1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
2) 17-moddaning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) VIII bo‘limning nomi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar, qarz oluvchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, banklar, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari va garovxonalarga litsenziyalar berish haq evaziga, Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi kerak.
Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, mikrokredit tashkilotlari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi”;
birinchi qismi uchinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “va mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “va kredit uyushmalarining” degan so‘zlar “kredit uyushmalari va mikrokredit tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
o‘ninchi xatboshisi “kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “va mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 53-moddaning to‘rtinchi qismi “Kredit uyushmalari” degan so‘zlardan keyin “mikrokredit tashkilotlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
LexUZ sharhi