11.11.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1639
Hujjat 21.11.2006 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida” va “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida mikrokredit tashkilotlari buxgalteriya hisobini yuritish asoslarini belgilab beradi. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.
KodNomi
10000AKTIVLAR
10100Kassadagi naqd pullar
10101Kassadagi pul mablag‘lari
10109Yo‘ldagi naqd pullar
10500Banklarga qo‘yilgan depozitlar va boshqa mablag‘lar
10503Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
10505Banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlar
10507Banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlar
10597Banklarga qo‘yilgan boshqa mablag‘lar
11100Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11103Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11105 Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11195Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
11199Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
12400 Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
12401Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
12405Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar
12409Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
12499Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
12500Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
12501Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
12505Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar
12509Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
12599Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
12700Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
12701Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
12705Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar
12709Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
12799Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
14800Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
14801Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
14809Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
14899Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
14900Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
14901Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
14909Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
14999Yakka �artibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
15100Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
15101Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
15109Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
15199Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
15600Mikrolizing (moliyaviy ijara)
15607Mikrolizing
15617Muddati o‘tgan mikrolizing
15619Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing
15699Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
15700Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
15701Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar
15703Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar
15707Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar
15709Sud jarayonidagi mikrolizing
15799Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
16300Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16301Banklardagi depozitlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16307Mikroqarzlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16309Mikrokreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
16323Mikrolizing (Moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar
16397Boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar (vositachilik haqi)
16500Asosiy vositalar
16501Yer
16505Tugallanmagan qurilishlar
16509Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari
16511Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16515Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
16519Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16529Transport vositalari
16531Transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16535Mebel, moslama va jihozlar
16539Mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16549Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
16551Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16561Ombordagi asosiy vositalar
16563Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16600Nomoddiy aktivlar
16601Nomoddiy aktivlar
16605Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
16609O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
16617Gudvill
16699O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
16700Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar
16701Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar
16707Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi
16799Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
19900Boshqa aktivlar
19901Mayda xarajatlar
19905Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan mulklar va mulkiy huquqlar
19907Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
19908Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi undirib olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
19909Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i
19911Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
19921Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
19925Oldindan to‘langan xarajatlar
19931Muddati uzaytirilgan soliqlar
19941Tugatilgan va tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
19945Tugatilgan va tugat�lish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
19995Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
19997Boshqa aktivlar
19999Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
20000MAJBURIYATLAR
21600Olingan qisqa muddatli kreditlar
21606Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar
21610Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
21614Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar
21618Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
21622Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
21626Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
21696Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
22000Olingan uzoq muddatli kreditlar
22006Banklardan olingan uzoq muddatli k�editlar
22010Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar
22014Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar
22018Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
22022Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
22026Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
22096Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
22100Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha majburiyatlar
22102Banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22104Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22400To‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
22408Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar
22410Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
22496Boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
22500Hisoblangan soliqlar
22502Hisoblangan daromad(foyda) soliqlari
22504Hisoblangan boshqa soliqlar
22506To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar
22508Muddati uzaytirilgan soliqlar
22510Nafaqa (pensiya) fondi bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar
22512Bandlik fondi va boshqa fondlar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar
22800Muddati uzaytirilgan daromadlar
22812Kelgusi davr foizli daromadlari
22896Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
29800Boshqa majburiyatlar
29801Mijozlar bilan hisob-kitoblar
29802Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar
29803Mikrokredit tashkilotlari xodimlari bilan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
29805Ijara (operatsion ijara) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
29896Boshqa majburiyatlar
30000KAPITAL
30300Mikrokredit tashkilotining ustav kapitali
30301Ustav kapitali
30900Zaxira kapitali
30903Umumiy zaxira fondi
30905Tekinga olingan mulklar
30908Boshlang‘ich qiymatga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
31200Taqsimlanmagan foyda
31203Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
31206Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
31700Grant mablag‘lari
31701Grant mablag‘lari
40000DAROMADLAR
40400Banklardagi depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40401Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40403Banklardagi jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40405Banklardagi muddatli depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40407Banklardagi boshqa mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlar
42000Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42001Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42005Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42009Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42101Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42300Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42301Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42305Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42309Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44200Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
44201Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
44209Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
44300Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44301Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44309 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44500Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44501Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44509Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44700Sud jarayonidagi mikroqarzlar va mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44701Sud jarayonidagi mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
44703Sud jarayonidagi mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar.
44900Boshqa foizli daromadlar
44901Boshqa foizli daromadlar
45100Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha foizli daromadlar
45105Mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117Muddati o‘tgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
45121Sud jarayonidagi mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
45200Foizsiz daromadlar
45201Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
45217Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar- Faktoring
45900Boshqa foizsiz daromadlar
45901Asosiy vositalarning ijarasi bo‘yicha olingan daromadlar
45909Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45913Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45921Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi
45994Boshqa foizsiz daromadlar
50000XARAJATLAR
53100Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53101Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar
53105Davlat maqsadli jamg‘armalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar
53109Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53113Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa mudddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53117Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53121Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100Uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54101Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54105Davlat maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54109Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54113Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54117Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54121Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54900Boshqa foizli xarajatlar
54902Boshqa foizli xarajatlar
55100Foizsiz xarajatlar
55106Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari
55600Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55602Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
55900Boshqa foizsiz xarajatlar
55902Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55906Boshqa xususiy mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55995Boshqa foizsiz xarajatlar
56100Mikrokredit tashkiloti xodimlarining ish haqi va ular uchun qilingan boshqa xarajatlar
56102Ish haqi
56106Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar
56110Tibbiy, stomatologik xizmatlar va shifoxonada davolash uchun xarajatlar
56114Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
56118Ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar
56122Bandlik fondi va boshqa fondlar uchun badallar
56195Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun �ilingan boshqa xarajatlar
56200Ijara va saqlash (ta’minot) xarajatlari
56202Ijara to‘lovi
56206Suv to‘lovi
56210Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari
56214Ta’mirlash va ta’minot xarajatlari
56218Qo‘riqlash xizmati xarajatlari
56300Xizmat safari va transport xarajatlari
56302Xizmat safari xarajatlari
56306Xizmat safari vaqtidagi kunlik xarajatlar
56310Mikrokredit tashkiloti mulkini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan (Fraxt) xarajatlar
56314Yoqilg‘i xarajatlari
56400Ma’muriy xarajatlar
56402Reklama va e’lon xarajatlari
56406Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari
56410Pochta, telefon, faks bo‘yicha xarajatlar
56414Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar
56600Eskirish xarajatlari
56602Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi
56610Transport vositalarining eskirish summasi
56614Mebel va jihozlarning eskirish summasi
56618Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi
56622Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi
56626Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi
56630Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi
56700Sug‘urta, soliq va boshqa xarajatlar
56702Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari
56706Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun to‘lov xarajatlari
56710Sug‘urta xarajatlari
56714Soliq (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar
56718Jarima va penya xarajatlari
56722Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
56795Boshqa operatsion xarajatlar
56800Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56802Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56814Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56830Asosiy vositalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56832Nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56834Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56838Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56840Hisoblangan foizsiz daromadlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56842Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56895Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56900Daromad solig‘ini baholash
56902Daromad solig‘ini baholash
90000KO‘�DA TUTILMAGAN HOLATLAR
90900Savdoga oid moliyalashlar
90966Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
90993Kafolat va kafilliklar
91500Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
91501Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar
91505Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
91700Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit i mikrolizing berish majburiyati
91709Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyati
91800Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing majburiyatlari
91816Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati
91900 Qarzdorlarning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing majburiyatlari
91901Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari
91905Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari
94500Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar
94501Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar
94502Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar
94503Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
95400Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
95413Hisobdan chiqarilgan mikrozqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
95497Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
96300Ko‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari
96331Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96335Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96337Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96345Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96349Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96351Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96358Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96381Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96397Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
Keyingi tahrirga qarang.
KodNomi
10000AKTIVLAR
10100KASSADAGI NAQD PULLAR
10101Kassadagi pul mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining kassasidagi banknot va tangalar ko‘rinishidagi naqd pul mablag‘larining hisobi yuritiladi. Kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tartibga solinadi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kassasiga kelib tushgan pul mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining kassasidan to‘langan pul mablag‘lari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiriladigan ortiqcha pul mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
10109Yo‘ldagi naqd pullar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yo‘ldagi naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida bankka va boshqa kredit tashkilotlariga jo‘natilgan naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qabul qiluvchi bank tomonidan ularning kassaga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomasi asosida naqd pul, chek va boshqa to‘lov hujjatlari summasini hisobdan chiqarish amalga oshiriladi.
Tahliliy hisob qabul qiluvchi bank bo‘yicha, shuningdek, naqd pullar, cheklar va boshqa to‘lov hujjatlari turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10500BANKLARGA QO‘YILGAN DEPOZITLAR VA BOShQA MABLAG‘LAR
10503Banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10505Banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan jamg‘arma depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida jamg‘arma depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
10507Banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan muddatli depozitlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida muddatli depozitlarning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob banklar va depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib bor�ladi.
10597Banklarga qo‘yilgan boshqa mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan, mikrokredit tashkilotining banklarga qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning debetida banklarga qo‘yilgan boshqa mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa mablag‘larning hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank va depozitlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11100SOTIB OLINGAN DEBITORLIK QARZLARI — FAKTORING
11101Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari — jo‘natilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z mijozlari (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan inkassoga qo‘yilgan to‘lov talabnomalarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan mijozlarning debitorlik qarzlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan debitorlik qarzlarining qiymati, qayta tasniflangan va 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlarga o‘tkazilgan, shuningdek, boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11103Muddati o‘tgan sotib olingan debi�orlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: belgilangan qoidalarga muvofiq muddati o‘tgan deb tasniflangan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘idan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlarining summasi, shuningdek qayta tasniflangan va 11105 — “Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan sotib olingan muddati o‘tgan debitorlik qarzlarining qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11105Sud jarayonidagi sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan sud jarayonidagi debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 11101 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring”, 11103 — “Muddati o‘tgan sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq va/yoki to‘lanmagan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan qoplangan yoki hisobdan chiqarilgan debitorlik qarzlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11195Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq nominal qiymati bilan sotib olish narxi o‘rtasidagi salbiy farq, ya’ni dis�ont hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining debitorlik qarzini uning to‘liq nominal qiymatidan past narxda sotib olgandagi diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida diskont amortizatsiyasi, shuningdek, qarzdor tomonidan debitorlik qarzlarini qisman yoki to‘liq qoplash natijasida yoki boshqa shaxslar hisobiga kechib yuborilganda hisobdan chiqarilgan diskont summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11199Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
qarzdordan summa undirib olinmagan va/yoki baholashda summa undirib olinishiga shubha tug‘ilgan hollarda sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12400JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR
12401Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12405Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 12409 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar”, 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar”, 14809 — “Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan jismoniy shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, mikroqarzlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12409Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikroqarz shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12401 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12499 — “Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12499Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12500YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR
12501Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12505Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan (qoplanmagan) qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12509 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 14909 — “Yakka tartibdagi tarbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatida to‘lanmagan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, mikrokreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12509Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12501 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summ?�i aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash 12599 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12599Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12700YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR
12701Yuridik shaxslarga berilgan qisqa mu�datli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha jismoniy shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12705Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 12709 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar”, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar”, 15109 — “Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan yuridik shaxslarga berilgan muddatida to‘lanmagan barcha mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan hamda qarzdorlar tomonidan to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12709Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12701 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12799 — “Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan qoplangan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12799Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14800JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR
14801Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqninng ta’rifi:
berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga jismoniy shaxslarga berilgan mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14809Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikroqarz shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14801 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar” va 12405 — “Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14899 — “Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan mikroqarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14899Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14900YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR
14901Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqninng ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14909Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14901 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12505 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan m�krokreditlar” hisobvaraqlaridan mazkur hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14999 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14999Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15100YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR
15101Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqninng ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuridik shaxslarga berilgan mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15109Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar” va 12705 — “Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrokreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 — “Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idan chiqarilgan mikrokreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15199Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki za�iraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikrokredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15600MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA)
15607Berilgan mikrolizing
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan mikrolizing bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrolizing bo‘yicha sof investitsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy qarz so‘ndirilganda kelib tushgan pul mablag‘lari, shuningdek 15617 — “Muddati o‘tgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlariga hamda Markaziy bank me’yoriy hujjatlarida ko‘zda tutilgan boshqa hisobvaraqlarga o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15617Muddati o‘tgan mikrolizing
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrolizing bo‘yicha muddati o‘tgan qarz hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Berilgan mikrolizing” va 15619 — “Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikrolizing bo‘yicha asosiy qarz summasi bo‘yicha vujudga kelgan muddati o‘tgan qarz summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrolizing oluvchi yoki uchinchi shaxs tomonidan to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va boshqa toifaga o‘tkazilgan va\yoki 15699 — “Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan summa aks ettiril�di.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15619Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrolizing shartnomasi va unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan mikrolizing hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan 15607 — “Berilgan mikrolizing” va 15617 — “Muddati o‘tgan mikrolizing” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrolizing bo‘yicha to‘langan qarz summasi, qayta tasniflangan va/yoki 15699 �� “Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” (kontr-aktiv) hisobvaraqni debetlash orqali hisobdan chiqarilgan smma aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15699Mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan mikrolizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15700SUD JARAYoNIDAGI MIKROQARZLAR, MIKROKREDITLAR VA MIKROLIZINGLAR
15701Jismoniy shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikroqarzlar
15703Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar
15707Yuridik shaxslarga berilgan sud jarayonidagi mikrokreditlar
15709Sud jarayonidagi mikrolizing
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: sud ishi qo‘zg‘atilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida undirib olingan va/yoki 15799 — “Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘idagi zaxiralar hisobidan qoplangan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizingning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15799Sud jarayonidagi mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqni�g kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16300OLINIShI LOZIM BO‘LGAN HISOBLANGAN FOIZLAR
16301Banklardagi depozitlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining banklardagi depozitlari va boshqa hisobvaraqlari bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16307Mikroqarzlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikroqarzlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16309Mikrokreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrokreditlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16323Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan mikrolizinglar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16397Boshqa olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar (vositachilik haqi)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan mijozlarga berilgan boshqa majburiyatlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar (vositachilik haqi) summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan (qoplangan) va/yoki hisobdan chiqarilgan, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlar (vositachilik haqi)ning qaytarilish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16500ASOSIY VOSITALAR
16501Yer
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq, mikrokredit tashkilotlariga foydalanish uchun berilgan yoki foydalanish huquqi bilan sotib olingan yer qiymati hisobi olib boriladi. Yerni sotib olishda qo‘shimcha xarajatlar, ya’ni ko‘chmas mulk bo‘yicha vositachilik haqlari, yuridik xizmat to‘lovlari, sotib olishdagi soliqlar, yerni tozalash va tekislash, drenaj qiymatlari ham yerning qiymati singari hisobvaraqning debetida aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan yerning yer kadastri ma’lumotlariga ko‘ra qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir yer maydoni (uchastkasi) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16505Tugallanmagan qurilishlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
binolarni, inshootlarni qurish, jihozlarni o‘rnatish va boshqa asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha xarajatlar bilan birga barcha xarajatlar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida asosiy vositalarni rekonstruksiya qilish yoki qayta tiklash, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati, shuningdek, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zarar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16509Mikrokredit tashkiloti binolari va boshqa imoratlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan, unga tegishli binolarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona, o‘quv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) va boshqa inshootlarning qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino(inshoot)lar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16511Mikrokredit tashkilotining binolari va boshqa imoratlarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobraqamning ta’rifi: bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish va qadrsizlanish natijasidagi yig‘ilgan zararlar summasi hisobga olinadi. Bunda qonunchilikda o‘rnatilgan me’yor va eskirishni hisoblashning qabul qilingan metodlaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bino va boshqa inshootlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino (inshoot) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16515Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan lizing (moliyaviy ijara)ga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning va moliyaviy ijara va/yoki operatsion ijara bo‘yicha foydalanilayotgan ijara mulkini takomillashtirish xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijaraga olish huquqi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek, ijaraga olinadigan obyektlarni rekonstruksiyalash va takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan asosiy vositalarning ijara muddati tugagach yoki ijara huquqi bekor qilingan taqdirda lizing beruvchiga qaytarilgan yoki asosiy vositalarning ijara muddati tugagandan keyin mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va sotilgan va/yoki qayta tasniflangan ijaraga olingan mulkni takomillashtirish bilan bog‘liq qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16519Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalar (bino, inshoot, yer, transport va boshqalar)ning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga olingan obyektlarning eskirish summasi, qadrsizlanish natijasidagi vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga olingan obyektlarning ijara muddati tugashi yoki ijara huquqining bekor qilinishi bilan lizing beruvchiga qaytarilgan yoki ijara muddati tugashi bilan mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olinganda yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijaraga olingan obyekt bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16529Transport vositalari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti ishida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalari (avtomashina, yuk mashinalari va boshqa harakatlanuvchi vositalar)ning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida transport vositalarining ularni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasining turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16531Trasport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida transport vositalarining eskiri� summasi, qadrsizlanish natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan transport vositalarining yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir transport vositasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16535Mebel, moslama va jihozlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyati uchun sotib olingan mebellar, kompyuterlar, binolar uchun moslamalar, ofis uchun va boshqa uskunalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mebel, moslama va jihozlarni sotib olish, olib kelish, o‘rnatish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va uskunalarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16539Mebel, moslama va boshqa jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan ish faoliyatida foydalanish uchun sotib olingan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida mebel, moslama va jihozlarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan mebel, moslama va jihozlarning yig‘ilgan eskirish summasi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16549Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning (ko‘chmas mulkdan tashqari) qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘chmas mulkdan tashqari ijaraga berilgan asosiy vositalarning qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ijara muddati tugashi va/yoki ijara shartnomasi bekor qilinishi natijasida qaytarilgan asosiy vositalarning qiymati, shuningdek, ijara muddati tugagandan keyin ijarachi olgan asosiy vositalarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16551Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning maqsadi:
operatsion ijara bo‘yicha ijaraga berilgan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va ularning qadrsizlanishi natijasida yig‘ilgan zararlar summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirishini baholash summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijaraga berilgan, ijara muddati tugashi yoki ijara huquqi bekor qilinishi natijasida qaytariladigan, yoki muddati tugashi bilan ijarachi tomonidan sotib olinadigan asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi so‘ndiriladi, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijaraga berilgan har bir asosiy vosita bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16561Ombordagi asosiy vositalar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda ekspluatatsiyaga kiritilgunga qadar hamda ekspluatatsiyadan chiqarilgandan keyin saqlanadigan asosiy vositalarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan va omborda saqlanadigan asosiy vositalar deb aks ettiradigan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga kiritilgan yoki hisobdan chiqarilgan asosiy vositalarning qiymati hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir asosiy vosita turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16563Ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasi(kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
ombordagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida omborda asosiy vositalarning eskirish qiymati va qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zarar hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga beriladigan, sotish va\yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarishdagi asosiy vositalarning yig‘ilgan eskirish summasining hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ombordagi asosiy vositalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16600NOMODDIY AKTIVLAR
16601Nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: dasturiy ta’minot, mualliflik huquqi va patent kabi nomoddiy aktivlarning qiymati hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek ekspluatatsiyaga tayyor nomoddiy aktivlarning qiymati va qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16605Nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish summasi va qadrsizlanish natijasida yig‘ilgan zararlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida nomoddiy aktivlarning amortizatsiya summasi, qadrsizlanish natijasida ko‘rilgan zararlar, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning yig‘ilgan eskirish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16609O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan, o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga tayyor bo‘lmagan nomoddiy aktivlarning o‘rnatish va\yoki yaratish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni hisobga olgan holdagi qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida ekspluatatsiyaga berilayotgan, sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati, shuningdek, qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16617Gudvill
Hisobvaraqning ta’rifi:
xo‘jalik subyektlarining qo‘shilishi yoki qo‘shib olinishi natijasida vujudga keluvchi gudvill hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xo‘jalik subyektlarining qo‘shilish yoki qo‘shib olinishi natijasida sotib olingan sof aktivlarining xarid qilish bahosini ularning haqiqiy bahosidan oshiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida gudvillning qadrsizla�ishi va\yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik subyekti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16699O‘rnatish va yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
o‘rnatish va/yoki yaratish jarayonidagi nomoddiy aktivlar qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qadrsizlanishi natijasida vujudga kelgan zararlar va qayta baholash bo‘yicha kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ekspluatatsiyaga berilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan nomoddiy aktivlarning qadrsizlanishi bo‘yicha zararlarni hisobdan chiqarish hamda qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob nomoddiy aktivlarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16700KO‘ChMAS MULK VA BOShQA XUSUSIY MULKLAR
16701Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit va mikrolizingning sof balans qiymatidan yoki qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan mulkning haqiqiy qiymatidan qaysi biri kichik bo‘lsa, shu qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilgan, dispozitsiya qilingan va/yoki qayta tasniflangan mulklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulklarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16707Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga olingan mulkka egalik huquqini qo‘llagan holda qarzdorlar va mikrolizing oluvchilardan undirib olingan, mikrokredit tashkiloti faoliyatida yoki ko‘chmas mulkka qilingan investitsiya sifatida foydalanilmaydigan boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ko‘�mas mulk va boshqa xususiy mulklarning yig‘ilgan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida sotilayotgan yoki\va boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilayotgan ko‘chmas mulklarning eskirish qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16799Ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: ko‘chmas mulk va boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19900BOShQA AKTIVLAR
19901Mayda xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
o‘rnatilgan tartibda mayda xarajatlar uchun beriladigan hisobdorlik summalari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida mayda xarajatlar uchun hisobdorlik sifatida berilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilmagan mablag‘larning qaytarilishi, shuningdek, hisobdorlikdagi summalarning qoplanishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir hisobdor shaxs bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19905Olingan kreditlar bo‘yicha garovga qo‘yilgan mulklar va mulkiy huquqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: o�ingan kreditlar bo‘yicha mikrokredit tashkiloti tomonidan garovga qo‘yilgan mulklar va mulkiy huquqlarning hisobi yuritiladi.
Hisorbvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan kreditlarning ta’minoti sifatida qo‘yilgan mulklar va mulkiy huquqlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kreditor tomonidan qaytarilmagan kreditni qoplash uchun foydalanilgan summa, shuningdek, kreditni qoplashdagi va kredit shartnomasi muddati tugagandagi mulk qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir garovga qo‘yilgan mulklar va mulkiy huquqlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19907Xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan (1 yildan oshmagan) xarajatlar (pochta, telegraf, telefon aloqasi, suv, elektr toki, gaz, ta’mirlash va boshqalar uchun avans) to‘lovlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xizmatlar haqiqatda bajarilgandagi to‘lanadigan va hisobdan chiqariladigan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19908Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga xizmat safari xarajatlari uchun avanslar, ortiqcha hisoblangan ish haqi yoki mukofot (badal) tariqasida to‘langan mablag‘, shuningdek javobgar shaxs tomonidan yetkazilgan zarar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida xodimlarga hisoblangan va to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan va to‘langan summalarni qoplash aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xodim uchun alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19909Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar hisobvarag‘i
Hisobvaraqning ta’rifi: moddiy-tovar qimmatliklar (bu qoidaga muvofiq, asosiy vositalar, kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar uchun va boshqa moddiy-tovar qimmatliklar uchun avans to‘lovlaridir) uchun o‘tkaziladigan mablag‘lar hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida moddiy-tovar qimmatliklar uchun o‘tkazilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida moddiy-tovar qimmatliklar omborga kirim qilinganda to‘lanadigan yoki hisobdan chiqariladigan aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19911Olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkiloti tomonidan undirib olinmasligi mumkin bo‘lgan debitorlik qarzlari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir debi�or bo‘yicha alohida shaxsiy hisob²araqlarda olib boriladi.
19921Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa qimmatliklar
Hisob varaqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan va omborda saqlanayotgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, shuningdek, boshqa qimmatliklar, shu jumladan mikrokredit tashkilotini�g bino va boshqa asosiy vositalarini ta’mirlash uchun mo‘ljallangan materiallar hisobi olib boriladi.
Hisob raqamning debetida sotib olingan va omborga kirim qilingan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar hamda boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Hisob raqamning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki foydalanishga berilgan kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar va boshqa qimmatliklarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob kam baholi va tez eskiruvchi predmetlar, shuningdek, boshqa qimmatliklarning turlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
19925Oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan joriy hisobot davri davomida kelgusi hisobot davri uchun oldindan to‘langan xarajatlari (davriy nashrlarga yillik obunalar, oldindan to‘langan sug‘urta to‘lovlari, ijara to‘lovlar va boshqalar)
Hisobvaraqning debetida kelgusi hisobot davridagi xarajatlar uchun oldindan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlariga o‘tkazilgan xarajatlarning amalda qoplangan summasi va oldindan to‘langan xarajatlarning qaytarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisobvaraq xarajatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19931Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oldindan bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati uzaytirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)ga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud bo‘lgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, leki� kelgusi davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)ni aniqlashda chegirib tashlanadigan daromad (foyda) solig‘idir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19941Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining, tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlari va boshqa mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi depozitlari va boshqa mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mablag‘lari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklarning mablag‘lari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19945Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan depozitlari va boshqa mablag‘lari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning deb�tida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19995Sud jarayonidagi boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining sud jarayonidagi aktivlari hisobi olib boriladi (mikrokredit tashkilotining javobgar shaxsi tomonidan yetka zilgan moddiy zararlar, noqonuniy berilgan pul mablag‘lari va boshqalar).
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni sababli qayta tasniflangan va tegishli asosiy hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirilgan va/yoki zararlarni qoplash zaxirasi hisobiga 19999 — “Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19997Boshqa aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining yuqorida ta’riflangan aktivlarga mos tushmaydigan boshqa aktivlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aktivlar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, sotilgan yoki dispozitsiya qilingan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob aktivlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19999Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi:
alohida “Zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘larida ko‘zda tutilmagan aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir aktiv turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20000 MAJBURIYATLAR
21600 OLINGAN QISQA MUDDATLI KREDITLAR
21606Banklardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha banklardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21610Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks et�iriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahlil”iy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21614Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan kredit uyushmalari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21618Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21622Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shar�nomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21626Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha chet ellik investorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
21696Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22000 OLINGAN UZOQ MUDDATLI KREDITLAR
22006Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yil muddatgacha banklar olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22010Davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga davlatning maqsadli jamg‘armalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22014Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, shu jumladan kredit uyushmalari, lombard va lizing kompaniyalaridan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettirladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22018Nodavlat notijorat tashkilotlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga no�avlat notijorat tashkilotlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22022Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga xalqaro moliyaviy institutlardan olingan kredit (shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlarning summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22026Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet ellik investorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettirladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22096Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’r�fi: olingan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga yuqorida ko‘rsatilgan ta’riflarga mos tushmaydigan kreditorlardan olingan kredit(shuningdek, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan kreditlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22100LIZING (MOLIYAVIY IJARA) BO‘YIChA MAJBURIYATLAR
22102Banklar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
22104Boshqa lizing beruvchilar oldidagi lizing bo‘yicha majburiyatlar
Yuqoridagi hisobvaraqlar o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lgani uchun ularning ta’rifi umumlashtirilgan holda berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: lizing bo‘yicha majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida lizingga berilgan mulkning haqiqiy qiymati bilan minimal lizing to‘lovlarining qaysi birining qiymati kichik bo‘lsa, o‘sha summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha majburiyatlarning kamaygan summasi hisobi yuritiladi.
Tahliliy hisob har bir lizing beruvchi bo‘yicha lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22400TO‘LANIShI LOZIM BO‘LGAN HISOBLANGAN FOIZLAR
22408Lizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobv�raqning ta’rifi: lizing bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida lizing to‘lovlari jadvali bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22410Olingan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlarining kredit majburiyatlari (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22496Boshqa majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan majburiyatlar bo‘yicha hisoblangan, lekin to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22500HISOBLANGAN SOLIQLAR
22502Hisoblangan daromad (foyda) soliqlari
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan daromad (foyda) soliqlari (daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va qonunchilikka muvofiq ravishda boshqa shu kabi soliqlar)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan joriy daromad (foyda) soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan daromad (foyda) soliqlari summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan daromad (foyda) soliqlari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22504Hisoblangan boshqa soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan soliq (daromad (foyda) solig‘idan tashqari)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlarning hisobdan chiqarilgan summasi, shuningdek, noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob soliqlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22506To‘lash uchun ushlab qolingan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining xodimlaridan ushlab qolgan va budjet daromadiga o‘tkaziladigan soliqlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida ushlab qolinadigan soliqlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida budjetga o‘tkazilgan soliqlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir soliq turi bo‘yicha alohida shaxsiy his�bvaraqlarda olib boriladi.
22508Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan daromad soliqlari hisobga olinadi. Muddati uzaytirilgan daromad solig‘i bu, joriy davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)dan chegirib tashlanadigan, lekin kelgusi davrning soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)ga kiritiladigan vaqtinchalik farqlarni qo‘shgan holda kelgusi davrda to‘lanadigan daromad(foyda) solig‘idir. Bu buxgalteriya foydasi bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning kreditida hisoblangan muddati uzaytirilgan daromad soliqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida muddati uzaytirilgan daromad soliqlarning kamaygan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
22510Nafaqa (pensiya) fondi bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkiloti tomonidan Nafaqa fondiga o‘tkaziladigan tegishli ijtimoiy to‘lovlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkiloti tomonidan ijtimoiy to‘lovga o‘tkaziladigan tegishli mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy to‘lovga o‘tkazilgan tegishli mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22512Bandlik fondi va boshqa fondlar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan qonunchilikka muvofiq Bandlik fondiga, Kasaba uyushmasi Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy sug‘urta budjetiga va boshqa fondlarga o‘tkaziladigan tegishli to‘lovlar hisobi olib �oriladi.
Hisobvaraqning kreditida Bandlik fondi va boshqa fondlarga o‘tkaziladigan tegishli to‘lovlar summas� aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Bandlik fondi va boshqa fondlarga o‘tkazilgan tegishli to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir fond va to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22800 MUDDATI UZAYTIRILGAN DAROMADLAR
22812Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkaziladigan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan olingan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkazilgan ishlab topilgan foizlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, haqiqiy xizmat ko‘rsatilguniga qadar mikrokredit tashkiloti daromadi sifatida aks ettirish mumkin bo‘lmagan, majburiyat sifatida aks ettirib turiladigan boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar (foizli daromadlar mustasno), ijara bo‘yicha olingan bo‘nak va boshqa foizsiz operatsiyalar pul mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan bo‘nak pul mablag‘larining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkiloti daromadiga o‘tkazilgan ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29800BOShQA MAJBURIYATLAR
29801Mijozlar bilan hisob-kitoblar
Hisobvaraqning maqsadi: mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha turli to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida belgilangan maqsadi bo‘yicha mablag‘larni hisobdan chiqarish aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29802Tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanadigan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar (elektr, suv, gaz va boshqalar) uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida tovar-moddiy qimmatliklar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kreditor va/yoki to‘lovlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29803Mikrokredit tashkiloti xodimlari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblardagi to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam, band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29805Ijara (operatsion ijara) bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: operatsion ijara bo‘yicha hisoblangan majburiyatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan (xarajat) summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida operatsion ijara bo‘yicha to‘lash uchun hisoblangan summaning to‘langan yoki hisobdan chiqarilgan summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ijara beruvchi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29896Boshqa majburiyatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mablag‘lar kelib tushishi aks ettiriladi.
Hisob²araqning debetida mablag‘larning hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob operatsiyalar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30000 KAPITAL
30300MIKROKREDIT TAShKILOTINING USTAV KAPITALI
30301Ustav kapitali
Hisobvaraqning ta’rifi: ustav kapitalining ta’sis hujjatlarida belgilangan umumiy ulushlarning (pul ifodasida) yig‘indisi hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida ta’sischilardan olingan ulushlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotidan chiqib ketayotgan ta’sischilarga qaytarilgan ulushlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir ta’sischi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
30900 ZAXIRA KAPITALI
30903Umumiy zaxira fondi
Hisobvaraqning ta’rifi: o‘rnatilgan tartibga muvofiq, umumiy maqsadlar uchun mikrokredit tashkilotining taqsimlanmagan foydasi hisobidan ajratilgan mablag‘lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yil oxirida foydadan umumiy zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘larning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida umumiy zaxira fondidan ma’lum maqsadlar uchun hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir maqsadlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
30905Tekinga olingan mulklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining ta’sischilaridan tekinga olingan mulklar qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tekinga olingan mulklar qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa shaxslardan mulklarni tekinga olish (oldin tekinga olingan) natijasida ko‘rilgan zararni qoplashga yo‘naltirilgan, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
30908Boshlang‘ich qiymatiga nisbatan baholash qiymatining oshgan summasi
Hisobvaraqning maqsadi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari bozor q�yma�ining sezilarli o‘sishi natijasida boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qiymatining oshgan miqdori hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining asosiy vositalari va nomoddiy aktivlari qiymatining balans qiymatiga nisbatan oshgan miqdori aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida baholanayotgan asosiy vosita va nomoddiy aktiv sotilganda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilganda, ular qiymatining oshgan miqdori, shuningdek, mikrokredit tashkilotining asosiy vositasi va nomoddiy aktivi qiymatining balans qiymatiga nisbatan pasayib ketishi va o‘rnatilgan tartibga muvofiq, taqsimlanmagan foyda hisobiga o‘tkazilgan summalar hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir baholangan asosiy vosita va nomoddiy aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
31200 TAQSIMLANMAGAN FOYDA
31203Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining o‘tgan moliyaviy faoliyati davomida olgan taqsimlanmagan foydasi (zarari)ning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokredit tashkilotining 31206-hisobvaraqdan o‘tkazilgan sof foydasi hamda zaxira kapitalidan taqsimlanmagan foydaga o‘tkazilgan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida taqsimlanmagan foyda hisobidan har xil fondlar uchun ajratmalar, 31206-hisobvaraqdan o‘tkazilgan zararlar summasi, shuningdek, ta’sischilar qarori bilan mikrokredit tashkilotining ustav kapitaliga qilingan qayta investitsiya (reinvestitsiya)lash summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda yuritiladi.
31206Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: hisobot yilida mikrokredit tashkiloti moliyaviy faoliyatining natijalarida olingan sof foyda (zarar)larning summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobot yilida mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan foyda, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hisobot yilida mikrokredit tashkiloti tomonidan ko‘rilgan zararlar, 31203 — “Taqsimlanmagan foyda (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkazilgan foydalar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob sof foyda hisobi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
31700GRANT MABLAG‘LARI
31701Grant mablag‘lari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining xususiy kapitaliga yo‘naltiriladigan va mikrokredit tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish manbai sifatida qaraladigan grant mablag‘lari summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan grant mablag‘lari summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining turli fond va zaxira (rezerv)larini oshirish uchun yo‘naltirilgan summalar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
40000DAROMADLAR
40400BANKLARDAGI DEPOZITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
40401Banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40403Banklardagi jamg‘arma depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40405Banklardagi muddatli depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar
40407Banklardagi boshqa mablag‘lar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining boshqa banklardagi talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘arma, muddatli va boshqa depozitlari bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida kelib tushgan hamda depozitlar bo‘yicha banklardan olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi hamda moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
42000 JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROQARZLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
42001Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42005Jismoniy shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42009Jismoniy shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
42100 YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
42101Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42105Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42109Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42300 YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN QISQA MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
42301Yuridik shaxslarga berilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42305Yuridik shaxslarga berilgan muddati o‘tgan mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
42309Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44200 JISMONIY ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROQARZLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44201Jismoniy shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
44209Jismoniy shaxslarga beri”gan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
44300 YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44301Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44309Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44500 YuRIDIK ShAXSLARGA BERILGAN UZOQ MUDDATLI MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44501Yuridik shaxslarga berilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
44509Yuridik shaxslarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: yuridik va jismoniy shaxslarga, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar bo‘yicha kelib tushgan, shuningdek, olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotning moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44700 SUD JARAYoNIDAGI MIKROQARZLAR VA MIKROKREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
44701Sud jarayonidagi mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sud jarayonidagi mikroqarzlar bo‘yicha foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44703Sud jarayonidagi mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: sud jarayonidagi mikrokreditlar bo‘yicha foizli daromadlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mikrokreditlar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan foizlarning summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
44900BOShQA FOIZLI DAROMADLAR
44901Boshqa foizli daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining hisoblangan foizli daromadlari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan hamda olinishi lozim bo‘lgan boshqa foizli daromadlar summasi aks ettiriladi
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri hisoblangan yoki olingan daromadlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45100MIKROLIZING (MOLIYAVIY IJARA) BO‘YIChA FOIZLI DAROMADLAR
45105Mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
45117Muddati o‘tgan mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
45119Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizing bo‘yicha foizli daroma�lar
45121Sud jarayonidagi mikrolizing bo‘yicha foizli daromadlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan muddatli, muddati o‘tgan va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikrolizinglar hamda sud jarayonidagi mikrolizinglar bo‘yicha ishlab topilgan foizli daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida ishlab topilgan foizli daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki olingan foizlarning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45200FOIZSIZ DAROMADLAR
45201Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik uchun olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar, mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarni rasmiylashtirish, axborot va konsalting hamda boshqa xizmatlarni taqdim qilishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi
Hisobvaraqning kreditida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ishlab topilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45217Sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar — Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotlari tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlari bo‘yicha daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdor tomonidan sotib olingan debitorlik qarzini qoplashda, ishlab topilgan daromad summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan daromadlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan daromadlar summasi aks ettiriladi.
45900 BOShQA FOIZSIZ DAROMADLAR
45901Asosiy vositalarning ijarasi bo‘yicha olingan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotlari tomonidan asosiy vositalar obyektini va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida asosiy vositalar obyektini va boshqa xususiy mulklarini ijaraga berishdan olingan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan yoki hisoblangan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45909Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
45913Boshqa xususiy mulklar/aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlarining asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqlarning kreditida asosiy vositalarini va boshqa xususiy mulklar/aktivlarini sotish yoki dispozitsiya qilishdan olingan foyda summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45921Hisobdan chiqarilgan mablag‘larning qaytarilishi
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlarining ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlarining va tashkil etilgan zaxiralarining qaytarilish summasini hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida ilgari hisobdan chiqarilgan aktivlar bo‘yicha kelib tushgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
45994Boshqa foizsiz daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlariga mos tushmaydigan mikrokredit tashkilotlarining foizsiz daromadlari (jarima, penya va boshqalar) hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, kelib tushgan foizsiz daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkilotining moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
50000XARAJATLAR
53100QISQA MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR
53101Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha banklarga to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar
53105Qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan foizli xarajatlar
53109Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53113Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan qisqa mudddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53117Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53121Chet ellik investorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
53195Boshqa kreditorlardan olingan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54100UZOQ MUDDATLI KREDITLAR BO‘YIChA FOIZLI XARAJATLAR
54101Banklardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54105Davlat maqsadli jamg‘armalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54109Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54113Nodavlat notijorat tashkilotlaridan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54117Xalqaro moliyaviy institutlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54121Chet ellik investorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
54195Boshqa kreditorlardan olingan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha foizli xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: banklardan, davlatning maqsadli jamg‘armalaridan, bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalardan, nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro moliyaviy institutlardan, chet ellik investorlardan va boshqa kreditorlardan olingan kreditlar (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiyalar) bo‘yicha mikrokredit tashkilotining foizli xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek kreditlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi
54900BOShQA FOIZLI XARAJATLAR
54902Boshqa foizli xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizli xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek, boshqa majbu riyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim �o‘lgan hisoblangan foizli xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan va/yoki to‘langan foizlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55100FOIZSIZ XARAJATLAR
55106Ko‘rsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotlariga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qilingan xarajatlar va vositachilik xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sarf qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (akt�v-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55600TIJORAT OPERATSIYALARIDAN KO‘RILGAN ZARARLAR
55602Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri aks ettirilgan zararlarning hisobdan chiqarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)”
hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55900BOShQA FOIZSIZ XARAJATLAR
55902Asosiy vositalarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
55910Boshqa mulklarni/ aktivlarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mazkur hisobvaraqlarda asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida asosiy vositalarni va boshqa xususiy mulklarni sotish yoki dispozitsiya qilishdan ko‘rilgan zararlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
55995Boshqa foizsiz xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan foizsiz xarajatlar hisobi olib boriladi
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkum hisobvaraqlarga mos tushmaydigan amalga oshirilgan foizsiz xarajatlar hisobi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56100MIKROKREDIT TAShKILOTI XODIMLARINING ISh HAQI VA ULAR UChUN QILINGAN BOShQA XARAJATLAR
56102Ish haqi
Hisobvaraqning ta’rifi: xizmatchilarning mehnat ish haqi (mehnat shartnomasi va fuqaroviy-huquqiy xarakterdagi shartnomalar bo‘yicha bajarilgan), ish vaqtidan tashqari qilinadigan ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ishlar, mukofot to‘lovlari (oylik ish, bajarilgan maxsus ishlar uchun natijalar bo‘yicha va boshqalar uchun), ko‘p yillik ish staji va mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq mikrokredit tashkilotining boshqa to‘lovlar uchun xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ish haqiga qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish �ummasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56106Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun imtiyozlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining xodimlari uchun berilgan imtiyozlarga qilgan xarajatlari, ya’ni mukofot to‘lovlari, (yil yakuni bo‘yicha mukofotlar, ko‘p yillik xizmati uchun, ish staji uchun qo‘shimcha haq, bayram va yubiley sanalariga beriladigan mukofotlar va boshqalar), mikrokredit tashkiloti xodimlarining o‘qishlari uchun to‘lovlar, shuningdek, ularning stipendiyalari, xodimlarga beriladigan qimmatli sovg‘alar qiymati, hamda mikrokredit tashkiloti nizomi va qonunchilikka muvofiq ravishda jismoniy shaxslardan undirib olingan to‘lov hisobiga mikrokredit tashkiloti tomonidan to‘lanadigan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida xodimlarga imtiyozlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56110Tibbiy, stomatologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti xodimlariga ambulatoriya yoki statsionar meditsina va stomatologiya xizmati ko‘rsatish uchun qilgan xarajatlari, hamda ular va ularning bolalari uchun sog‘lamlashtirish lagerlariga, sanitar-kurort muassasalariga va boshqalarga o‘rnatilgan tartibda to‘liq yoki qisman to‘lanadigan yo‘llanmalar qiymatining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida meditsina, stomatologik xizmatlari ko‘rsatish va shifoxonada davolash xarajatlari summasi aks etti�iladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56114Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: qonunchilikka muvofiq nodavlat pensiya fondlariga to‘lanadigan ixtiyoriy badallari, mikrokredit tashkilotining ish haqi fondidan budjetdan tashqari Pensiya fondi ajratmalari, yagona ijtimoiy to‘lovlar uchun mikrokredit tashkiloti xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy sug‘urta uchun o‘tkazilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri yoki ortiqcha to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56118Ijtimoiy himoya bo‘yicha xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining qonunchilikda ko‘rsatilgan hollarda mehnat shartnomasini muddatidan oldin tugatish vaqtida beriladigan ishdan bo‘shatish nafaqa to‘lovlari va kompensatsiya to‘lovlar, shuningdek qonunchilikka va mikrokredit tashkiloti ustaviga muvofiq ravishdagi nafaqa (bolalarga qonunchilikda o‘rnatilgan balog‘at yoshiga yetgunicha beriladigan va boshqa) to‘lovlari, moddiy yordam pullari va boshqa to‘lovlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida ijtimoiy himoya uchun amalga oshirilgan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘t�aziladigan summa aks ettiriladi.
56122Bandlik fondi va boshqa fondlar uchun badallar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining bandlik fondiga, O‘zR Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Kengashi ijtimoiy sug‘urta budjetiga va boshqa fondlarga ajratmalar, shuningdek, qonunchilikka muvofiq ravishda mikrokredit tashkiloti xodimlarining sog‘liqlarini majburiy va ixtiyoriy sug‘urtalash va boshqa badallarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida bandlik fondiga va boshqa fondlar uchun amalga oshirilgan ajratmalar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56195Mikrokredit tashkiloti xodimlari uchun qilingan boshqa xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqoridagi ta’riflangan hisobvaraqlarga mos tushmaydigan, xizmatchilarga to‘lanadigan (to‘garaklardagi, klublardagi mashg‘ulotlarga, gazeta va jurnallarga obuna bo‘lishga, qonunchilikda o‘rnatilgan me’yordan ortiqcha to‘langan safar va vakillik xarajatlar summasi va boshqalar) to‘lovlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan, amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56200IJARA VA TA’MINOT XARAJATLAR�
56202Ijara to‘lovi
56206Suv to‘lovi
56210Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari
56214Ta’mirlash va ta’minot xarajatlari
56218Qo‘riqlash xizmati xarajatlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining ijaraga olingan obyektlarga, shartnoma asosida ishlaydigan mikrokredit tashkiloti xodimlari hisoblanmaydigan xodimlardan tashkil topgan qo‘riqchilarga, shuningdek, qo‘riqlash signalizatsiyasiga, remontga va mikrokredit tashkiloti binosini, mebellarni, transport va boshqa jihozlarni saqlashga, mikrokredit tashkilotining suv, elektr, isitish tarmog‘i va boshqa kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida ijara va ta’minot uchun hisoblangan va to‘langan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56300XIZMAT SAFARI VA TRANSPORT XARAJATLARI
56302Xizmat safari xarajatlari
56306Xizmat safaridagi kunlik xarajatlar
56310Mikrokredit tashkiloti mulkini ko‘chirish bilan bog‘liq bo‘lgan(Fraxt) xarajatlar
56314Yoqilg‘i xarajatlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining xodimlarning xizmat safari bilan bog‘liq (transport (xizmat safari xarajatlari), mehmonxona xizmati (yashash uchun boshqa xizmatlar) qiymati va limit doirasidagi kunlik xarajatlar; fraxt (mikrokredit tashkiloti ofislari o‘rtasida jihozlar va boshqa mulklarni ko‘chirish xarajatlari, xususiy va ijaraga olingan harakat vositalari uchun foydalaniladigan yoqilg‘i xarajatlari, shuningdek, o‘rnatilgan tartibga muvofiq ravishda xizmat safari uchun foydalaniladigan mikrokredit tashkiloti xodimlarining shaxsiy avtomobillari uchun xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida xizmat safari va transport uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek, moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56400MA’MURIY XARAJATLAR
56402Reklama va e’lon xarajatlari
56406Devonxona, ofis va boshqa buyumlar xarajatlari
56410Pochta, telefon, faks bo‘yicha xarajatlar
56414Hujjat markalari uchun xarajatlar
56418Kitob, gazeta va boshqa davriy nashriyotlar bo‘yicha xarajatlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining gazeta, radio, televideniye va boshqa axborot vositalari orqali beradigan reklama va e’lonlariga, blankalarga, devonxona va ofis qurollariga, pochta va hujjat markalariga, telefon va faks, ma’lumotlarni uzatish uchun boshqa aloqa kanallari (Reuters, SWIFT, Internet, teleks va boshqalar)dan foydalanish xarajatlari, shuningdek davriy nashrlarga, shu bilan birga elektron bildirgichi (“PRAVO”, “NORMA” tizimlari va boshqalar)ga qilingan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida ma’muriy xarajatlarga to‘langan summalar aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tka�iladigan summa aks ettiriladi.
56600ESKIRISh XARAJATLARI
56602Mikrokredit tashkiloti bino va boshqa imoratlarining eskirish summasi
56610Transport vositalarining eskirish summasi
56614Mebel va jihozlarning eskirish summasi
56618Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi
56622Operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalarning eskirish summasi
56626Obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi bo‘yicha eskirish summasi
56630Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar uchun hisoblanadigan eskirish xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan eskirish summasining qaytarilishi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56700SUG‘URTA, SOLIQ VA BOShQA XARAJATLAR
56702Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari
56706Maslahatchi (konsalting)lar xizmati uchun to‘lov xarajatlari
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining yuristlar va boshqa firmalar tomonidan shartnoma asosida ko‘rsatilgan yuridik, auditorlik va maslahatchilik xizmatlari uchun to‘lov xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida yuridik va maslahatchilik xizmatlar uchun qilingan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56710Sug‘urta xarajatlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining o‘z mulkini sug‘urta qilishga, yong‘indan sug‘urta qilishga va o‘z faoliyati bilan bog‘liq boshqa sug‘urta turlariga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sug‘urta uchun qilingan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56714Soliq (daromad solig‘idan tashqari) va litsenziyalar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining soliqlarga, yig‘imlarga va qonunchilikka muvofiq ravishda mulkka, yo‘lga, ekologiyaga bo‘ladigan soliqlar kabi bo‘lgan majburiy ajratmalar, haqiqiy ishlab topilgan daromaddan Pensiya fondiga bo‘ladigan ajratmalar va boshqa soliqlari (daromad solig‘idan tashqari), shuningdek mikrokredit tashkilotining litsenziyalarga qilgan xarajatlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan soliqlar va lizenziyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56718Jarima va penya xarajatlari
Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining amaldagi qonunchilikka va qoidalarga asosan o‘ziga solingan penya va jarimalar uchun qilgan xarajatlarini hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan jarima va penyalarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan jarima va penyalarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56722Sud jarayoni va/yoki aktivni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlari, shuningdek mikrokredit tashkilotining xususiylikni o‘z nomiga o‘zlashtirish bo‘yicha xarajatl�ri hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida sud jarayoni, shuningdek aktivlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlarini summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56795Boshqa operatsion xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuqorida ta’riflangan turkumlarga mos tushmaydigan to‘langan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri to‘langan xarajatlarning qaytaril�sh summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56800KO‘RILIShI MUMKIN BO‘LGAN ZARARLARNI BAHOLASh
56802Mikroqarz va mikrokreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56814Sotib olingan debitorlik karzlari — Faktoring bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56830Asosiy vositalari bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56832Nomoddiy aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56834Boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56838Mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56840Hisoblangan foizsiz daromadlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56842Sud jarayonidagi mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing (moliyaviy ijara) bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
56895Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari xususiyati bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’riflanishi umumlashtirilib berilmoqda.

Hisobvaraqlarning ta’rifi: mikrokredit tashkilotining aktivlari bo‘yicha ko‘rishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqlarning debetida aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashning qaytarish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
56900DAROMAD SOLIG‘INI BAHOLASh
56902Daromad solig‘ini baholash
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan olingan daromadlarga hisoblangan soliqlar (daromad solig‘i, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirishga solingan soliq va shu kabi boshqa soliqlar) bo‘�icha xarajatlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida daromad solig‘i bo‘yicha hisoblangan xarajatlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida noto‘g‘ri hisoblangan soliqlarning qaytarilish summasi, shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida mikrokredit tashkiloti moliyaviy natijasi sifatida 31206 — “Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvaraqqa o‘tkaziladigan summa aks ettiriladi.
90000KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR
90900SAVDOGA OID MOLIYALAShLAR
90966Sotib olingan debitorlik qarzlari – Faktoring
Hisobvaraqning ta’rifi: mikrokredit tashkiloti tomonidan sotib olingan debitorlik qarzlarining hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96331 — “Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida sotib olingan debitorlik qarzlarining to‘liq qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘liq qoplangan sotib olingan debitorlik qarzlar hisobdan chiqariladi. Tahliliy hisob har bir shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
90993Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: mijozlar foydasiga mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix mikrokreditnoy organizatsiyey) veksellarining nominal qiymatini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96337 — “Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashki�oti tomonidan boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarini nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va o‘rnatilgan tartibda muddati o‘tishi bilan yo‘q qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek mikrokredit tashkiloti tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat bo‘yicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91500AKTIVLAR BO‘YIChA FOIZLAR VA VOSITAChILIK HAQLARI
91501Berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi:
muddati o‘tgan va o‘rnatilgan qoidalarga muvofiq balansdan hisobdan chiqarilgan, berilgan muddatli va shartlari qayta ko‘rib chiqilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar, shuningdek “foiz o‘stirmaslik” maqomiga o‘tkazilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblanadigan foizlar hisobi olib boriladi. Shu bilan birgalikda muddati o‘tgan hamda sud jarayonidagi mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha hisoblangan, lekin olinmagan foizlar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91505Boshqa aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
boshqa aktivlar va vositachiliklar bo‘yicha hisobdan chiqarilgan foizlar hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96335 — “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida boshqa aktivlar bo‘yicha olinishi lozim bo‘lgan muddati o‘tgan va/yoki hisoblangan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa aktivlar bo‘yicha to‘langan va/yoki hisobdan chiqarilgan foizlar va vositachilik haqlari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91700MIKROKREDIT TAShKILOTINING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING BERISh MAJBURIYATLARI
91709Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining mijozlarga yoki banklarga mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish majburiyatlari hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96351 — “Mikrokredit tashkilotining mikroqarz, mikrokredit va mikrolizinglar berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotning mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish bo‘yicha berilgan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing berish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarining summasi, shuningdek qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi aks ettir�ladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91800MIKROKREDIT TAShKILOTINING KREDIT VA LIZING OLISh MAJBURIYATLARI
91816Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati
Hisobvaraqning ta’rifi:
mikrokredit tashkilotining mijozlardan yoki boshqa banklardan kredit va\yoki lizing olish majburiyatlarining hisobi yuritiladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96358 — “Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida mikrokredit tashkilotining kredit va\yoki lizing olish bo‘yicha bergan majburiyatlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kredit va\yoki lizing olish bo‘yicha ijro etilgan yoki bekor qilingan majburiyatlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91900 QARZDORLARNING MIKROQARZ, MIKROKREDIT VA MIKROLIZING MAJBURIYATLARI
91901Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizing bo‘yicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96345 — “Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘la qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
91905Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarz, mikrokredit va mikrolizing bo‘yicha majburiyatlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
qarzdorlarning mikrokredit tashkiloti tomonidan berilgan uzoq muddatli mikroqarzlari, mikrokreditlari va mikrolizinglari bo‘yicha muddatli majburiyatlarini hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96349 — “Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i”dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha qarzdorlardan qabul qilingan muddatli majburiyatlar summasi o‘tkaziladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘liq qoplangan majburiyatlar summasi aks ettiriladi. Qisman amalga oshirilgan to‘lovlar summasi majburiyat to‘la bajarilgunga qadar uning orqa tomoniga yozib boriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94500GAROV SIFATIDAGI QIMMATLI QOG‘OZLAR, MULKLAR VA MULKIY HUQUQ (TALAB)LAR
94501Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar
94502Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan balans hisobvaraqlari xususiyati jihatidan bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilgan holda keltirilgan.
Hisobvaraqlarning ta’rifi: berilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarga garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qog‘ozlarning hisobi olib boriladi. Garov sifatida olingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqqa garov bo‘yicha shartnoma tuzilgan vaqtdagi baholangan qiymati bo‘yicha kirim qilinadi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobv�raq” dir.
Hisobvaraqlarning debetida garov ta’minoti sifatida qabul qilingan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqlarning kreditida garovga qabul qilingan yoki mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar hamda foizlarni qoplanganidan so‘ng qaytariladigan foydalanilgan mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hamda qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mikroqarz, mikrokredit va\yoki mikrolizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
94503Garov sifatida olingan kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi:
berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning, shuningdek sug‘urta polislarining hisobi olib boriladi. Mazkur hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96381 — “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” dir.
Hisobvaraqning debetida berilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglarning ta’minoti sifatida qabul qilingan kafolat va kafilliklarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar qaytarilmaganda foydalanilgan ta’minot summasi, shuningdek kreditlar qaytarilgandan keyin va kredit shartnomalari yopilgandan keyin kafolatlar va kafilliklarning muddati o‘tishi bilan o‘rnatilgan tartibda foydalanilmagan va bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir tegishli shartnoma bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95400BOShQA KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR HISOBVARAQLARI
95413Hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar
Hisobvaraqning ta’rifi: amaldagi qoidalarga muvofiq ravishda mikrokredit tashkiloti balansidan hisobdan chiqarilgan mikrokreditlar, mikroqarzlar va mikrolizinglar (to‘lanmagan qismi)ning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir.
Hisobvaraqning debetida hisobdan chiqarilgan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tiklangan yoki to‘langan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning, shuningdek o‘rnatilgan mudddat o‘tishi bilan bekor qilingan mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha tegishli shartnomalarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
95497Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari
Hisobvaraqning ta’rifi:
yuqoridagi turkum hisobvaraqlar ta’rifiga mos tushmaydigan operatsiyalar hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun kontr-hisobvaraq 96397 — “Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq”dir. Hisobvaraqning debetida kirim qilingan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan mablag‘lar, hujjatlar yoki boshqa qimmatbaho buyumlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hujjatlar va boshqa qimmatbaho buyumlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
96300 KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR KONTR-HISOBVARAQLARI
96331Sotib olingan debitorlik qarzlari-Faktoring bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96335Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96337Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96345Qarzdorlarning qisqa muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96349Qarzdorlarning uzoq muddatli mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar bo‘yicha majburiyatlari kontr-hisobvarag‘i
96351Mikrokredit tashkilotining mikroqarzlar, mikrokreditlar va mikrolizinglar berish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96358Mikrokredit tashkilotining kredit va lizing olish majburiyati bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96381Garov sifatida olingan qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar bo‘yicha kontr-hisobvaraq
96397Boshqa ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari bo‘yicha kontr-hisobvaraq
Keyingi tahrirga qarang.