[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.04.00.00 Hudud / 19.04.03.00 Chegara masalalari]
[
TSZ:
1.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO ShARTNOMALARNI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
“Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining
20-moddasiga
muvofiq:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2004-yil 24-iyulda Bishkek shahrida imzolangan davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari haqidagi
Bitim
;
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2004-yil 24-iyulda imzolangan davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari haqidagi Bitimga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida 2006-yil 24-avgustda Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (V. Norov) mazkur qarorda qayd etib o‘tilgan xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani to‘g‘risida Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli bildirishnoma yo‘llasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasining ularda ko‘zda tutilgan majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi M. Atayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 28-dekabr,
PQ-544-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 511-modda)