda so‘zsiz rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
1. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi to‘g‘risidagi mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda “Nizom” deb yuritiladi) “Ipoteka” to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qaroriga muvofiq fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida yakka tartibda uy-joy qurishni tashkil etish tartibini belgilab beradi.
yakka tartibdagi uy-joy — bir yer uchastkasida joylashgan, doimiy yashash, dam olish va shaxsiy xo‘jalikni yuritishga mo‘ljallangan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar tegishli bo‘lgan bir yoki bir necha turar joy imorati (keyingi o‘rinlarda “uy-joy” deb yuritiladi);
yordamchi-xo‘jalik imoratlari — uy hayvonlari va parrandalarni saqlash uchun imoratlar, omborxona, garaj, yozgi oshxona, tandirxona, yerto‘la, hammom, hovlidagi hojatxona, dushxona, issiqxona, hovuz, sauna, bug‘ qozonxonasi va odamlarning vaqtincha bo‘lishi bilan bog‘liq ishlarning har xil turlarini bajarishga mo‘ljallangan boshqa funksional imoratlar;
hovlidagi inshootlar — to‘siq, darvoza, eshik, quduq, favvora va odamlarning yashashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallanmagan boshqa yassi yoki liniyali inshootlar;
uyning turar joy maydoni — kishilar yashaydigan xonalarning ichki gabaritlari bo‘yicha maydonning jami;
uyning umumiy maydoni — odamlar yashaydigan barcha xonalar, uyning yordamchi-xo‘jalik imoratlari (oshxona, vannaxona, yo‘lak va boshqalar) maydoni jami;
uyni rekonstruksiya qilish — me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini o‘zgartirish, uyning ustiga, yoniga qo‘shimcha qurish, eskirgan va ma’naviy eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda o‘zgartirish.
3. O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi o‘zining va oilasining ehtiyojlari uchun qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga rioya qilgan holda zarur yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar bilan birga xususiy mulk huquqida uy qurish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ajratiladigan uchastka doirasida yakka tartibda uy quruvchilar uchun uyning maydoni chegaralanmaydi.
5. Shaharsozlik faoliyati alohida tartibga soladigan hududlarda uyning necha qavat ekanligi aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga muvofiq tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan belgilanadi va ular bilan kelishiladi.
6. Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarning mulki bo‘lgan uylar buzilgan taqdirda yer uchastkalari berish va uylar qurish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 29-maydagi 97-son qarori bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi — bu qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashgan joyga, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer fondining bir qismi.
8. 2008-yil 1-yanvargacha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi tumanlar (shaharlar) hokimlari tomonidan qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kirmaydigan yerlardan belgilangan tartibda faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga bir oilaga 0,06 gektargacha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. 2008-yil 1-yanvardan boshlab yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari kimoshdi asosida fuqarolarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida qurilgan uy-joy joylashgan yer uchastkasi tuman hokimining qaroriga binoan, yakka tartibda uy-joy quruvchiga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga) har bir imorat soluvchiga 0,06 gektardan kimoshdi savdosi o‘tkazmasdan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi bilan ajratiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-sentabrdagi 201-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 37-son, 321-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi olish uchun ariza tuman (shahar) hokimligiga beriladi.
Arizaga ariza beruvchining doimiy yashash joyi bo‘yicha turar joylarning kadastr ishi nusxasi (mavjud bo‘lgan taqdirda) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining oilaning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun ajratilgan yer massivida uy-joy qurishga buyurtma rasmiylashtirgan yakka tartibda uy-joy quruvchi kompaniyaning hududiy filiallariga aniq yer uchastkasini va tanlab olingan namunaviy loyihani ko‘rsatgan holda yozma ariza bilan murojaat qiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)
11. Ariza tuman (shahar) hokimi boshchilik qiladigan, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ishlaydigan komissiya (keyingi o‘rinlarda “komissiya” deb yuritiladi) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiya tarkibiga “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish organlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati, fuqarolar yig‘inlari vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Komissiya ariza olingan kundan boshlab 10 kun muddatda yer uchastkasi berishning maqsadga muvofiqligi yoki yer uchastkasi berish asosli ravishda rad etilishi to‘g‘risida xulosa chiqaradi.
Fuqarolarga belgilangan tartibda kimoshdi savdosida yer uchastkasini sotishda komissiyaning qarori talab qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
er davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uylari buzilayotgan fuqarolarga;
o‘zlari egallab turgan davlat turar joy fondining turar joylarini shahar va tuman hokimliklariga berayotgan fuqarolarga beriladi.
14. Tuman (shahar) hokimi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida 10 kun muddatda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Yer uchastkasini kimoshdi asosida sotishda hokimning qarori kimoshdi natijalari asosida 10 kun muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tuman (shahar) hokimining qarori asosida tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organlari bilan birgalikda uch kun muddatda yer uchastkasi ajratish va uning chegaralarini naturada chiqarish amalga oshiriladi hamda quyidagi hujjatlar beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
16. Yer uchastkalari berish to‘g‘risida iltimos qilgan barcha fuqarolarga yer uchastkalari ajratish imkoniyati bo‘lmagan hollarda tuman (shahar) hokimligi yer uchastkalari olishga ehtiyojmandlarning hisobini yuritadi.
Navbatda turish tartibida yer uchastkalari olishga ehtiyojmand bo‘lgan fuqarolar ro‘yxati tuman (shahar) hokimi tomonidan bir yilda kamida bir marta tasdiqlanadi.
17. Iltimos qiluvchilar yer uchastkasi berishning taxminiy muddati ko‘rsatilgan holda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilganlik to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak.
18. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mavjud emasligi yer uchastkasi berish rad etilishi uchun asos hisoblanadi.
19. Yer uchastkasi berish rad etilgan taqdirda hokimlik uch kun muddatda bu haqda ariza beruvchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Yer uchastkasi berish rad etilishi ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Uy-joy qurilishi namunaviy yoki yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin, yakka tartibda ishlab chiqilgan loyiha tuman (shahar) arxitektori bilan kelishilishi kerak.
22. Mazkur Nizomda belgilangan tartibda kelishilgan uy-joy qurilishiga yakka tartibdagi yoki namunaviy loyiha uy-joy qurish bo‘yicha qurilish ishlarini boshlash uchun asos hisoblanadi.
24. Uy-joy, yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlar qurilishi shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
25. Bir yer uchastkasida ikki yoki undan ortiq oilaga tegishli bo‘lgan bir nechta uy-joy qurilishiga yo‘l qo‘yiladi.
26. Yakka tartibdagi uy-joy qurilishini moliyalashtirish yakka tartibdagi uy-joyni qurayotgan shaxsning (keyingi o‘rinlarda “quruvchi” deb yuritiladi) o‘z mablag‘lari, bankning ipoteka kreditlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi buyurtmachi sifatida jalb etilganda yakka tartibda uy-joy qurilishining borishi ustidan texnik nazorat funksiyasini injiniring kompaniyasi amalga oshiradi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 26-oktabrdagi 280-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 44-son, 464-modda)
Tuman (shahar) arxitektura va qurilish organlari uy-joy qurilishida shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
28. Uy-joy qurilishi tugallangandan keyin quruvchi tuman (shahar) hokimi tomonidan uy-joyni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tashkil etiladigan qabul qilish komissiyasiga murojaat qiladi.
Qabul qilish komissiyasi joyning o‘ziga borib qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi tuzadi.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organi 10 kun muddatda yangidan qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyni texnik xatlovdan o‘tkazadi hamda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlari bilan kelishuv bo‘yicha uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasini tasdiqlash to‘g‘risida hokimning qarori loyihasini kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Uy-joylar quruvchining o‘z kuchi bilan qurilgan hollarda bitta (ikkita) turar joy xonasi, oshxona, hojatxona, uy fasadining tashqi bezagi qurilishi tamom bo‘lgandan, loyihaga muvofiq uy muhandislik kommunikatsiyalari bilan ta’minlangandan keyin alohida yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovlidagi inshootlarsiz va hududni obodonlashtirmasdan uyning bir qismini foydalanishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Tuman (shahar) hokimining qarori tegishli qaror loyihasi kiritilgandan keyin ikki kundan kechikmay qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Uy-joyga mulkchilik huquqi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin qurilgan uy-joyga mulkchilik huquqi paydo bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasidan va maqsadli ipoteka kreditidan yordamchi-xo‘jalik imoratlari bilan birga faqat uy-joy qurish uchun foydalanishga;
Keyingi tahrirga qarang.
uy-joy va yordamchi-xo‘jalik imoratlarini shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda mazkur Nizomga amal qilgan holda kelishilgan va tasdiqlangan loyihaga muvofiq qurishga;
berilgan (realizatsiya qilingan) yer uchastkasini berilgan (realizatsiya qilingan) kundan boshlab ikki yil mobaynida o‘zlashtirishni boshlashga va qurilish tugallangandan keyin bir oy mobaynida uy-joyni va unga bo‘lgan huquqni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Uy-joy quruvchilar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu maqsadlar uchun ajratilmagan yer uchastkalarida qurilgan hamda bunga zarur ruxsatnomani olmasdan yoxud shaharsozlik normalari va qoidalari jiddiy ravishda buzilgan holda tiklangan uy-joylar, boshqa imoratlar va inshootlar yoki boshqa ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. O‘zboshimchalik bilan qurish aniqlangan taqdirda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurish holati to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi.
35. Dalolatnoma tuzilishi bilan bir vaqtda tumanlar (shaharlar) arxitektura va qurilish organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilayotgan qurilishni to‘xtatish to‘g‘risida ko‘rsatma beriladi. Ko‘rsatmaning nusxasi o‘zboshimchalik bilan tiklangan imorat to‘g‘risidagi masalani keyinchalik belgilangan tartibda hal etish uchun tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi.
Huquqi buzilgan shaxsning yoxud tegishli davlat organining da’vosi bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat sudning qaroriga ko‘ra uni qurgan shaxs tomonidan yoxud uning hisobiga buzib tashlanishi kerak, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Quruvchi uy-joy qurish yoki rekonstruksiya qilishga to‘sqinlik qilayotgan mansabdor shaxslarning qonunga zid xatti-harakatlari ustidan yuqori turuvchi organga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga egadir.
37. Jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan imorat qurish masalalari bo‘yicha paydo bo‘ladigan nizolar qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Quruvchi va mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Nizom buzilganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Yakka tartibda uy-joy qurilishini tartibga solish to‘g‘risida” 1959-yil 25-dekabrdagi 970-son qarori (O‘zSSR QT, 1959-y., 18-son, 76-modda).
2. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy va oddiy qurilish sifatini yaxshilash choralari to‘g‘risida” KPSS Markaziy Komiteti va SSSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 28-may № 392 qarori” 1969-yil 21-avgustdagi 409-son qarori (O‘zSSR QT, 1969-y., 7-son, 64-modda).
3. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “SSSR Ministrlar Sovetining “Uy-joy qurilishiga ajratilayotgan kapital mablag‘lar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1981-yil 5-oktabrdagi 972-son qarori” 1981-yil 11-noyabrdagi 877-son qarori.
4. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSRda yakka tartibda uy-joy qurilishini tashkil etish va boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1988-yil 28-iyuldagi 263-son qarori (O‘zSSR QT, 1988-y., 7-son., 27-modda) va unga ilova.
5. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Hukumatining turar joy masalalariga oid ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1989-yil 24-yanvardagi 37-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
6. O‘zbekiston SSJ Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston SSJda mulkchilik to‘g‘risida” O‘zbekiston SSJ Qonuni munosabati bilan O‘zbekiston SSJ Hukumatining qarorlarini o‘zgartish va o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 1991-yil 16-fevraldagi 38-son qaroriga ilovaning 6-bandi (O‘zSSJ QT, 1991-y., 2-son, 4-modda).
7. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-oktabrdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarning 19-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibda uy-joy qurayotgan ko‘p bolali va kam daromadli oilalarni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 3-sentabrdagi 411-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 50-modda).